Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati Reja: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati


Mavzu: Aftondil Erkinovning o'zbek matnshunosligiga qo'shgan hissasi Reja: 1. Aftondil Erkinovning faoliyati haqida 2. Erkinovning matnshunoslik borasidagi tadqiqotlari


Download 1.62 Mb.
bet6/15
Sana20.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1037287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
320 GURUH MATNSHUNOSLIK FANI

Mavzu: Aftondil Erkinovning o'zbek matnshunosligiga qo'shgan hissasi Reja: 1. Aftondil Erkinovning faoliyati haqida 2. Erkinovning matnshunoslik borasidagi tadqiqotlari


Filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov izlanuvchan navoiyshunoslarimizdan. U o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari, xususan, tarkibiga Alisher Navoiy asarlari ham kiritilgan qo‘lyozma manbalar ustida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi. Olim Germaniya, Frantsiya, Turkiya, Yaponiya va Avstriya mamlakatlaridagi qo‘lyozmalar xazinalari bilan tanishgan; shu mamlakatlar ilmiy markazlari va universitetlarida tadqiqotlar olib borgan. U DAAD va Didro, Maks van Bershem nomidagi xalqaro ilmiy stipendiyalarga sazovor bo‘lgan. Ayni vaqtda, Angliyadagi islom davri qo‘lyozmalari xalqaro ilmiy tashkiloti a’zosi.
Aftondil Erkinov mustaqillik sharofati bilan horijiy mamlakatlarda o‘zbek mumtoz adabiyoti, madaniyati tarixi va Navoiy ijodiga doir ingliz, frantsuz, nemis tillarida yigirmadan ziyod maqolalar e’lon qildi. Tadqiqotchining 2004 yili Berlinda “Chor Rossiyasi davrida Turkiston va Xiva xonligida xutba va duolar” hamda 2009 yili Tokioda “1898 yil Andijon qo‘zg‘oloni va uning yo‘lboshchisi Dukchi eshon – davr shoirlari bahosida” nomli kitoblari ingliz tilida nashr etildi. 2003 yili Parij milliy kutubxonasidan Qo‘qon xoni Muhammadalixon uchun ko‘chirilgan bayozni topdi va 2007 yili o‘z vaqtida Miyon Buzruk Solihov tilga olgan, Qo‘qon xoni Umarxon tomonidan turk sultoniga yuborilgan “Muhabbatnoma” qo‘lyozmasining Istanbul universitetida mavjudligini aniqladi. 2009 yili esa, Alisher Navoiy ixlosmandlari 1471 yili tuzgan navoiyshunoslikka ilgari ma’lum bo‘lmagan yagona nusxadagi qo‘lyozmani aniqladi.Ziyo istagan qalblar uchun!
Filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov izlanuvchan navoiyshunoslarimizdan. U o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari, xususan, tarkibiga Alisher Navoiy asarlari ham kiritilgan qo‘lyozma manbalar ustida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi. Olim Germaniya, Frantsiya, Turkiya, Yaponiya va Avstriya mamlakatlaridagi qo‘lyozmalar xazinalari bilan tanishgan; shu mamlakatlar ilmiy markazlari va universitetlarida tadqiqotlar olib borgan. U DAAD va Didro, Maks van Bershem nomidagi xalqaro ilmiy stipendiyalarga sazovor bo‘lgan. Ayni vaqtda, Angliyadagi islom davri qo‘lyozmalari xalqaro ilmiy tashkiloti a’zosi.
Aftondil Erkinov mustaqillik sharofati bilan horijiy mamlakatlarda o‘zbek mumtoz adabiyoti, madaniyati tarixi va Navoiy ijodiga doir ingliz, frantsuz, nemis tillarida yigirmadan ziyod maqolalar e’lon qildi. Tadqiqotchining 2004 yili Berlinda “Chor Rossiyasi davrida Turkiston va Xiva xonligida xutba va duolar” hamda 2009 yili Tokioda “1898 yil Andijon qo‘zg‘oloni va uning yo‘lboshchisi Dukchi eshon – davr shoirlari bahosida” nomli kitoblari ingliz tilida nashr etildi. 2003 yili Parij milliy kutubxonasidan Qo‘qon xoni Muhammadalixon uchun ko‘chirilgan bayozni topdi va 2007 yili o‘z vaqtida Miyon Buzruk Solihov tilga olgan, Qo‘qon xoni Umarxon tomonidan turk sultoniga yuborilgan “Muhabbatnoma” qo‘lyozmasining Istanbul universitetida mavjudligini aniqladi. 2009 yili esa, Alisher Navoiy ixlosmandlari 1471 yili tuzgan navoiyshunoslikka ilgari ma’lum bo‘lmagan yagona nusxadagi qo‘lyozmani aniqla
Biz adabiyotshunosning Alisher Navoiy she’rlarining noma’lum qo‘lyozmasini topganligini bir muncha vaqt ilgari eshitgandik. Navoiy kunlari munosabati bilan olimdan o‘sha yagona qo‘lyozma haqda batafsil so‘zlab berishini iltimos qildik. U bizga qo‘lyozma mavjudligidan qachon xabar topgani, uning fotonusxasini qo‘lga kiritish uchun izlanishlari, pirovardida devonning nusxasini qo‘lga kiritgani va devonda mavjud she’rlar haqidagi fikrlarini so‘zlab berdi.
U bu miniatyuralardagi tasvirlarning ular bilan yonma-yon berilgan Navoiy g‘azali mazmuniga qanchalik mos kelish-kelmasligini aniqlab berishimni so‘radi. O‘zi eski o‘zbek tilidan bexabarligini ta’kidladi. Rosti, Alisher Navoiyning miniatyurali qo‘lyozmalari oz emas, ular chet el kutubxonalarida uchrab turadi. Shuning uchun qo‘lyozmaga ko‘p ham alohida ahamiyat bermadim. Buning ustiga g‘azalda an’anaviy mazmun kuchli bo‘lganligi uchun unga ishlangan minityuralar ham an’anaviy syujetga ega bo‘lishi, hamma vaqt ham she’r mazmuniga mos kelavermasligi odatiy hol edi. Men miniatyuralarni ko‘rib mana shu fikrimni aytdim. Shu bilan masala tugagandek edi. Lekin diqqatimni bir jihat jalb qilgandi. Miniatyura yonidagi Navoiy g‘azali tili bizdagi zamonaviy nashrlardagi Navoiy tilidan biroz farq qilardi.
“Quyosh” so‘zi o‘rniga uning o‘g‘uz tillaridagi varianti – “gunash”ning qo‘llaganganligi yagona misol emasdi. Navoiy tilida bunday o‘g‘uzcha elementlar ikkala miniatyura yonidagi g‘azallar boshqa misralarida ham uchrardi. Masalan, “o‘lmas” o‘rniga “o‘lmaz” yozilgandi, “bor” so‘zi “vor”, “qani” so‘zi “xani” deb berilgandi. Men, tabiiyki, o‘sha olimdan mazkur minatyuralarga ega qo‘lyozmaning qaerda ko‘chirilgani va saqlanish yerini so‘radim. Olim qo‘lyozmaning o‘rta asrlarda hozirgi Kavkaz yoki Eron territoriyasida ko‘chirilganligidan boshqa u haqda hech qanday ma’lumotga ega emasligini, bir tanishidan shu fotonusxalarnigina olganligini aytdi. Buni tushunsa bo‘lardi, chunki u miniatyura bo‘yicha mutaxassis bo‘lganligi bois uni qo‘lyozmadagi she’rlar emas, rasmlar, ularning uslubigina qiziqtirardi, xolos. Bu olim menga qo‘lyozmaning saqlanish joyini topishga yordam berishga va’da berdi. Ammo aniq bir natija bo‘lmadi. Men turli kitoblar, fehrestlardan bu qo‘lyozmaga oid ma’lumotlarni qidirdim. Ammo yillar davomida mazkur qo‘lyozmaga olib boruvchi izlar o‘chib borar, borgan sari qo‘lyozmani topishdan umidim ham uzilib bo‘lgandi.
Mavzu: " Sabotul ojiziyn" sharhlari, matniy tadqiqiga oid ishlar bilan tanishish. Reja: 1. So'fi Ollohyorning " Sabotul ojiziyn" asarida matnshunoslik tadqiqotlari 2. Asar haqida umumiy ma'lumot
Sofi Olloyorning Sabotul ojizin asari matni tabdilida ham koplab noaniqliklarni kuzatish mumkin. Bunga dalil sifatida Sabotul ojizin”ning 1991 yilning yanvar oyida Cholpon” va shu yili mart oyida Mehnat” nashriyotlarida chop etilgan matnlardan ayrim misollar keltiramiz. Cholpon nashrida Muhabbatsiz kishidan qochmoq bayoni bolimida shunday bayt keltiriladi:
Na kim tuzganiga tushsa bolur tuz
Ki andin otsa necha kecha-kunduz.
Baytni izohlab koraylik: nimaiki, tuzgan yoliga tushib olsa, oradan qancha muddat otsa ham, togri boladi. Mazmun ota jon. Mayli, tuzgan yolga birikmasini tuzuk yolga deb ham koraylik. Baribir, mano ravshan emas. Sababi, birinchi misradagi tuzganiga sozi notogri oqilgan va xato nashrda aynan aks etgan. Aslida bu soz tuz koniga deb oqilishi kerak edi. Shunda mano quyidagicha boladi: nimaiki tuz koniga tushsa, bir necha muddat otib tuzga aylanadi. Endi mazmun oydinlashdi va u oldingi baytda keltirilgan yaxshilarga ergashish, yaxshilar suhbatida bolish, albatta oz tasirini otkazadi degan manoning mantiqiy davomi bolib ulandi. Tabiiyki, mazkur sozlarning eski ozbek yozuvida bir xil shaklda ifodalanishi nashrga tayyorlovchini chalgitgan. Ammo matnshunos uchun bu holat uzr sanalmaydi.
“Mehnat nashrida Nafsi shum bayoni bolimida keltirilgan ushbu bayt undan ham otib tushadi:
Riyozat bandiga berkit oyogin,
Kotarma boshidin taqvo tuyogin.
Taqvo tushunchasi ozining asos etibori bilan yuksak maqomni ifodalaydi. Bu maqomni topgan inson qadriyati shu qadar kotariladiki, oyogi zamindan uzilmasdan, nazari samolarga etadi, erda turib, Haqqa boglanadi. Shuning uchun ham Quroni karimning avvalgi suralari, avvalgi oyatlaridanoq taqvo haqida soz boradi, bu ulug Kitobning faqat taqvo egalarini togri yolga boshlashi eslatiladi. Tabiiyki, taqvo tushunchasi zamiridagi bu oliy mazmun mumtoz matnlarda butun badiiyati bilan baland pardalarda vasf etilgan.
Tabiiyki, taqvo tushunchasi zamiridagi bu oliy mazmun mumtoz matnlarda butun badiiyati bilan baland pardalarda vasf etilgan. Nahotki, bu oliy mazmunni hayotining dasturiga aylantirgan, umrini shu etiqodda kechirgan Sofi Olloyordek shaxs taqvoni hayvonga oxshatsa, uni tuyoqli qilib tasvirlasa?! Bu na etiqodga, na badiiyat qonuniga togri keladi? Demak, bu erda yo matnni kochirgan kotiblardan yoki nashrga tayyorlovchilardan xato otgan. Mehnat nashriyoti chop etgan nashrga asos bolgan matnni tekshirib, shunga amin boldikki, adashish kotibdan emas, nashrga tayyorlovchilardan sodir bo’lgan. Bu o’rinda ham ayrim so’zlarning shaklan o’xshab qolish hodisasi nashrga tayyorlovchilarni chalg’itganini kuzatish mumkin. Arabiy imlodagi تياغينso’zidagi ت(t) harfidan so’nggi unli “a” emas, “u” qilib o’qilgan. Natijada xunuk xato yuz bergan. Aslida taqvo tayogi deb oqilishi kerak edi. Shunda misradan misraga uzluksiz kuchayib borgan mazmun uygunligi tola saqlanadi va badiiy mantiqqa rioya qilingan boladi.
Arab alifbosidagi matnlarni, xususan, mumtoz adabiy matnlarni joriy imloga ogirish har tomonlama bilim va hamisha hushyorlik talab qiladigan ota masuliyatli ish. Bu mehnat qanchalik sermashaqqat bolmasin, bir soz ustida soatlab zahmat chekayotgan matnshunosga kichik bir xato qilishga ham imtiyoz bermaydi. Chunki biz kichik deb etiborga olmayotgan xato tufayli butun bir matn manosiga xalal etadi, muallif haqqiga, tarixiy omonatga xiyonat sodir boladi.
“Sabotul ojizin”ning riyo illati qoralangan Maviza deb nomlangan bolimidagi bir bayt Cholpon nashrida shunday tabdil qilingan: Agar bogingda bolsa gul zebosi Qachon bolgay chirogingning ziyosi. Ayni bayt Mehnat nashrida shunday keltiriladi:Agar bogingda bolsa gul riyosi,Qachon bolgay chirogingning ziyosi.Keyingi keltirilgan baytda oldingi nashrdagi xato isloh qilingan: zebo sozi riyoga ozgartirilgan. Garchi matn kotiblar tomonidan buzilib, zebo sozi riyoga aylantirilgan bolsa-da, nashrga tayyorlovchi shakl ketidan quvmay, manoga etibor qaratishi kerak edi. Har holda bu xato keyingi nashrda tuzatilgan. Ammo baribir misralar aro boglanish kuzatilmayapti. Bogdagi gul riyosi bilan chiroq ziyosi ortasida qanday munosabat bor? Balki mazmunni bir amallab, izohlarni boshqa manolardan qarzga olib, bu soz birikmalari ortasida zorlab munosabat topish mumkindir.
Lekin nima bo’lgandayam, baytning bu holatida badiiy mantiq buzilgan.
“Sabotul ojizin”ning bir necha qo’lyozma va toshbosma nusxalarini sinchiklab o’rganish natijasida masala oydinlashdi. Birinchi misradagi “bog’ingda” (باغينكده) so’zi, aslida “yog’ingda” (ياغينكده), “gul” (ﮔل) so’zi esa, aslida “gil” (ﮔل) ekan. E’tibor berilsa, arab imlosidagi har ikkala shakl deyarli muvofiq. Balki shu o’xshashlik kotiblarni adashishga olib kelgan. Endi misralar aro bog’lanish tiklandi: agar yog’ingda gil, ya’ni chang riyosi bolsa (ilm yolidagi xolis niyatingga nopoklik aralashsa), ilming chirogining ziyosi ravshan bolurmi?

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling