Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati Reja: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati


Mavzu: Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot


Download 1.62 Mb.
bet7/15
Sana20.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1037287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
320 GURUH MATNSHUNOSLIK FANI

Mavzu: Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot
Reja:
1.Arab imlosi haqida ma'lumot
2.Arab yozuvining kirib kelishi
Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot .Qadimiy Finikiya xalqi va Livan tog‘larida yashovchi xalqlar asosan tijorat bilan shug‘ullanganlar. Shuning natijasida ular Misr davlatiga tez-tez borib turardilar.
Ular qadimgi misr yozuvidan 15 ta harfni o‘z o‘lkalariga olib kelib, unga shakl jihatdan o‘zgartirish kiritib, yana boshqa harflar qo‘shib finikiy alfavitini tuzib chiqadilar (er.av. VII asrdan boshlab) keyinchalik esa bu xatdan ikki tarmoq ajralib chiqdi:
1. Musnad (ximyoriylar yozuvi). 2. Oromiy yozuvi.
Oromiy va musnad yozuvi – Arabiston yarim orolining janubida yashovchi somiy xalqining yozuvidir. Uning shoxobchalari esa samudiy, safaviy, laxyoniy yozuvlaridir
Keyinchalik bu yozuvlar tez rivojlanib Arabiston yarim orolining shimoliy qismiga tarqaldi. Bu yozuv eramizning II-III asrlarida Suriya, Iordaniya, Iroq davlatlarigacha yetib bordi. Eramizning III asri, ya’ni melodiy 270 yilda nabotiy yozuvi vujudga keldi (eramizning III asridan to V-VI asrgacha). Nabotiy yozuvi asosida bir qancha yozuvlar – xiriy, hijoziy va boshqalar yuzaga keldi va tarqala boshladi.
Shunday qilib, O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida VIII asrdan boshlab arab yozuvi asosiy yozuv sifatida qo‘llanila boshladi. Bu o‘lkalarda arab yozuvi hukmron yozuv bo‘lib, barcha rasm-rusmlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar arab yozuvi asosida rasmiylashtiriladigan bo‘ldi.
Mavzu: Vahob Rahmon matnshunos olim sifatida
Reja:
1. Vahob Rahmon " Matn haqiqati" maqolasi haqida
2. Olim bilan suhbat
VAHOB RAHMONOV. MATN HAQIQATI
Matnshunoslik, ya’ni matn haqiqatini tiklash muammosi ”O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining doimiy mavzularidan. Darhaqiqat, adabiy merosimizni o‘rganish va munosib tarzda chop etish hamma vaqt dolzarb vazifa sanaladi. Shu ma’noda gazetada (”O‘zAS”, 2010 yil, 2-iyul) e’lon qilingan ”Matnshunoslik davr talablari darajasidami?” nomli davra suhbatida aytilgan mulohazalar, istak va takliflar, avvalo, bu soha mutaxassislarini befarq qoldirmasligi tayin.
Kamina ham yarim asrdan beri shu sohaga qiziqib, qo‘limdan kelgancha mumtoz adabiyotimiz namunalarining matn saviyasini yaxshilashda ikki yo‘nalishda mehnat qilaman: birinchisi, u yoki bu mumtoz asarning bizdagi nashrlaridan ko‘nglim to‘lmasa, o‘zim o‘sha asarlarni arab yozuvidan boshqatdan nashrga tayyorlayman.
Bizningcha, matnshunoslikda ”kichik xatolarni izlash” maydi ishga kirmaydi, aksincha, kuchimiz, tajribamiz ana shu “kichik xatolar”ni topishda ko‘rinadi. Matn haqiqatini tiklashda, mumtoz adabiyotimiz namunalarini nashr etishda har bir belgi, harf, so‘z mutaxassisning ziyrak nazaridan o‘tsagina ”ulkan ish”ning muvaffaqiyatini ta’minlash imkoni tug‘iladi.
Chunonchi, Alisher Navoiy ”Lison ut-tayr” dostoninig ikki nashri (1992 yili kirildi, 2005 yili lotin yozuvida, ”Xamsa”ning besh dostoni (2006 yili lotin yozuvida); ikkinchisi, boshqa olimlarimiz nashrga tayyorlagan asarlarga mas’ul muharrirlik qilaman. Chunonchi, ”O‘zbek adabiyoti bo‘stoni” turkumidagi kitoblarning to‘qqiztasi, Mashrab ”Devoni”i singari nashrlar mening tahririmda chiqdi.
Matshunoslik yutug‘i — asarning tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni hisoblanadi. Bu nusxa ilmdagi nuqta qo‘yilgan so‘nggi so‘z demakdir. Nashrda endi shunga amal qilish kerak, xolos.
Doston matnini ilmiy tadqiq etib, ko‘plab mo‘‘tabar nusxalardagi har bir so‘zni bir-biriga taqqoslab ilmiy- tanqidiy matn tuzgan olim G‘ulom Karimov o‘zining mehnati xususida shunday yozadi: ”Alisher Navoiyning ”Layli va Majnun” dostonini nashrga tayyorlashda ...1945 yilda kandidatlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilingan dostonning ilmiy-tanqidiy matni asos qilib olindi.
Mavzu: XX asr boshlarida Turkistonda matbaachilik rivoji
Reja:
1. XX asr boshlarida matbaachilik
2. XX asr matbaachiligida jadidlarning roli
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Xiva xonligi madaniy va ijtimoiy hayotida muhim rol oynagan Muhammad Rahimxon II kutubxonalar tashkil etgan hamda qolyozma manbalarni asrash va kopaytirishga katta ahamiyat qaratgan. Q. Munirov qayd etganidek, boshqa Xiva hukmdorlaridan farqli olaroq Muhammad Rahimxon II oz zamonining shoiri bolgan. U tarixiy, adabiy asarlarni sevgan va ularni koplab kochirtirgan hamda saroyga toplagan. Muhammad Rahimxonning ikkita kutubxonasi bolib, biri qishki qarorgoh Ark ichkarisida, yana biri yozgi qarorgoh shahar tashqarisida Tozabog saroyida joylashgan edi. Bu kutubxonalarda ixcham kataloglar tuzilgan, kitoblarning muqovalariga ularning nomlari bitilgan yorliqlar yopishtirilgan. Xiva xoni Feruzning asosiy maqsadi nodir asarlar nusxalarini kopaytirish orqali qolyozmalarni asrash edi.
Samarqand, Buxoro, Qoqon, Andijon, Margilon kabi shaharlarda keyinchalik rivoj topgan matbaalar ozaro bir-biridan keskin farqlanmaydi. Lekin shunga qaramay ularning ayrim tomonlari, jumladan, nashr etish texnikasi va sifati, asosan chop etgan asarlari mavzu kolami bilan turlicha bolgan.
XIX asrning oxiri XX asrning boshidagi toshbosma nusxa tayyorlash jarayonida olib borilgan amaliy ishlar ozbek matnshunosligi rivojlanish tarixida haqli ravishda muhim orin egallaydi.
Alisher Navoiy Xamsa asari nasriy bayoni 1908 yili Toshkentda nashr etilgan edi. Nasri Xamsa”i benazir deb nomlangan bu kitobning kotibi Rahmatulloh Abdushukur oglidir. Mullo Mir Maxdum ibn Shohyunus kitobga noshirlik qilgan. Etiborlisi, M. Hakimov togri takidlaganidek, agar osha vaqtdagi noshirlarning Navoiy asarlaridan juda yaxshi xabardor bolganligini nazarda tutsak, Xamsa dostonlari nasriy variantini noshirning ozi Mirmaxdum ibn Shohyunus tayyorlagan.
Ozbek matnshunosligining otgan asr avvalidagi rivoji shu bilan yana ahamiyatliki, bu davrda amalga oshirilgan ishlar keyingi matnshunoslik ishlari uchun tayanch manba boldi. Jumladan, P. Shamsiev Alisher Navoiy Xamsa asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda olti asos qolyozmadan tashqari asarning 1880 yildagi Xiva litografik nusxasiga ham murojaat etganligini yozadi.
Adabiyotshunos va xattot Ashurali Zohiriy tomonidan Navoiy asarlarining bazilari nashrga tayyorlangan. U Navoiyning Muhokamat ul-lugatayn, Vaqfiya asarlari ustida izlanishlar olib borgan va bu asarlarni toshbosma nashrga tayyorlaydi. Muhokamat ul-lugatayn asari Qoqonda Vayner matbaasida 1336G1917 yili chop etiladi.
Bu litografik nashr asarning toliq matnini bermaydi. Asar matnida xatoliklar va erkin tuzatishlarga yol qoyilgan. Ammo keyingi Muhokamat ul-lugatayn asari solishtirma matnini yaratishda matnshunoslar A. Usmonov va P. Shamsiev bu nashrdan kerakli orinlarda foydalanishgan. Matnshunoslar Parij(1841) nashrini asos qilib olib, Istanbul(1895) va Qoqon(1917) litografik nashrlari bilan solishtirib, ularda uchragan xato, tushib qolgan orinlarni tola ravishda korsatishga harakat qilishgan. Soz va jumlalardagi farqlar ilmiy apparatda korsatilgan.
Mavzu: A. Shoyunusovning " Arab xattotligi " asari bilan tanishish Reja: 1. Asar mazmuni haqida 2. " Arab xattotligi" asarining matnshunoslik bilan aloqasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma xalqimiz m a’naviy merosining ulkan qatlamini tashkil qiluvchi arab yozuvli yozma yodgorliklar bilan yangi avlodni tanishtirishga va arab yozuvining husnixat san’at turiari bo'yicha xattotlik malakasiga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi. Qo‘llanmada arab husnixat turlarining me’yoriy xususiyatlari nazariy jihatdan atroflicha tahlil etilgan.
Bu masala muallifning kashfiyoti deb baholanishi mumkin. Binobarin, arab yozuvida biror unsur shunchaki sababsiz ishlatilmagan. Aytish lozimki, ushbu me’yoriy xususiyatlami bilish arab xatining ichki qonuniyatlarini talabalarga osonlik bilan yetkazishga imkon beradi.Q o‘llanmadan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta ’lim bosqichlarining san’atshunoslik, tarixiy va adabiy manbashunoslik kabi gumanitar yo‘nalishlari samarali foydalanishi mumkin.
Arab yozuvi masalalariga bag‘ishlangan bugungacha m a’lum nashrlar arab xattotligi namunalari va xat turlarining tashqi grafik (chizma) shakllarini ta’riflashdan nari o ‘tmagani holda, qo‘lingizdagi qo'llanmada yozuvning bevosita ijro jarayoni bilan bog‘liq m e’yoriar, harflar va ulaming unsurlarini chizishdagi o‘lchamlaming qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslashga ilk bora jiddiy qadam qo'yilgan.
Ta’kidlash joizki, muallif qo'llanm ani tayyorlashda o'ziga xos bayon uslubidan foydalangan. Zarur atama va tushunchalarga berilgan izohlar, umid qilamizki, matn mohiyatini ochishga xizmat qiladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling