Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati Reja: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati


Download 1.62 Mb.
bet3/15
Sana20.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1037287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
320 GURUH MATNSHUNOSLIK FANI

A.Murodov bu fexristlarning hamma turlarini tuzishda qatnashgan. Ayniqsa, mualliflar nomi bo‘yicha tuzilgan, juda diqqattalab fexrist faqat Abduqodir Murodov domla tomonidan tuzilgan va juda san’atli xatlar bilan yozilgan. Bu fexristlarni tuzish ishi asar nomini va muallifini aniqlashda turli tillarda yozilgan lug‘atlarga, qomuslarga, tazkiralarga murojaat qilishni talab qilar edi. A.Murodov domla ana shunday katta ilm va mehnat talab qilinadigan ishning uddasidan chiqolgan olim edilar.


Abduqodir Murodovning eng katta xizmati uning “O‘rta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan” nomli kitobidir. Ushbu kitob 300 ta sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish natijasida O‘rta Osiya xattotlik san’ati tarixining tashkil topishi va rivojlanishi masalalarini nazariy jihatdan o‘rganib chiqib 300 dan ziyod xattot haqida biografik ma’lumotlarni bayon qilgan. Mashhur xattot shu kitob bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. “O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan” asari ikki bobdan iborat
Birinchi bob “O‘rta Osiyoda xattotlik taraqqiyoti va uning madaniy hayotda tutgan o‘rni”;
Ikkinchi bob “O‘rta Osiyo xattotlari” deb nomlangan. Bu bobda 37 ta xirotlik, 131 ta buxorolik, 49 ta samarqandlik, 85 ta xorazmlik, 40 ta farg‘onalik va 37 ta toshkentlik, jami 379 ta xattot haqida maʼlumot berilgan.

Mavzu: Hamid Sulaymonovning matnshunoslikka oid tadqiqotlarini o'rganish

Reja:

1. Hamid Sulaymonovning faoliyati

2. Matnshunoslikka oid tadqiqotlari


Hamid Sulaymonov (1910.5.5 — Toshkent — 1979.8.6) — adabiyotshunos, matnshunos. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1964). Filologiya fanlari doktori (1961), professorAsosiy ilmiy faoliyati Alisher Navoiy lirikasining tekstologik tadqiqotlariga bag‘ishlangan. Navoiy qo‘lyozmalari bibliografiyasini tuzgan (1946—47) va shoirning «Badoye ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» devonlari qo‘lyozmalarini topib (1959), ular shoir tomonidan tuzilganligini isbotlagan. «Xazoyin ul-maoniy» tanqidiy matnini tuzgan va nashr ettirgan (1958—60). «Devoni Foniy» qo‘lyozmalarini (Frantsiyadan) topib, fotonusxa asosida nashr ettirgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyining asosiy vazifalaridan biri xorijiy mamlakatlar kutubxona va qoʻlyozmalar fondlaridagi mumtoz adabiyotimizga doir kitoblarni oʻrganish, ulardan koʻchirma nusxalar olib, yurtimizga keltirishdan iborat boʻlib kelgan.
1975 yili shu maqsad bilan Hindistonga qilingan ilmiy-arxeografik safar ham samarali boʻlgan edi. Oʻshanda keltirilgan mikrofilmlar orasida Navoiyning “Muhokamat ul-lugʻatayn”ning koʻchirma nusxasi ham boʻlgan. Biroq bu nusxa Boburning devoni bilan bir muqovada saqlanayotgani bois eʼtibordan chetda qolib kelayotgan ekan.
Qolaversa, qoʻlyozma oʻziga xos jihatlari, matniy xususiyatlari bilan eʼtiborlidir. Undagi dastlab koʻzga tashlanadigan holat matnning gʻayriodatiy yoʻsinda koʻchirilganidir, yaʼni bir necha satr dioganal holda, soʻngra odatiy tarzda yoki bir sahifa toʻliq dioganal koʻrinishda, navbatdagi sahifa boshdan oxirigacha gorizontal tarzda. Kotibning qay maqsadda bunday yoʻl tutganini tushunish qiyin, u bir xillikdan qochgan boʻlsa, ehtimol. Har qalay, kotibning ishga erkin yondashganligi, oʻzining istak-mayliga koʻra ish tutgani matndagi yana bir jihatdan ham maʼlum boʻladi.
U baʼzi soʻz va iboralar oʻrniga ularga maʼnodosh boʻlgan soʻz yoki iboralarni yozadi: “bahramand” oʻrniga “bahravar”, “gulistonining” oʻrnida “gulshanining”, “yana” oʻrniga “taqi” kabiMuhtaram ustozimiz, marhum Hamid Sulaymonov Navoiy asarlari jamlanmasi boʻlmish kulliyotlarning dunyo fondlarida saqlanayotgan sakkizta qoʻlyozmasining fotonusxalarini yigʻib, ular ustida olib borgan tadqiqotlari natijasi oʻlaroq mazkur kulliyotlarning qiyosiy jadvalini tuzgan edi. Oʻsha jadvaldan maʼlum boʻlishicha, mazkur sakkizta kulliyotning atigi uchtasininggina tarkibida “Muhokamat ul-lugʻatayn” asari mavjud, xolos.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling