Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati Reja: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati


Download 1.62 Mb.
bet14/15
Sana20.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1037287
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
320 GURUH MATNSHUNOSLIK FANI

Tabiiyki, taqvo tushunchasi zamiridagi bu oliy mazmun mumtoz matnlarda butun badiiyati bilan baland pardalarda vasf etilgan. Nahotki, bu oliy mazmunni hayotining dasturiga aylantirgan, umrini shu etiqodda kechirgan Sofi Olloyordek shaxs taqvoni hayvonga oxshatsa, uni tuyoqli qilib tasvirlasa?! Bu na etiqodga, na badiiyat qonuniga togri keladi? Demak, bu erda yo matnni kochirgan kotiblardan yoki nashrga tayyorlovchilardan xato otgan. Mehnat nashriyoti chop etgan nashrga asos bolgan matnni tekshirib, shunga amin boldikki, adashish kotibdan emas, nashrga tayyorlovchilardan sodir bo’lgan. Bu o’rinda ham ayrim so’zlarning shaklan o’xshab qolish hodisasi nashrga tayyorlovchilarni chalg’itganini kuzatish mumkin. Arabiy imlodagi تياغينso’zidagi ت(t) harfidan so’nggi unli “a” emas, “u” qilib o’qilgan. Natijada xunuk xato yuz bergan. Aslida taqvo tayogi deb oqilishi kerak edi. Shunda misradan misraga uzluksiz kuchayib borgan mazmun uygunligi tola saqlanadi va badiiy mantiqqa rioya qilingan boladi.

Tabiiyki, taqvo tushunchasi zamiridagi bu oliy mazmun mumtoz matnlarda butun badiiyati bilan baland pardalarda vasf etilgan. Nahotki, bu oliy mazmunni hayotining dasturiga aylantirgan, umrini shu etiqodda kechirgan Sofi Olloyordek shaxs taqvoni hayvonga oxshatsa, uni tuyoqli qilib tasvirlasa?! Bu na etiqodga, na badiiyat qonuniga togri keladi? Demak, bu erda yo matnni kochirgan kotiblardan yoki nashrga tayyorlovchilardan xato otgan. Mehnat nashriyoti chop etgan nashrga asos bolgan matnni tekshirib, shunga amin boldikki, adashish kotibdan emas, nashrga tayyorlovchilardan sodir bo’lgan. Bu o’rinda ham ayrim so’zlarning shaklan o’xshab qolish hodisasi nashrga tayyorlovchilarni chalg’itganini kuzatish mumkin. Arabiy imlodagi تياغينso’zidagi ت(t) harfidan so’nggi unli “a” emas, “u” qilib o’qilgan. Natijada xunuk xato yuz bergan. Aslida taqvo tayogi deb oqilishi kerak edi. Shunda misradan misraga uzluksiz kuchayib borgan mazmun uygunligi tola saqlanadi va badiiy mantiqqa rioya qilingan boladi.

Arab alifbosidagi matnlarni, xususan, mumtoz adabiy matnlarni joriy imloga ogirish har tomonlama bilim va hamisha hushyorlik talab qiladigan ota masuliyatli ish. Bu mehnat qanchalik sermashaqqat bolmasin, bir soz ustida soatlab zahmat chekayotgan matnshunosga kichik bir xato qilishga ham imtiyoz bermaydi. Chunki biz kichik deb etiborga olmayotgan xato tufayli butun bir matn manosiga xalal etadi, muallif haqqiga, tarixiy omonatga xiyonat sodir boladi.


“Sabotul ojizin”ning riyo illati qoralangan Maviza deb nomlangan bolimidagi bir bayt Cholpon nashrida shunday tabdil qilingan: Agar bogingda bolsa gul zebosi Qachon bolgay chirogingning ziyosi.Ayni bayt Mehnat nashrida shunday keltiriladi:Agar bogingda bolsa gul riyosi, Qachon bolgay chirogingning ziyosi.Keyingi keltirilgan baytda oldingi nashrdagi xato isloh qilingan: zebo sozi riyoga ozgartirilgan. Garchi matn kotiblar tomonidan buzilib, zebo sozi riyoga aylantirilgan bolsa-da, nashrga tayyorlovchi shakl ketidan quvmay, manoga etibor qaratishi kerak edi. Har holda bu xato keyingi nashrda tuzatilgan. Ammo baribir misralar aro boglanish kuzatilmayapti. Bogdagi gul riyosi bilan chiroq ziyosi ortasida qanday munosabat bor? Balki mazmunni bir amallab, izohlarni boshqa manolardan qarzga olib, bu soz birikmalari ortasida zorlab munosabat topish mumkindir.
Lekin nima bo’lgandayam, baytning bu holatida badiiy mantiq buzilgan.
“Sabotul ojizin”ning bir necha qo’lyozma va toshbosma nusxalarini sinchiklab o’rganish natijasida masala oydinlashdi. Birinchi misradagi “bog’ingda” (باغينكده) so’zi, aslida “yog’ingda” (ياغينكده), “gul” (ﮔل) so’zi esa, aslida “gil” (ﮔل) ekan. E’tibor berilsa, arab imlosidagi har ikkala shakl deyarli muvofiq. Balki shu o’xshashlik kotiblarni adashishga olib kelgan. Endi misralar aro bog’lanish tiklandi: agar yog’ingda gil, ya’ni chang riyosi bolsa (ilm yolidagi xolis niyatingga nopoklik aralashsa), ilming chirogining ziyosi ravshan bolurmi?
Ozbek matnshunosligi doirasidagi qizgin bahslar bugun mumtoz adabiyot namunalarining joriy imloga tabdilidagi xatolarga bagishlanishi tabiiy hol. Negaki, shu kungacha tabdil qilingan asarlarning birortasi (hatto ularning ilmiy-tanqidiy matni ham) har tomonlama, tola va qayta jiddiy matnshunoslik tekshiruvidan otmagan. Aslida, ozbek matnshunosligining nazariy asoslari mana shu jarayonning ichida shakllanadi. Muayyan asar tabdili matn tarixining davomidir. Matn tarixining zamonlararo ozgarish darajasi qanchalik aniqlashsa, tabdil variantining aslga muvofiqlik darajasi shunchalik yuqori boladi. Demak, mumtoz adabiy merosimiz namunalarining joriy imloga tabdilini tanqidiy organish matnshunoslikning fundamental masalasidir.
Adabiy meros tadqiqi va targibi yolida bilib-bilmasdan sodir etilayotgan nuqsonlarning sababini faqatgina etarli saviyada saboq beruvchi ustozlarning kamligi, shuning uchun ularni jon qulogi bilan tinglovchi talabalarning undanda kamligi bilan izohlasak, muhim jihatni etibordan soqit qilgan bolamiz.
Mavzu: O'rta Osiyoda xattotlik san'ati
Xattotlik (arab. — husnixat yozuvchi), kalligrafiya — yozuv (xat) sanʼati, kitob koʻchirish hamda meʼmoriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbi. Yozuvning paydo boʻlishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli X.ning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan xattotlar shugʻullangan (qarang Kitobat sanʼati).
Xattotlar saroylarda, ayrim amaddorlar huzurida guruh boʻlib ishlagan. Jumladan, temuriy shahzoda Boysungʻur Mirzo (1397—1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qoʻlyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini taʼmirlash bilan mashgʻul boʻlgan. X. sanʼatiga bagʻishlangan koʻplab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nastaʼlik, suls, tavqe, taʼliq, devoniy, riko, rikʼiy) mavjudligi haqida darak beradi.
Xattotlar saroylarda, ayrim amaddorlar huzurida guruh boʻlib ishlagan. Jumladan, temuriy shahzoda Boysungʻur Mirzo (1397—1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qoʻlyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini taʼmirlash bilan mashgʻul boʻlgan. X. sanʼatiga bagʻishlangan koʻplab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nastaʼlik, suls, tavqe, taʼliq, devoniy, riko, rikʼiy) mavjudligi haqida darak beradi.
Kitobat sanʼati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda X. keng qoʻllanilgan. Shayboniylardan Muhammad Shayboniyxon va Ubaydullaxon X. bilan shaxsan shugʻullangan va nasx xatida yuksak mahorat bilan yozgan. 16-asr Movarounnaxr X. maktabini yuzaga kelishida Mir Ali Hiraviynnsh hayoti va ijodi alohida oʻrin tutadi. Bosmaxona paydo boʻlguniga qadar kotib, xattotlar mehnati kitob tayyorlashda muhim oʻrin tutgan.
Vahob Rahmon matnshunos olim sifatida
Matnshunoslik, ya’ni matn haqiqatini tiklash muammosi ”O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining doimiy mavzularidan. Darhaqiqat, adabiy merosimizni o‘rganish va munosib tarzda chop etish hamma vaqt dolzarb vazifa sanaladi. Shu ma’noda gazetada (”O‘zAS”, 2010 yil, 2-iyul) e’lon qilingan ”Matnshunoslik davr talablari darajasidami?” nomli davra suhbatida aytilgan mulohazalar, istak va takliflar, avvalo, bu soha mutaxassislarini befarq qoldirmasligi tayin. Tabiyki, suhbatda aytilgan ayrim fikrlar e’tiroz ham tug‘dirdi.
Shuningdek, filologiya fanlari nomzodi I.Bekjonov davra suhbatiga munosabatini bildirib yozgan ”Takliflar jo‘yali, ammo ...” maqolasida (”O‘zAS”, 2010 yil, 16 iyul) yozadi: ”... haqiqatan ham bu nashrlardagi (gap Navoiy merosi nashrlar haqida — V.R.) kichik xatolarni izlash o‘rniga, kuchimiz va tajribamizni ana shu ulkan ish uchun sarflashga to‘g‘ri keladi. Chunki toki ilmiy-tanqidiy matn amalga oshmas ekan, nashrlarda xatolarning ko‘plab uchrashi oddiy hol bo‘lib qolaveradi”, deb yozadi.
Bizningcha, matnshunoslikda ”kichik xatolarni izlash” maydi ishga kirmaydi, aksincha, kuchimiz, tajribamiz ana shu “kichik xatolar”ni topishda ko‘rinadi. Matn haqiqatini tiklashda, mumtoz adabiyotimiz namunalarini nashr etishda har bir belgi, harf, so‘z mutaxassisning ziyrak nazaridan o‘tsagina ”ulkan ish”ning muvaffaqiyatini ta’minlash imkoni tug‘iladi.
Kamina ham yarim asrdan beri shu sohaga qiziqib, qo‘limdan kelgancha mumtoz adabiyotimiz namunalarining matn saviyasini yaxshilashda ikki yo‘nalishda mehnat qilaman: birinchisi, u yoki bu mumtoz asarning bizdagi nashrlaridan ko‘nglim to‘lmasa, o‘zim o‘sha asarlarni arab yozuvidan boshqatdan nashrga tayyorlayman. Chunonchi, Alisher Navoiy ”Lison ut-tayr” dostoninig ikki nashri (1992 yili kirildi, 2005 yili lotin yozuvida, ”Xamsa”ning besh dostoni (2006 yili lotin yozuvida); ikkinchisi, boshqa olimlarimiz nashrga tayyorlagan asarlarga mas’ul muharrirlik qilaman
Matshunoslik yutug‘i — asarning tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni hisoblanadi. Bu nusxa ilmdagi nuqta qo‘yilgan so‘nggi so‘z demakdir. Nashrda endi shunga amal qilish kerak, xolos.
Alisher Navoiy asarlari yuzasidan bunday uzoq va juda boy leksikografik an’ananing mavjud bo‘lishi juda nodir hodisadir. Hatto, rang-barang lug‘atlarga boy bo‘lgan arab va fors leksikografiyasi tarixida xam ma’lum adib yoki bir necha adiblar asarlari asosida tuzilgan bunday lug‘atlar mavjud emas. Navoiy asarlariga tuzilgan lug‘atlar sirasiga quyidagi lug‘atlar kiradi:
Navoiy asarlariga bag’ishlangan lug’atlar
Tole Imoni Hiraviyning "Badoye ul-lug‘at" (XV asr) nomli chig‘atoycha-forscha lug‘ati.
"Abushqa" nomi bilan mashhur bo‘lgan chig‘atoycha-turkcha izohli lug‘at (XVI asr),
Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" deb nomlangan o‘zbekcha-forscha lug‘ati (XVII asr),
Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-lug‘ot" nomli izohli lug‘ati (XVIII asr),
Mirzo Mahdiyxonning "Sangloh" nomli chig‘atoycha-forscha lug‘ati (XVIII asr) (“Lug‘ati atrakiya”, “Xulosayi Abbosi”lar Sangloh"ning qisqa varianti)
Sulaymon Buxoriyning "Lug‘ati chig‘atoiy va turki usmoniy" (XIX asr) («Chig‘atoycha-turkcha lug‘at») kabi va boshqa lug‘atlar shu jumladandir.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling