Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati Reja: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati


Xalqaro antik dunyo tadqiqotlari akadem iyasi faxriy akademigi, tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Is'hoqov Mustaqillik o ‘zbek xalqi tarixida yangi davr ochdi


Download 1.62 Mb.
bet8/15
Sana20.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1037287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
320 GURUH MATNSHUNOSLIK FANI

Xalqaro antik dunyo tadqiqotlari akadem iyasi faxriy akademigi, tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Is'hoqov Mustaqillik o ‘zbek xalqi tarixida yangi davr ochdi.
«Arab xattotligi» o'quv qo'llanmasi mazkur sharafli vazifalardan birini bajarishga ilk urinish samarasi sifatida ta’lif etildi. O'zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti bebaho yozma yodgorliklarga egaligi va u yozma meroslarni avaylab-asrash borasida ularni ilmiy jihatdan o'rganish va hozirgi yosh avlodga puxta bilim berish zaxiralarini taqdim etadi.
Mavzu : Navoiy asarlariga bag'ishlangan lug'atlar
Reja:
1. Navoiy asarlariga bag'ishlangan lug'atlar haqida
2. "Abushqa", " Sangloh", " Kelurnoma" lug'atlarining vujudga kelishi sabablari
Badoyi - al - lug‘at”. Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan birinchi qomus «Badoyi - al - lug‘at» hisoblanadi. U Husayn Boyqaro farmoni bilan 1500 yillarda tuzilgan. Hozircha lug‘atning ikki nusxasi ma’lum. Biri Eronda, Sipohsolar kutubxonasida, ikkinchisi Sankt - Peterburg xalq kutubxonasida saqlanmoqda. Lug‘atning Sankt - Peterburg shahridagi qo‘lyozmasi 1750 yillarda ko‘chirilgan bo‘lib, 1960 yilda A.K.Borovkov tomonidan nashr qilingan. Olim kitobni nashrga tayyorlashda eng muhim so‘zlarning fonetik tuzilishiga oid nodir ma’lumotlarni negadir tushirib qoldirgan. Natijada lug‘at boshqa nodir yodgorliklar qatori oddiy transkripsiyada berilgan. Ushbu lug‘atda XV asr vokalizmi va konsonantizmi - eski o‘zbek alifbosi maxsus atamalar orqali yaxshi ochib berilgan. Lug‘at muallifi Toli Imomiy Hiraviy eski o‘zbek tilidagi unli tovushlarni ko‘rsatish uchun butun mahoratini ishga solgan. Natijada u tilda mavjud bo‘lgan 14 unli tovush 26 ta undoshning har birini aniq ko‘rsatgan aks etgan.
Lug‘atshunos lug‘at tuzishda o‘rta asr qomuschiligining eng yaxshi an’analaridan foydalangan. Har bir so‘z haqida uch xil ma’lumot qoldirilgan: 1) so‘zning tovush tuzilishi; 2) uning ma’nosi; 3) grammatik xususiyati. Grammatik izohdan sung etimologik izoh o‘rin oladi. Masalan, "Badoyi al-lug‘at" da adash so‘zining etimologiyasi haqida gapirib, aslida addash bo‘lgani, keyinchalik bir "dol" tushib qolganini ta’kidlaydi.
“Lug‘ati Navoiy”. 1990 yilda navoiyshunos olima S.G‘aniyeva Tehron universiteti markaziy kutubxonasi bilan tanishish jarayonida fanda ma’lum bo‘lmagan o‘zbekcha - turkcha («Lug‘ati Navoiy») qo‘lyozmani aniqladi. Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan bu lug‘at 70 betdan iborat bo‘lib, chiroyli nasta’liq xatida bitilgan. Lug‘at oxirida tuzuvchining ismi sharifi va asar tarixi aniq ko‘rsatilgan: Rajab ibni Muhib Ali. Shomlu. tarixi 1599 yil.
Ushbu lug‘at arab - fors alifbosi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, unda Alisher Navoiy asarlaridagi mingga yaqin so‘z turkcha, ixcham, sodda izohlangan.
Lug‘at 24 harfga bo‘lingan. Har bir harfga 20 tacha misol keltirilgan.
“Lug‘ati Turkiy”. Boburiylar Hindistonda hukmronlik qilar ekanlar, o‘z ona tili – o‘zbek tillarini imkon boricha saqlab qolishga harakat qildilar. Ular o‘z ona tillarini unutib yubormaslik maqsadida olimlarga turli qo‘llanma va lug‘atlar tuzishni buyurdilar.
Shoh Jahonning o‘g‘li Avrangzeb buyrug‘i bilan Fazlullaxon Barlos tomonidan tuzilgan «Lug‘ati Turkiy» ham Britaniya muzeyida saqlanmoqda.Fazlullaxon Barlos lug‘atdagi so‘zlarni joylashtirishda o‘zbek tilining ichki xususiyatlari kelib chiqadi. Fe’llarni 13 harfga, ismlarni 18 harfga bo‘ladi. Arab - fors tillariga xos je, ze, itqi, izg‘i, zod, sod kabi harflar bilan boshlanuvchi so‘zlarga misollar berilmagan.
Lug‘atning I qismida o‘zbek tilidagi so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar haqida umumiy ma’lumot, II qismida eski o‘zbek tilida ko‘p ishlatilgan fe’llar, III qismida ot turkumidagi so‘zlar, IV qismida qabila, meva, g‘alla, hasharot, hayvonot olamiga oid so‘zlar guruh - guruh qilib berilgan.
“Kelurnoma”. Yuqorida ta’kidlanganidek, Boburiylar davrida turkiy tilini o‘rganishga katta ehtiyoj turli lug‘atlarning yaratilishiga sababchi bo‘ldi. Ana shunday ehtiyoj asosida Abu Muzaffar Muhitdin Avrangzeb (1658-1707 yillar) saroyida xizmat kilgan Muhammad Yoqub Chingiy "Kelurnoma" asarini yaratdi.
Lug‘at 15 bobdan va 332 fasldan iborat. Ulardan 14 bobi arab alfaviti asosida joylashtirilgan 400 dan ortiq fe’llarni izohlashgan bag‘ishlanadi.
Mavzu: Vahob Rahmon matnshunos olim sifatida
Reja:
1. Vahob Rahmon " Matn haqiqati" maqolasi haqida
2. Olim bilan suhbat
VAHOB RAHMONOV. MATN HAQIQATI
Matnshunoslik, ya’ni matn haqiqatini tiklash muammosi ”O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining doimiy mavzularidan. Darhaqiqat, adabiy merosimizni o‘rganish va munosib tarzda chop etish hamma vaqt dolzarb vazifa sanaladi. Shu ma’noda gazetada (”O‘zAS”, 2010 yil, 2-iyul) e’lon qilingan ”Matnshunoslik davr talablari darajasidami?” nomli davra suhbatida aytilgan mulohazalar, istak va takliflar, avvalo, bu soha mutaxassislarini befarq qoldirmasligi tayin.
Kamina ham yarim asrdan beri shu sohaga qiziqib, qo‘limdan kelgancha mumtoz adabiyotimiz namunalarining matn saviyasini yaxshilashda ikki yo‘nalishda mehnat qilaman: birinchisi, u yoki bu mumtoz asarning bizdagi nashrlaridan ko‘nglim to‘lmasa, o‘zim o‘sha asarlarni arab yozuvidan boshqatdan nashrga tayyorlayman.
Bizningcha, matnshunoslikda ”kichik xatolarni izlash” maydi ishga kirmaydi, aksincha, kuchimiz, tajribamiz ana shu “kichik xatolar”ni topishda ko‘rinadi. Matn haqiqatini tiklashda, mumtoz adabiyotimiz namunalarini nashr etishda har bir belgi, harf, so‘z mutaxassisning ziyrak nazaridan o‘tsagina ”ulkan ish”ning muvaffaqiyatini ta’minlash imkoni tug‘iladi.
Chunonchi, Alisher Navoiy ”Lison ut-tayr” dostoninig ikki nashri (1992 yili kirildi, 2005 yili lotin yozuvida, ”Xamsa”ning besh dostoni (2006 yili lotin yozuvida); ikkinchisi, boshqa olimlarimiz nashrga tayyorlagan asarlarga mas’ul muharrirlik qilaman. Chunonchi, ”O‘zbek adabiyoti bo‘stoni” turkumidagi kitoblarning to‘qqiztasi, Mashrab ”Devoni”i singari nashrlar mening tahririmda chiqdi.
Matshunoslik yutug‘i — asarning tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni hisoblanadi. Bu nusxa ilmdagi nuqta qo‘yilgan so‘nggi so‘z demakdir. Nashrda endi shunga amal qilish kerak, xolos.
Doston matnini ilmiy tadqiq etib, ko‘plab mo‘‘tabar nusxalardagi har bir so‘zni bir-biriga taqqoslab ilmiy- tanqidiy matn tuzgan olim G‘ulom Karimov o‘zining mehnati xususida shunday yozadi: ”Alisher Navoiyning ”Layli va Majnun” dostonini nashrga tayyorlashda ...1945 yilda kandidatlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilingan dostonning ilmiy-tanqidiy matni asos qilib olindi.
Mavzu: XX asr boshlarida Turkistonda matbaachilik rivoji
Reja:
1. XX asr boshlarida matbaachilik
2. XX asr matbaachiligida jadidlarning roli
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Xiva xonligi madaniy va ijtimoiy hayotida muhim rol oynagan Muhammad Rahimxon II kutubxonalar tashkil etgan hamda qolyozma manbalarni asrash va kopaytirishga katta ahamiyat qaratgan. Q. Munirov qayd etganidek, boshqa Xiva hukmdorlaridan farqli olaroq Muhammad Rahimxon II oz zamonining shoiri bolgan. U tarixiy, adabiy asarlarni sevgan va ularni koplab kochirtirgan hamda saroyga toplagan. Muhammad Rahimxonning ikkita kutubxonasi bolib, biri qishki qarorgoh Ark ichkarisida, yana biri yozgi qarorgoh shahar tashqarisida Tozabog saroyida joylashgan edi. Bu kutubxonalarda ixcham kataloglar tuzilgan, kitoblarning muqovalariga ularning nomlari bitilgan yorliqlar yopishtirilgan. Xiva xoni Feruzning asosiy maqsadi nodir asarlar nusxalarini kopaytirish orqali qolyozmalarni asrash edi.
Samarqand, Buxoro, Qoqon, Andijon, Margilon kabi shaharlarda keyinchalik rivoj topgan matbaalar ozaro bir-biridan keskin farqlanmaydi. Lekin shunga qaramay ularning ayrim tomonlari, jumladan, nashr etish texnikasi va sifati, asosan chop etgan asarlari mavzu kolami bilan turlicha bolgan.
XIX asrning oxiri XX asrning boshidagi toshbosma nusxa tayyorlash jarayonida olib borilgan amaliy ishlar ozbek matnshunosligi rivojlanish tarixida haqli ravishda muhim orin egallaydi.
Alisher Navoiy Xamsa asari nasriy bayoni 1908 yili Toshkentda nashr etilgan edi. Nasri Xamsa”i benazir deb nomlangan bu kitobning kotibi Rahmatulloh Abdushukur oglidir. Mullo Mir Maxdum ibn Shohyunus kitobga noshirlik qilgan. Etiborlisi, M. Hakimov togri takidlaganidek, agar osha vaqtdagi noshirlarning Navoiy asarlaridan juda yaxshi xabardor bolganligini nazarda tutsak, Xamsa dostonlari nasriy variantini noshirning ozi Mirmaxdum ibn Shohyunus tayyorlagan.
Ozbek matnshunosligining otgan asr avvalidagi rivoji shu bilan yana ahamiyatliki, bu davrda amalga oshirilgan ishlar keyingi matnshunoslik ishlari uchun tayanch manba boldi. Jumladan, P. Shamsiev Alisher Navoiy Xamsa asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda olti asos qolyozmadan tashqari asarning 1880 yildagi Xiva litografik nusxasiga ham murojaat etganligini yozadi.
Adabiyotshunos va xattot Ashurali Zohiriy tomonidan Navoiy asarlarining bazilari nashrga tayyorlangan. U Navoiyning Muhokamat ul-lugatayn, Vaqfiya asarlari ustida izlanishlar olib borgan va bu asarlarni toshbosma nashrga tayyorlaydi. Muhokamat ul-lugatayn asari Qoqonda Vayner matbaasida 1336G1917 yili chop etiladi.
Bu litografik nashr asarning toliq matnini bermaydi. Asar matnida xatoliklar va erkin tuzatishlarga yol qoyilgan. Ammo keyingi Muhokamat ul-lugatayn asari solishtirma matnini yaratishda matnshunoslar A. Usmonov va P. Shamsiev bu nashrdan kerakli orinlarda foydalanishgan. Matnshunoslar Parij(1841) nashrini asos qilib olib, Istanbul(1895) va Qoqon(1917) litografik nashrlari bilan solishtirib, ularda uchragan xato, tushib qolgan orinlarni tola ravishda korsatishga harakat qilishgan. Soz va jumlalardagi farqlar ilmiy apparatda korsatilgan.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling