Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati Reja: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati


Mavzu: Vahob Rahmonovning " Matn haqiqati" maqolasini tahlil qilish


Download 1.62 Mb.
bet5/15
Sana20.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1037287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
320 GURUH MATNSHUNOSLIK FANI

Mavzu: Vahob Rahmonovning " Matn haqiqati" maqolasini tahlil qilish
VAHOB RAHMONOV. MATN HAQIQATI (2010)
Matnshunoslik, ya’ni matn haqiqatini tiklash muammosi ”O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining doimiy mavzularidan. Darhaqiqat, adabiy merosimizni o‘rganish va munosib tarzda chop etish hamma vaqt dolzarb vazifa sanaladi. Shu ma’noda gazetada (”O‘zAS”, 2010 yil, 2-iyul) e’lon qilingan
”Matnshunoslik davr talablari darajasidami?” nomli davra suhbatida aytilgan mulohazalar, istak va takliflar, avvalo, bu soha mutaxassislarini befarq qoldirmasligi tayin. Tabiyki, suhbatda aytilgan ayrim fikrlar e’tiroz ham tug‘dirdi. Shuningdek, filologiya fanlari nomzodi I.Bekjonov davra suhbatiga munosabatini bildirib yozgan ”Takliflar jo‘yali, ammo ...” maqolasida (”O‘zAS”, 2010 yil, 16 iyul) yozadi: ”... haqiqatan ham bu nashrlardagi (gap Navoiy merosi nashrlar haqida — V.R.) kichik xatolarni izlash o‘rniga, kuchimiz va tajribamizni ana shu ulkan ish uchun sarflashga to‘g‘ri keladi. Chunki toki ilmiy-tanqidiy matn amalga oshmas ekan, nashrlarda xatolarning ko‘plab uchrashi oddiy hol bo‘lib qolaveradi”, deb yozadi.
Bizningcha, matnshunoslikda ”kichik xatolarni izlash” maydi ishga kirmaydi, aksincha, kuchimiz, tajribamiz ana shu “kichik xatolar”ni topishda ko‘rinadi. Matn haqiqatini tiklashda, mumtoz adabiyotimiz namunalarini nashr etishda har bir belgi, harf, so‘z mutaxassisning ziyrak nazaridan o‘tsagina ”ulkan ish”ning muvaffaqiyatini ta’minlash imkoni tug‘iladi.
Kamina ham yarim asrdan beri shu sohaga qiziqib, qo‘limdan kelgancha mumtoz adabiyotimiz namunalarining matn saviyasini yaxshilashda ikki yo‘nalishda mehnat qilaman: birinchisi, u yoki bu mumtoz asarning bizdagi nashrlaridan ko‘nglim to‘lmasa, o‘zim o‘sha asarlarni arab yozuvidan boshqatdan nashrga tayyorlayman. Chunonchi, Alisher Navoiy ”Lison ut-tayr” dostoninig ikki nashri (1992 yili kirildi, 2005 yili lotin yozuvida, ”Xamsa”ning besh dostoni (2006 yili lotin yozuvida); ikkinchisi, boshqa olimlarimiz nashrga tayyorlagan asarlarga mas’ul muharrirlik qilaman. Chunonchi, ”O‘zbek adabiyoti bo‘stoni” turkumidagi kitoblarning to‘qqiztasi, Mashrab ”Devoni”i singari nashrlar mening tahririmda chiqdi. Qo‘lga qalam olib, men tayyorlagan mumtoz matnlardan uch-to‘rt so‘zdagi xatoni tuzatgan kishini peshonasidan o‘pib, ”Yashang!”, degim keladi.Maqolani o‘qib, o‘zimcha mulohaza qildim: muallifning ”Layli va Majnun” dostonidan keltirgan ”tuzatilgan” to‘rt baytiga ishonsak, hozirgacha shu dostonni nashrga tayyorlagan barcha olimlar ushbu baytlarni xato o‘qigan bo‘lib chiqadi.
Mavzu: Cho'lponning " Buloqlar" she'riy to'plami asl va zamonaviy nashrlarini solishtirish, tahlil qilish . Reja: 1. " Buloqlar" to'plami haqida 2. To'plamning asl va zamonaviy nashrlarini solishtiris
Professor Temur Xoʻja oʻgʻlining guvohlik berishicha, “…Choʻlpon garchi Turkiyaga bormagan boʻlsa-da, u Istanbuldan turk gazeta va jurnallarini 1922-yilgacha olib turgan hamda u Turkiya turkchasida oʻn bitta sheʼr yozgan.
Choʻlpon sheʻriy toʻplamlarining asl nusxalari: ”Buloqlar” (1924)
Muallif Adib: Oʻzbek tarixi, adabiyoti va madaniyati 28.05.2015 izoh yoʻq 09 Atoqli oʻzbek olimi Xayrulla Ismatullayev (1937-2008) tomonidan eʼlon qilingan Choʻlpon sheʼrlarining asl nusxalari va ular bogʻliq tadqiqotlari bilan tanishtirishni davom etamiz. Bungacha Choʻlponning yilda nashr etilgan “Oʻzbek yosh shoirlari” ( 1922), “Uygʻonish” (1922) toʻplamlari haqidagi maʼlumotlarni va bu toʻplamlarga kirgan sheʼrlarini taqdim etgan edik. Bugun navbat ”Buloqlar” (1924) toʻplamiga yetdi. Erta-indin “Tong Sirlari” (1926), “Soz” (1935) toʻplamlari haqidagi maʼlumotni ham sizga havola etamiz.
Choʻlponning “Buloqlar” nomli ikkinchi sheʼrlar toʻplami 1924-yili Oʻzbekiston Davlat Nashriyoti tomonidan chop etilgan boʻlib, bu toʻplamda ham shoir sheʼrlari quyidagi boʻlimlarga boʻlib berilgan: 1-boʻlim “Sharq uchun” [“Buzilgan oʻlkaga”, “Amalning oʻlimi”, Yongʻin”, “Toʻfon”, “Geliyorsun!”]; 2-boʻlim “Sezgilar” [“Yashayish”, “Yotoqdan”, “Erkinlik istagi”, “Mastlikda”, “Qilich va qon”, “Qizlarning daftariga”. “Koʻklam qaygʻusi”, “Binafsha”]; 3-boʻlim “Sevgili” [“Tun”, “Nimaning hidi”, “Ishq yoʻli”, “Ket”, “Aldanish”, “Ishq (Usmonlicha)”, “Bitdi”]; 4-boʻlim “Qora yoʻllar” [“Mahmud Xoʻja (Behbudiy) xotirasi”, “Ketding”, “Oʻlimdan kuchli”, “Ulugʻ yoʻlovchiga”] va 5-boʻlim “ Qor qoʻynida” [“Yana qor”, “Oppoq oy”] deb nomlangan boʻlib, jaʼmi bu toʻplamdan shoirning 27 sheʼri oʻrin olgan.
“Buloqlar” toʻplamining birinchi boʻlimi “Buzilgan oʻlkaga” sheʼri bilan boshlanishi bejiz emas. Shoir Choʻlponning bu sheʼri oʻta muhim boʻlganidan prof. Edvard Ollvortt ham bu sheʼrni oʻz ishida ham asl nusxada – oʻzbek tilida keltirib, sheʼrning inglizcha tarjimasini ham beradi. Bundan tashqari, amerikalik olim bu sheʼrga oid ilmiy mushohadalar ham chiqaradi [Bu haqda qarang” E. Allworth, “The Source of Knowledge” … IN: Central Asian Journal” vol. X, No.1, 25].

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling