O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Download 1.09 Mb.
bet5/14
Sana09.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1448441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Жумаева Нигора курс иши (2)

Nutq apparatining tuzilishi
1-bosh miya; 2-burun bo‘shlig‘i; 3-qattiq tanglay; 4-og‘iz bo‘shlig‘i; 5-lablar; 6-tishlar; 7-til uchi; 8-til orqasi; 9-til ildizi; 10-kichik tilcha; 11-halqum; 12-hiqildoq; 13-traxeya; 14-o‘ng bronx; 15-o‘ng o‘pka; 16-diafragma; 17-qizilo‘ngach; 18-umurtqa; 19-orqa miya; 20-yumshoq tanglay.


1

Nafas bo‘limiga ko‘krak qafasi, bronxlar va traxeya kiradi. Nutqni talaffuz etish nafas olish bilan uzviy bog‘liqdir. Hytq nafas chiqarish fazasida hosil bo‘ladi. Nafas chiqarish jarayonida havo oqimi bir vaqtning o‘zida tovush hosil qiluvchi va artikulyasion funksiyani bajaradi. Uzoq nafas chiqarish uchun ko‘p havo zahirasi kerak bo‘ladi. Shuning uchun nutq jarayonida havo olish va chiqarishning hajmi ko‘payadi (tahminan 3 marta) va, bundan tashqari, havo oqimining bosimi ham ortadi. Ovoz bo‘lim i xiqildoq va unda joylashgan ovoz paychalaridan tashkil topadi. Xiqildoq bo‘yinning oldingi qismida joylashgan. U havoning traxeyaga o‘tishini ta’minlaydi va unga qattiq, suyuq moddalar tushishiga to‘sqinlik qiladi. Xiqildoq gapirganda, yo‘talganda, ashula aytganda oson harakatlanadi. Xiqildoq toq uzuksimon, shoxsimon va juft cho‘michsimon, shoxsimon tog‘aylardan tashkil topadi. Xiqildoqda ovoz paychalari joylashgan bo‘lib, ular nafas olganda, qattiq yoki sekin gapirganda muayyan holatni egallaydi. Chiqarilayotgan havo oqimi ovoz paychalarini tebratadi. Bu tebranishlar ovoz tovushlarini hosil qiladi. Ovoz kuch, balandlik va tembrga ega. Ovoz kuchi ovoz paychalari tebranishining amplitudasiga (kengligiga) bog‘liq. Ovoz paychalari tebranishining amplitudasi havo bosimining kuchiga, ya’ni ovoz nafas chiqarish kuchiga bog‘liq. Shuningdek rezonator bo‘shliqlar – tomoq, og‘iz va burun bo‘shliqlari ham tovushni kuchaytirishda qatnashadilar. Rezonator bo‘shliqlarning katta-kichikligi va shakli, shuningdek xiqildoqning o‘ziga xos tuzilishi ovozning individual ohangiga, ya’ni tembriga ta’sir qiladi. Aynan ovoz tembriga qarab, biz odamlarni ovozidan tanib olamiz. Ovoz balandligi ovoz paychalari tebranishining chastotasiga bog‘liq. Ovoz paychalari qancha uzun va yo‘g‘on bo‘lib, qancha kam kuchlansa, ovoz tovushi shuncha past bo‘ladi. Artikulyasion bo‘limning asosiy a’zolari: til, lablar, jag‘ (yuqori va pastki), qattiq va yumshoq tanglay, alviolalar. Ulardan til, lab, yumshoq tanglay va pastki jag‘ aktiv, qolganlari passiv organlar hisoblanadi.


Artikulyasion bo‘limning asosiy a’zosi tildir. Jag‘larning yopiq holida (jag‘lar bir-biriga tegib turganda) u deyarli butun og‘iz bo‘shlig‘ini to‘ldib turadi. Til uch qismga bo‘linadi: old, o‘rta va orqa. Tilning opqa qismi kam harakat bo‘lib, til ildizi deb ataladi. Til tovushlarning hosil bo‘lishida yetakchi o‘rin tutadi, u hamma unli va deyarli hamma undosh tovushlarning (lab tovushlaridan tashqari) hosil bo‘lishida qatnashadi. Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida pastki jag‘, lablar tish, yumshoq va qattiq tanglay, alveolalar ham ishtirok etadi.Nutq tovushlarining balandligi va aniqligi rezonatorlar tufayli xosil qilinadi. Rezonatorlar nadstav nayida joylashgan. Nadstav nayi xiqildoqdan yuqorida joylashgan xalqum, og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘idan iborat.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling