O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Download 1.09 Mb.
bet3/14
Sana09.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1448441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Жумаева Нигора курс иши (2)

Annotatsiya

Mazkur kursni tugatish ishining mavzusi “Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan logoritmik mashg`ulotlarning yosh xususiyatlar bilan bog`liqligi” deb nomlangan bo’lib, u 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa,foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat. Kursni tugatish ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o’rni, ahamiyati batafsil yoritilgan, maqsad va vazifalari bayon etilgan hamda amaliy ahamiyati keltirilgan. Birinchi bobda muаmmoning oʼrgаnilishining ilmiy vа nаzаriy аsoslаri, maktabgacha yoshdagi bolalarda tovushlar talaffuzining o’ziga xos xususiyatlari, nutq apparatining tuzilishi, duduqlanish nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar haqida yoritilgan. Kursni tugatish ishining ikkinchi bobida maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan logoritmik mashg`ulotlarning yosh xususiyatlar bilan bog`liqligi, metodikalar shuningdek, xulosa, adabiyotlar ro’yhati berilgan.



Kirish
Nutqning to‘g‘ri tarkib topishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muxiti va ta’lim – tarbiyaga bog‘liq. Lekin, ba’zi sabablar tufayli bola nutqi rivojlanmaydi, orqada qoladi. Insoniyat rivojlanishining eng muhim omillaridan biri nutqdir. Nutq vositasida kishilar bir-biri bilan o‘zaro aloqa bog‘laydi, o‘z fikrini izhor qiladi. Biroq nutq kamchiliklari bu jarayonga to‘sqinlik qiladi va, pirovard natijada, shaxsning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun nutq kamchiliklarini aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish va oldini olish defektologiyaning barcha sohalari (logopediya, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika va surdopedagogika) uchun dolzarbdir, chunki rivojlanishida u yoki bu nuqsoni bo‘lgan har bir bolada nutq nuqsoni ham uchraydi. Nutq buzilishlari o‘z-o‘zidan bartaraf etilmaydi. Bu uzoq davom etadigan korreksion-logopedik va tarbiyaviy rivojlantiruvchi ishlarni talab qiladi. Nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarga korreksion-logopedik ta’sir ko‘rsatish ishini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, nutq faoliyatidagi buzilishlarning sabab va mexanizmlarini, nutq buzilishlarining rivojlanishi va ularni bartaraf etish qonuniyatlarini, shuningdek nutq organlarining normada va patologiyada rivojlanish holatini chuqur bilish talab qilinadi. Jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni bо’lgan bolalarni ijtimoiy qо’llabquvvatlash ta‘lim tarbiya tizimi va mazmuni davr talabi darajasida takomillashtirish ularni kasb-hunarga о’rgatish, sog’lom jamiyatda integrallash masalasiga davlatimiz tomonidan jiddiy e‘tibor qaratilmoqda. Alohida ehtiyojli bolalari ilk yoshdan ta‘limga tayyorlash psixologik-tibbiy pedagogik yordamlarni kompleks yо’naltirilgan holda olib borish masalalariga kо’proq e‘tibor berilmoqda. Bola nutqidagi kamchiliklar о’zgalar nutqini tushinishdagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqatda bо’lishi о’z tengqurlariga qо’shilib ketishini qiyinlashtiradi. Nutq tafakkur kо’ra olish bо’lganligi sababli bola ulg’aygan sari atrof muxitdagi tasavvurlari shakillanadi va uni aks ettirish sо’z lug’ati orqali takomillashib boradi. Nutqning rivojlanishda ta‘lim-tarbiya ijtimoiy hamda biolagik omillarning ta‘siri ham kattadir. Buyuk mutaffakirlarimiz Yusuf Xos Hojib odob, axloq ta‘lim-tarbiya hamda ma‘naviy kamolotning yо’l-yо’riqlarini qomusiy asari ― Qutadg’u-blig asarida bilim zakovat soxibi bо’lishining asosiy kalitini til bayon qiladi. Til tufayli kishi о’z bilimi, aql idrokini, zakovotini til, sо’z orqali bildiradi degan fikrlaini uqtiradil. Nutqning buzilishi nutq uchun mas'ul bo'lgan miya mintaqalarining yomon rivojlanishi yoki buzilishidan kelib chiqadi, bu sabablar intrauterin rivojlanish davrida yoki bolaning hayotining dastlabki yillarida bu hududlarni yo'q qilishdir. kelib chiqishiga sabab bо’ladi. Masalan, ayrim sо’zlarning notо’g’ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qо’yishi bilan birga uni atrofdagilar bilan muomala qilishda qiynab qо’yadi, u gapirganda о’z fikrini tо’la anglata olmaydi. Nutq kamchiliklarining og’ir turlariga duduqlanish nutq nuqsoni kiradi


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling