Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati Reja: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati


Download 1.62 Mb.
bet15/15
Sana20.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1037287
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
320 GURUH MATNSHUNOSLIK FANI

“Abushqa”. Bundan 450 yil muqaddam ilgari tuzilgan birinchi o‘zbek tilining izohli lug‘ati fanda «Abushqa» nomi bilan atalgan yodgorlik katta ahamiyatga ega. Ushbu lug‘atning fanda o‘ndan ortiq nusxalari ma’lum bo‘lib, ularning eng qadimgi nusxalari chet el xazinalarida.
Lug‘atning 1552 yilda kitobat qilingan Vena nusxasidan foto ko‘chirma olingan edi. Endi Tehron nusxasidan ham ko‘chirma olindi.
Fotonusxadan ma’lum bo‘ladiki, qo‘lyozma to‘liq va yaxshi saqlangan. Lug‘at yirik nasta’liq xatida yozilgan. Hajmi 201 varaq, ya’ni 402 betdan iborat. Har bir betda to‘rttadan sakkiztagacha so‘z misollar bilan izohlangan. Lug‘atning bu nusxasi Tehrondagi Malak kutubxonasida «Farhangi devoni Alisher Navoiy» nomli qo‘lyozma tarkibida saqlanmoqda. Hozirgacha bu lug‘at muallifi noma’lum edi. Vena va Tehron nusxalarini solishtirish natijasida uning muallifi Turk olimi Mustafo Binni Sodiq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ammo uning tartib berilgan yili hali ham noma’lum. Hozircha lug‘atning bizga ma’lum eng qadimgi Vena shahridagi nusxasi 1552 yilgi tarixga ega.
Lug‘atda so‘z ma’nosi, asosan, 2 xil usulda ochib berilgan. Birinchi usulda lug‘atshunos so‘z ma’nosini bir so‘z bilan lo‘nda ifodalaydi. Chunonchi ko‘kumtul so‘zi ko‘m - ko‘k deb izohlangan. II usulda so‘z ma’nosi tushuntirish yo‘li bilan ochib berilgan:
qirov - qirag‘u demakdurki, savuq ayyomda gecha ila havodan yera dushar, yeri ag‘arduri.
“Badoyi - al - lug‘at”. Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan birinchi qomus «Badoyi - al - lug‘at» hisoblanadi. U Husayn Boyqaro farmoni bilan 1500 yillarda tuzilgan. Hozircha lug‘atning ikki nusxasi ma’lum. Biri Eronda, Sipohsolar kutubxonasida, ikkinchisi Sankt - Peterburg xalq kutubxonasida saqlanmoqda. Lug‘atning Sankt - Peterburg shahridagi qo‘lyozmasi 1750 yillarda ko‘chirilgan bo‘lib, 1960 yilda A.K.Borovkov tomonidan nashr qilingan.
Arab xat turlari.
Yozuv-insoniyat tafakkuri yaratgan ma’naviy boyliklarni asrlardan asrlarga, avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi bebaho vosita. U insonning eng oliy kashfiyotlaridan biri. Jahon tarixidan ma’lumki, yuksak ma’naviyat, boy madaniyatga ega har bir xalqning o‘z yozuvi bo‘lgan. Dunyo xalqlarining tillari kabi yozuvlari ham o‘ziga xos.
Afsuski, ijtimoiy-siyosiy sharoit,moddiy va ma’naviy vaziyat taqozosiga ko‘ra, ayrim xalqlarning yozuvi, hatto, tili ham unutilib ketgan. Bunga urush va nizolar, keskin sur’atda olib borilgan siyosiy tazyiq va ta’qiblar ham sabab bo‘lgan. Iste’molda yo‘q til ham, yozuv ham shubhasizki, tanazzulga yuz tutadi. O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan qadimiy bitiklar-ayrim xronika va tarixiy manbalardagina saqlanib qolgan xorazm, so‘g‘d(oromiy), o‘rxun- yenisey va uyg‘ur yozuvlarining tarixiy qismati ham shunday bo‘ldi.
Ma’lumki, VII asrdan boshlab arab bosqinchilari O‘rta Osiyo va Kavkaz bo‘ylab katta harbiy yurish qildilar. Qonli muhorabalar natijasida bu ulkan hududning asosiy qismini bosib oldilar. Tez fursat ichida arablar o‘z tili, yozuvi va madaniyatini, urf- odatini mahalliy xalqlarga zo‘rlik bilan singdirishga kirishdilar. Shu tariqa bu o‘lkalarda arab alifbosi hukmron yozuv bo‘lib qoldi. Barcha rasm- rusmlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar arab yozuvi asosida rasmiylashtiriladigan bo‘ldi. Fan va madaniyat, adabiyot va san’at, o‘qish va o‘qitish ishlari ham arab yozuvi va tili negizida amalga oshirila boshladi.
Xo‘sh, arab yozuvi qaday yozuv? Uning qanday turlari bor?
Arab xatlarining turi ko‘p. Shulardan qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinadiganlari, asosan, quyidagilardir: nasx, ko‘fiy, riqo’, shikasta, ta’liq, ma’qaliy, tavqe’, nasta’liq, suls va hokazo.
Bu yozuv turlarining har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ko‘fiy va suls xatlari boshqalariga qaraganda o‘qilishi va yozilishi jihatidan birmuncha murakkab.
Bu xatlar ko‘pincha imoratlar, me’morchilik yodgorliklari peshtoqiga, qabr toshlariga yozilgan. Nasta’liq yozuvi bu turlar ichida oson o‘qilishi va chiroyli yozilishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo va Kavkazda u rasmiy yozuv sifatida qabul qilingan. Yozma yodgorliklar shu yozuvda yaratilgan.
Nasta’liq- “nasx” hamda “ta’liq” xatlarining o‘zaro birikuvidan vujudga kelgan yozuv turidir. O‘rta Osiyo va Kavkaz xalqlari singari o‘zbek xalqining ham ming yillik ma’naviy merosi ana shu yozuvda bitilgan.
Mashhur shoir-u nosirlar, muarrix-u mutarjimlarimizdan: Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Bobur va Ogahiylardan tortib,
Hamza, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lponlarning eng yaxshi badiiyat durdonalarigacha, Beruniy, Juvayniy, Muhammad Narshahiy, Rashididdin Votvot, Nasaviy, Bayhaqiy singari muarrixlar yaratgan o‘lkamiz tarixiga oid mumtoz asarlarning barchasi arab yozuvida bitilgan. Bulardan tashqari, tibbiyot, riyoziyot,
handasa, kimyo, ilmi nujum, jug‘rofiya kabi fanlar tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi manbalar ham ana shu yozuvda saqlanib qolgan.
XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA MATBAATCHILIK RIVOJI
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda birinchi marta bosma kitob nashr etila boshlandi. Bu g’oyat muhim tarixiy voqea edi. Lekin O`rta Osiyoning markaziy shaharlarida bosmaxonalarning tashkil etilishini mustamlakachi ruslarning o`lkaga ko`rsatgan “marhamati” sifatida qabul qilish kerak emas. Birinchidan, noshirlik jahon mamlakatlarida keng tarqalib bo`lgan edi. Ikkinchidan, Turkiston o`lkasidagi ijtimoiy–siyosiy vaziyat rus hukumatidan bu erda mustamlakachilikka qarshi kurash avj olib ketishini bartaraf etish uchun muayyan jihatdan mahalliy ijtimoiy talablarga yon berishni talab qilar, bu borada bosmaxona kabi ijtimoiy dunyoqarashga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan, lekin mavjud mustamlakachilik siyosatiga halal bermaydigan siyosiy vositalardan foydalanishga majbur etardi.
Uchinchidan, bosmaxonalar Turkiston o`lkasidagi kitobga bo`lgan yuksak talabdan kelib chiqib, iqtisodiy foyda olishni ko`zlagan holda tashkil etilgan, bu o`rinda Turkistonga sehrli o`lka sifatida qaragan rus burjuaziyasining nafsi ham yaxshigina rol o`ynagan edi. Bosmaxonalarniig tashkil etilishiga, ayniqsa, oxirgi sabab katta turtki berganini bu o`lkadagi noshirlik korxonalarining, asosan rus muhojirlari tomonidan tashkil etilib boshqarilgani ham tasdiqlaydi. Lekin bu siyosiy jarayonlar O`rta Osiyo xalqlarining savodini chiqarish, madaniy merosiga hissa qo`shish, ilm–ma`rifatni oshirish, qo`shni mamlakatlar xalqlari madaniyati bilan tanishtirish, jahonda yuz berayotgan o`zgarishlardan voqif qilish yo`lida olib borilgan harakatlar sifatida baholanishi haqiqiy siyosiy maqsadlarni niqoblash uchungina edi, xolos. To`g’ri, bundan o`lka xalqlariga hech qanday foyda bo`lmadi, deyish xato bo`ladi
Ammo siyosatga berilgan ta`riflardan birida sadaqa berib quldek ishlatish aynan siyosatdagi ifloslik, ya`ni manfaat yo`lida vijdon va axloqni ifloslikka bo`ysundirish, deya ta`riflanadi. Ruslarning Turkistonga ko`rsatgan yonbosishlari xuddi mana shu ta`rif mohiyatiga muvofiq kelar edi. Xullas, Turkistonda rus zodagonlarining manfaatlariga, qolaversa, o`sha mafkuraviy tuzum siyosatiga xizmat qiluvchi ma`naviy qurol sifatida bosmaxonalar tashkil etildi. Bu ayni vaqtda o`zbek madaniyatida kitoblarni bir vaqtning o`zida ko`plab nusxada nashr etilishining boshlanishini bildirar edi
Turkistonda dastlab ish boshlagan bosmaxonalarda avvalo dunyoviy ilm-fan — geografiya, tarix, ma`danshunoslik, bog’dorchilik, dehqonchilik, tabobat, aniq fanlarga oid Yevropa mamlakatlari va Rossiya ilmiy hamda ommaviy jamoatchiligiga noma`lum bo`lgan asarlarga katta e`tibor qaratilgan. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bu manbalarga talab va ehtiyoj kattaligi e`tiborga olingan. Samarqand universitetining kutubxonasida o`sha vaqtda nashr etilgan bunday kitoblarni ko`plab ko`rish mumkin. Jumladan, 1830 yilda Tohir ibn Qozi Abu Saidxo`ja Samarqandiy tomonidan fors tilida yozilgan Samarqandning bunyod etilish tarixi, shaharning “Samarqand” deb atalishi sababi, jug’rofiy holati va XIX asrning uchinchi choragiga qadar saqlanib qolgan osori–atiqalari, shuningdek, masjid va madrasalar, ko`shklar va mozorlar to`g’risida ma`lumotlar beruvchi “Samariya” asari ham mavjud. Nodir qo`lyozmalar bo`limida saqlanayotgan she`riy arifmetika jamlanmasi muallifi matematik, shoir, tilshunos, XIX asrda yashagan samarqandlik Boboyor Mirzaqulovdir.
U geometriya darsligini o`zbek tiliga tarjima qilib, matematik grafika haqida tushuncha bergan, shuningdek, raqamlar turkumini 46 matematik belgiga ajratgan. Muallif qadimiy o`zbek qabilalarining 92 nomini birinchi bo`lib hisoblab chiqqan edi. Turkistonda kitob bosish Rossiya imperiyasining o`z hukmronligini o`rnatishi bilan keng rivoj topdi. Toshkentda 1868 yilda birinchi bosmaxona harbiy okrug shtabi huzurida tashkil qilindi. Bu bosmaxona dastlabki davrda yaxshi jihozlanmagan edi. Shu sababli bu yerda turli blankalar, ish qog’ozlari bosilgan. Mazkur bosmaxona gazeta nashr qilishga moslashmagani uchun 1869 yilda boshqa bosmaxona tashkil etilgan. Bu erda ishlash uchun Rossiyadan harf teruvchilar ham chaqirildi. Ushbu bosmaxona 1870 yildan arab harfi shriftiga ega bo`ladi.
Abjad hisobi,namunalar topish.
Abjad – 1) qadimgi arab alifbosi tarkibidagi harflardan tuzilgan va har qaysi harfning son qiymatini eslab qolish uchun yasalgan sakkizta soʻzning birinchisi va shartli umumiy nomi. Bu soʻzlar: abjad, havvaz, hutti, kalaman, sa’ufas, qarashat, saxxaz, zazagʻ. Asli-da arab harflarining mazkur tartibi finikiya va oromiy harflaridan kelib chiqqan boʻlib, ular muayyan sonlarni ifodalaydi.Finikiya-oromiy alifbosida 400 dan keyingi sonlarni ifoda qilish uchun tav (400) harfiga boshqa harflar qoʻshilgan. Mac, tavqof (500), tavresh (600), tavshin (700), tavtav (800), tav-tavqof (900) va hokazo Arablar esa mazkur sakkizta soʻzning ol-dingi oltitasini 22 harfdan iborat fi-nikiya-oromiy alifbosi asosida tuzib, harflarning son ifodalarini 1000 ga yetkazish uchun finikiya-oromiy alifbosida boʻlmagan oltita arab harflaridan 
Abjadning keyingi ikki soʻzini (saxxaz, zazagʻ) yasaganlar. Harflarni sonlar bilan va sonlarni harflar bilan ifoda qilish A. va jimal hisobi ismlari bilan atalib, qad. vaqtlarda sonlarni, mas, koʻpaytirish jadvalini yodlashni osonlashtirgan. Bundan tashqari, Sharq, shu jumladan oʻzbek mumtoz adabiyotida biror muhim hodisaning sanasini esda tutishni osonlashtirish uchun sonlar harflar bilan ifodalangan. Oʻzbek adabiyotida A. dan maxfiy yozuvlar yozishda ham foyda-lanilgan. Oʻzbek mumtoz adabiyotida A. hisobi 20-asr boshlarigacha qoʻllangan; 2) boshlangʻich, ilk ma’nosiga ham ega; 3) musiqada – Yaqin va Oʻrta Sharq musiqa ilmida tovush (parda, nagʻma)lar yozilishi va ularning nisbatlari aniqlanishida A. tizimidan foydalanilgan.
Arab yozuvi o‘zining go‘zalligi, хushхatligi bilan jahon хalqlarining e’tiborini doimo jalb qilib kelgan. O‘tmishda bu yozuv tariхiy yodgorliklar, ulkan inshoatlar, osori atiqalar uchun naqsh, bezak vazifasini ham bajargan. Bulardan tashqari uning yana bir muhim vazifasi bor, u ham bo‘lsa arab alifbosining raqam, son ma’nosini ifoda etish bilan bog‘liqligidir. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, arablar (meloddan 2000 yil ilgari) o‘z alifbolarini tuzishda qadimgi yozuvlar bo‘lmish finikiya va oromiy yozuvlaridan harflar nomlarini va ular bilan birga har bir harfning raqamiy tengligini ham olganlar.
Demak, abjad hisobining tartibi finikiya va oromiy yozuvlaridan kelib chiqqan. Lekin ular alfavitida harflar soni yigirma ikkita bo‘lib, to‘rt yuzdan keyingi sonlarning ifoda qilinishida oхirgi harf «tav» (arablarda «atun»)ga oldingi harflardan birini qo‘shib besh yuzdan minggacha bo‘lgan son ifodalarini hosil qilganlar (Masalan: tavqof, tavresh, tavshin kabi). Arablar bu usulni biroz takomillashtirdilar. Ular oltita harf iхtiro qilib «saхaz» va «zazag‘» so‘zlarini yasadilar. Bu atamalar besh yuzdan minggacha bo‘lgan son ifodalarini hosil qilishga yordam berdi. Shu tariqa arablarda yigirma sakkiz harfni o‘zida jamlovchi sakkiz atama hosil bo‘lgan. Bular quyidagilar:
Mazkur atamalar muayyan bir ma’noni anglatmaydi, ular harflar mujassami хolos. «Abjad hisobi» ana shu atamalarning birinchisi nomiga qo‘yilgan. Harflar vositasida son tushunchasini ifoda etish usuli esa «abjad hisobi» deb atalgan. Bu usul harflar sirasini yod olishda qulay bo‘lgani sabab maktablarda maхsus o‘qitilgan va abjad o‘qiyotgan bolalar «abjadхon» deb atalgan.
Eski o‘zbek yozuvidagi forslar va turklar tomonidan keyinchalik kiritilgan to‘rt harf - پ؛ گ؛ چ؛ ژborasida abjad hisobi amalga oshirilayotgan matnda ushbu harflar ishtirok etayotgan bo‘lsa hisobda ularning shakldoshlari ()ب ک ج زdan istifoda etilgan. Abjadning kelib chiqishi haqida ham qat’iy bir fikr mavjud emas. «Abjadni hukamolar tartib berganlar, hijo harflarining hammasi unda to‘plangandir va ma’nisi yashiringandir» yoki «Abjad mashhur kishilar nomidan olingan» qabilidagi farazlar yuradi. Manbalarda keltirilishicha, arablar qadimda abjad atamalaridan hafta kunlarini nomlashda ham foydalanganlar.
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling