Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati Reja: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati


Navoiy Pahlavon Muhammad ularning asarlari qabilida musiqalar yaratganini takidlab, bazi jihatlarini ulardan yaxshiroq chiqishiga erishgan, ovozi goyat yoqimli va gozal bolgani sababli koproq shuhrat


Download 1.62 Mb.
bet12/15
Sana20.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1037287
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
320 GURUH MATNSHUNOSLIK FANI

Navoiy Pahlavon Muhammad ularning asarlari qabilida musiqalar yaratganini takidlab, bazi jihatlarini ulardan yaxshiroq chiqishiga erishgan, ovozi goyat yoqimli va gozal bolgani sababli koproq shuhrat tutgan edi, deb yozadi.

  • 11. Mavlono Totiy – asli turshizlik shoir. Navoiy «Majolis un - nafois»da Mavlono Totiy Abulqosim Bobur Mirzo zamonida tarbiyat topganligini takidlaydi va yaxshi qasida va gazallari borligini etirof etadi. Yoshlikda dunyodan otgan bu shoir vafotiga Navoiy «xurus» sozi bilan tarix tushirgan edi, bu sozdan abjad hisobida 816 yil chiqadi. Demak Mavlono Totiy 1461 – 62 yillarda vafot etgan.
  • 12. Tarj.: Ey soqiy, qishning ikkinchi oyi ketdiyu ertaniig ahvoli nomalum; ozimizni bugun xursand qilaylik, ertani esa kim koribdi?
  • 13. Mir Buzurg Tirmiziy - oz davrining goyat nufuzli siymolaridan. Abu Said mirzoning ogli Sulton Mahmud mirzoning otasi, Sulton Masud mirzoning bobosi.
  • 14. Mavlono Xusrav – bu bilimdon sohibi devon, lekin dagal tabiatli. Hirotda vafot etgan shoir haqida «Majolis un-nafois»ning II majlisida Navoiy malumot berib yozadi: «Davoliq va buzurgmanish va tundxo kishi edi. Faqir qoshiga bazi mahalda sher keltursa erdi, burunroq andoq kalom surar erdikim, daxl qilmoq yuli boglanur erdi. Zaruratan, barcha she`rni tahsin qilmoq kerak erdi.

Tarj.: Muhammad Pahlavon – yetti olka pahlavoni. Dunyoda uning tenggi, oxshashi yoq. Tariqat ahli (sufiylar – S. G.) ning boshi va sarhalqasi (aqli – S. G.) dunyo kishanlaridan qanot yozib ketdi. Olam tayanchi, Jom marifatchisi iqbol yuzasidan davrning hurmatli zoti (yani, Jomiy – S. G.) ketidan bir yildan keyin rang-barang korinishdagi bu kohna dunyodan jannat tomon xirom qildi. Agar kimda-kim vafoti tarixii sorasa, «Mahdumdan keyin bir yil otgach» – deb ayting. Bu yerda tarix moddasi «badi maxdumi ba yak sol» bolib, abjad hisobida 899 – 1433 yil chiqadi.

Mavzu: Cho'lponning " Buloqlar" she'riy to'plami asl va zamonaviy nashrlarini solishtirish, tahlil qilish .


Choʻlpon sheʻriy toʻplamlarining asl nusxalari: ”Buloqlar” (1924)
Muallif Adib: Oʻzbek tarixi, adabiyoti va madaniyati 28.05.2015 izoh yoʻq 09 Atoqli oʻzbek olimi Xayrulla Ismatullayev (1937-2008) tomonidan eʼlon qilingan Choʻlpon sheʼrlarining asl nusxalari va ular bogʻliq tadqiqotlari bilan tanishtirishni davom etamiz. Bungacha Choʻlponning yilda nashr etilgan “Oʻzbek yosh shoirlari” ( 1922), “Uygʻonish” (1922) toʻplamlari haqidagi maʼlumotlarni va bu toʻplamlarga kirgan sheʼrlarini taqdim etgan edik. Bugun navbat ”Buloqlar” (1924) toʻplamiga yetdi. Erta-indin “Tong Sirlari” (1926), “Soz” (1935) toʻplamlari haqidagi maʼlumotni ham sizga havola etamiz.
Choʻlponning “Buloqlar” nomli ikkinchi sheʼrlar toʻplami 1924-yili Oʻzbekiston Davlat Nashriyoti tomonidan chop etilgan boʻlib, bu toʻplamda ham shoir sheʼrlari quyidagi boʻlimlarga boʻlib berilgan: 1-boʻlim “Sharq uchun” [“Buzilgan oʻlkaga”, “Amalning oʻlimi”, Yongʻin”, “Toʻfon”, “Geliyorsun!”]; 2-boʻlim “Sezgilar” [“Yashayish”, “Yotoqdan”, “Erkinlik istagi”, “Mastlikda”, “Qilich va qon”, “Qizlarning daftariga”. “Koʻklam qaygʻusi”, “Binafsha”]; 3-boʻlim “Sevgili” [“Tun”, “Nimaning hidi”, “Ishq yoʻli”, “Ket”, “Aldanish”, “Ishq (Usmonlicha)”, “Bitdi”]; 4-boʻlim “Qora yoʻllar” [“Mahmud Xoʻja (Behbudiy) xotirasi”, “Ketding”, “Oʻlimdan kuchli”, “Ulugʻ yoʻlovchiga”] va 5-boʻlim “ Qor qoʻynida” [“Yana qor”, “Oppoq oy”] deb nomlangan boʻlib, jaʼmi bu toʻplamdan shoirning 27 sheʼri oʻrin olgan.
“Buloqlar” toʻplamining birinchi boʻlimi “Buzilgan oʻlkaga” sheʼri bilan boshlanishi bejiz emas. Shoir Choʻlponning bu sheʼri oʻta muhim boʻlganidan prof. Edvard Ollvortt ham bu sheʼrni oʻz ishida ham asl nusxada – oʻzbek tilida keltirib, sheʼrning inglizcha tarjimasini ham beradi. Bundan tashqari, amerikalik olim bu sheʼrga oid ilmiy mushohadalar ham chiqaradi [Bu haqda qarang” E. Allworth, “The Source of Knowledge” … IN: Central Asian Journal” vol. X, No.1, 25].
Bu atoqli olim u bilan qanoatlanmaydi. U Choʻlpon sheʼrini Gʻayratiyning “Tuzalgan oʻlkaga” sheʼri bilan qiyoslab, xaqiqiy shoir Choʻlpon foydasiga xulosalar chiqaradi:
Choʻlpon: Ey, togʻlari koʻklarga salom bergan hur oʻlka,
Nima uchun boshingda quyuq bulut koʻlanka?
Gʻayratiy: Ey, togʻlari koʻklarga salom bergan hur oʻlka,
Endi solmas boshing uzra qora bulut koʻlanka.
Turkistonning ziyo ahli oʻsha vaqtlarda ham xalq boshida “quyuq bulut koʻlanka” solib turganligini yaxshi bilardi. Gʻayratiyning sheʼri “muz oʻlkalardan kelgan qoʻnoqlar”ning koʻrsatmasi bilan bitilganligini mashhur Kolumbia universitetining professori emas, oddiy kitobxon ham anglab yetgandi.
Bir qator jurnal, toʻplamlarda Choʻlponga nisbat berilgan talaygina sheʼrlar eʼlon qilingan boʻlib, bu kabi sheʼrlarning ayrimlari ham mazmun, ham tuzilishi jihatidan shoirning mashhur “Buzilgan Oʻlkaga” sheʼriga oʻxshab ketadi. Men bu oʻrinda shoirning shunday sheʼrlaridan ikkitasini sizning eʼtiboringizga havola qilmoqchiman. “Buzilgan Oʻlkaga” oʻxshash sheʼrlarning birinchisi “Goʻzal Fargʻona” deb ataladi:

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling