Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati Reja: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati


Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati


Download 1.62 Mb.
bet9/15
Sana20.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1037287
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
320 GURUH MATNSHUNOSLIK FANI

Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati

Reja:

1. Jadidlarning matnshunoslik faoliyati

2. Abdurauf Fitratning matnshunoslikdagi tadqiqotlari.


Adabiyotshunos Vadud Mahmud, Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurahmon Sadiy, Sadriddin Ayniy, Hodi Zarif kabilar mumtoz adabiyot vakillari ijodini ilmiy muomalaga olib chiqish va xalqni madaniy meros bilan tanishtirishda qator vazifalarni bajarishdi. Masalan, adabiyotshunos, shoir, publitsist Vadud Mahmudni tola manoda matnshunos deya olmaymiz. Lekin u ilmiy maqolalari, jumladan, Navoiygacha turk adabiyoti, Alisher Navoiy, Fuzuliy Bagdodiy kabi ishlarida qolyozma va toshbosma nusxalardan misqollab yiqqan faktlari bilan Alisher Navoiy va Fuzuliy hayoti va ijodini muxtasar yoritib beradi”.
Ayni shu davrdan boshlab o‘zbek matnshunosligi tarixida ilmiy yo‘nalish shakllana boshladi. Jadid ijodkorlari o‘zbek adabiyoti namunalarini qiyosiy tahlil qilish ishlarini boshlab berdilar. Garchi ularning ishlari umumiy tanishtiruv yo‘sinida tanqidiy munosabatdan xoli bo‘lsa-da, o‘zbek matnshunosligini jahon matnshunosligi o‘zaniga tushirishga xizmat qildi. Og‘zaki va yozma merosni o‘rganish, turkiy xalqlarning o‘tmish madaniyatini, ruhiyatini teran anglash jadidchilik g‘oyasini mustahkamlash hamda kengaytirish maqsadidan kelib chiqqan edi
Otgan asrning 50 60-yillarida qolyozma manbalarni organish va nashrga tayyorlash davr siyosiy talabi ham edi. 1957 yili Toshkentda otkazilgan sharqshunoslarning Butunittifoq birinchi konferentsiyasi otkaziladi. Shu konferentsiyada ishtirok etgan davlat rahbari N. A. Muhiddinovning nutqida shunday sozlarni oqiymiz: Afsuski, biz orta asr Sharqining kozga koringan fan va madaniyat arboblari asarlarini juda sekin nashr etmoqdamiz
Abdurauf Fitrat ozbek adabiy tanqidchilik, manbashunoslik va matnshunoslik sohasi tarixida oziga xos mavqeiga ega bolgan shaxsdir. Uning ilmiy-tanqidiy maqolalari, nashr ettirgan kitoblari matnshunoslik ishlari bilan daxldor hisoblanadi. Xususan, Fitrat yozma yodgorliklarning nashrga tayyorlanishiga printsipial yondashadi. U bugungi kungacha oz ahamiyatni yoqotmay kelayotgan Adabiyot qoidalari(1926), Eng eski turk adabiyoti namunalari(1927), Ozbek adabiyoti namunalari(1928) kitoblari materiallarini aynan qolyozma manbalar asosida tayyorlagan. Fitrat Navoiyning asarlari manbalarni organishga alohida etibor bilan qaratgan. Qolyozma manbalarni nashrga tayyorlash, xususan, mumtoz shoirlar ijodidan namunalar jamlab, chop ettirish matnshunoslikka oid izlanishlar olib borilganligini korsatadi.
Fitratning matnshunoslik rivojidagi asosiy ishlaridan yana biri uning sof tekstologik tadqiqotlarida ko‘rinadi. Jumladan, u “Navoiyning forsiy shoirlig‘i” maqolasida “Devoni Foniy”ning Buxoroda topilgan nusxasini badiiy hamda uslubiy jihatdan tekshiradi va uning Navoiy qalamiga mansub emasligini aniqlaydi. Olim “Devonayi Mashrab” asari qo‘lyozma nusxalarini chuqur ilmiy tadqiq doirasida o‘rganib chiqadi.
O‘zbek matnshunosligi rivojidagi yana bir muhim hodisa asar matni tanlanma nusxasining tayyorlanishi bo‘ldi. Uni 1940 yili Sadriddin Ayniy tuzib chiqdi. Sadriddin Ayniy nashr xususida shunday yozadi: “Alisher Navoiyning “Xamsa”sida 50 ming misradan ortiq she’r bor. Keng o‘quvchilar ommasi uchun uni bir butun holda tezda egallab olish ancha og‘ir bo‘ladi. Shuning uchun men bu qiyinchiliklarni nazarga olib, Navoiy yubiley komitetining topshirig‘i bilan qo‘lingizdagi bu tanlanma nusxani vujudga keltirdim
Mavzu: Vahob Rahmon matnshunos olim sifatida
Reja:
1. Vahob Rahmon " Matn haqiqati" maqolasi haqida
2. Olim bilan suhbat
VAHOB RAHMONOV. MATN HAQIQATI
Matnshunoslik, ya’ni matn haqiqatini tiklash muammosi ”O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining doimiy mavzularidan. Darhaqiqat, adabiy merosimizni o‘rganish va munosib tarzda chop etish hamma vaqt dolzarb vazifa sanaladi. Shu ma’noda gazetada (”O‘zAS”, 2010 yil, 2-iyul) e’lon qilingan ”Matnshunoslik davr talablari darajasidami?” nomli davra suhbatida aytilgan mulohazalar, istak va takliflar, avvalo, bu soha mutaxassislarini befarq qoldirmasligi tayin.
Kamina ham yarim asrdan beri shu sohaga qiziqib, qo‘limdan kelgancha mumtoz adabiyotimiz namunalarining matn saviyasini yaxshilashda ikki yo‘nalishda mehnat qilaman: birinchisi, u yoki bu mumtoz asarning bizdagi nashrlaridan ko‘nglim to‘lmasa, o‘zim o‘sha asarlarni arab yozuvidan boshqatdan nashrga tayyorlayman.
Bizningcha, matnshunoslikda ”kichik xatolarni izlash” maydi ishga kirmaydi, aksincha, kuchimiz, tajribamiz ana shu “kichik xatolar”ni topishda ko‘rinadi. Matn haqiqatini tiklashda, mumtoz adabiyotimiz namunalarini nashr etishda har bir belgi, harf, so‘z mutaxassisning ziyrak nazaridan o‘tsagina ”ulkan ish”ning muvaffaqiyatini ta’minlash imkoni tug‘iladi.
Chunonchi, Alisher Navoiy ”Lison ut-tayr” dostoninig ikki nashri (1992 yili kirildi, 2005 yili lotin yozuvida, ”Xamsa”ning besh dostoni (2006 yili lotin yozuvida); ikkinchisi, boshqa olimlarimiz nashrga tayyorlagan asarlarga mas’ul muharrirlik qilaman. Chunonchi, ”O‘zbek adabiyoti bo‘stoni” turkumidagi kitoblarning to‘qqiztasi, Mashrab ”Devoni”i singari nashrlar mening tahririmda chiqdi.
Matshunoslik yutug‘i — asarning tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni hisoblanadi. Bu nusxa ilmdagi nuqta qo‘yilgan so‘nggi so‘z demakdir. Nashrda endi shunga amal qilish kerak, xolos.
Doston matnini ilmiy tadqiq etib, ko‘plab mo‘‘tabar nusxalardagi har bir so‘zni bir-biriga taqqoslab ilmiy- tanqidiy matn tuzgan olim G‘ulom Karimov o‘zining mehnati xususida shunday yozadi: ”Alisher Navoiyning ”Layli va Majnun” dostonini nashrga tayyorlashda ...1945 yilda kandidatlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilingan dostonning ilmiy-tanqidiy matni asos qilib olindi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling