O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Download 1.09 Mb.
bet6/14
Sana09.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1448441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Жумаева Нигора курс иши (2)

Qayta aloqa tushunchasi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, markaziy nutq apparati tomonidan keladigan nerv impulslari periferik nutq apparati a’zolarini harakatga keltiradi. Lekin shu bilan birgalikda qayta aloqa ham mavjud. Bunda signallar tashqaridan markaziy nerv sistemasiga boradi. Bu qanday amalga oshiriladi? Bu aloqa ikki yo‘nalishda: kinestetik va eshituv yo‘li orqali o‘z funksiyasini bajaradi.
Nutq faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirish uchun uni nazorat qilish zarur. Bu nazorat eshitish va kinestetik sezish orqali amalga oshiriladi. Bunda nutq a’zolaridan bosh miya qobig‘iga keluvchi kinestetik sezgilar asosiy rolь o‘ynaydi. Aynan kinestetik nazorat tovush talaffuzidagi xatoni oldindan (ya’ni tovush talaffuz etilmay turib) bartaraf etish imkonini beradi. Eshituv nazorati esa faqat tovush talaffuzi vaqtida amalga oshiriladi. Eshituv nazorati orqali inson o‘z talaffuzidagi kamchiliklarni sezadi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun artikulyasiyani to‘g‘rilash va uni nazorat qilish kerak. Qaytish impulslari nutq organlaridan markazga yo‘naladi va bu yerda nutq organlarining qay holatida xato (kamchilik) sodir bo‘lgani nazorat qilinadi. So‘ng markazdan aniq artikulyasiyani hosil qiluvchi impulslar yuboriladi. Shundan so‘ng erishilgan natija haqida markazga yana qaytish impulsi boradi. Bunday holat artikulyasiya va eshitish nazorati bir-biriga mos kelmagunga qadar davom etadi. Qayta aloqa xuddi doira bo‘yicha o‘z funksiyasini bajaradi deyish mumkin. Bunda impulslar markazdan periferiyaga va periferiyadan markazga tomon intilishda davom etadilar.Shunday qilib, qayta aloqa amalga oshiriladi va ikkinchi signal sistemasi shakllanadi. Qayta aloqa sistemasi nutq organlari ishining avtomatik boshqariluvini ta’minlaydi. Markaziy nerv sistemasining organik lat yeyishi bog‘liq nutqdagi kamchiliklar, odatda bolaning nerv-psihologik o‘sishdagi og‘ishlar bilan bog‘liq boladi. Bu hol ko‘proq intellektual, ba’zan his tuyg‘uli va qattiqqo‘llik doirasida kuzatiladi. Nutq kamchiligining ko‘plab ko‘rinishlari bosh miyaning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, natijada u qadar ko‘zga tashlanmaydigan ko‘rinishlarda (harakatdagi nuqsonlar, hotiraning bo‘shligi, diqqat va hulqdagi kamchiliklar, Nutqning turli hil buzilishlari) ko‘rish mumkin. Nutq kamchiliklarini tahlilqilish vaqtida logoped bola sog‘lig‘ining umumiy holati, harakat qismlari, ko‘rish, yeshitish organlari, intellekt (aqliy) darajasi, tana tuzilishlariga diqqat qilishi kerak. Nutq kamchiliklarining ko‘p ko‘rinishi (ayniqsa, nevrotik holatlardagi) bolalarning tug‘ma nevropatik holati bilan bog‘liq boladi. Bunday bolalar yoshligidanoq barcha tashqi ta’sirlardan tez aziyat chekishadi, ularning nerv sistemasi, shakllanishiga ta’sirini ham o‘rganish kerak. Masalan, bolaning markaziy nerv sistemasining lat yeyishi (zararlanishi) oqibatida nutq apparati muskullarning harakatlanishi ham buzilishi mumkin. Bu narsa artikulyasiyasidagi (nutq bilan bog‘liq organlarning harakati) cheklanishga olib va fikrni ifodalash jiddiy qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Biroq, nutq nuqsoni bu bilan cheklanmaydi. Tovushlarni chiqarishdagi qiyinchiliklar nutqni qabo‘lqilish organlarining faoliyatiga ta’sirqiladi. Chunki, nutqni hosilqilish va yeshitish analizatorlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik tufayli, bu jarayon ham sekinlik bilan kechadi. Tovushlarni noaniq qabo‘lqilish o‘z navbatida so‘zning tovush holatini shakllantirishning sekinlashuviga sabab boladi. Bu narsa o‘z navbatida yozma hatni o‘zlashtirishda qiyinchiliklar tug‘diradi, ya’ni, tilning lug‘at qismining sekinlik bilan o‘sishiga, nutq hotirasining bo‘shligiga sabab boladi. Bolaning nutq faoliyatidagi cheklanishi so‘zlarni qiynalib ifodalashga olib kelishi mumkin. Nutq nuqsonlarini rivojlanish nuqtai nazardan tahlilqilish – yetakchi nuqsonni va u bilan bog‘liq ikkilamchi buzilishlarni ajratib olish imkonini beradi. Nutq nuqsonlari diagnostikasida bu juda muhim ahamiyatga yegadir. Sistemalilik tamoyili til haqida murakkab funksional sistema to‘g‘risidagi tushunchaga tayanadi. Uning tuzilish komponentlari o‘zaro chambarchas aloqada boladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanishi jarayonlarini va buzilishini tuzatishni o‘rganish nutq qurilishi sistemasining barcha komponentlariga, barcha tomonlariga ta’sir yetishini nazarda tutadi. Nutq buzilishlarining o‘hshash turlarini logopedik hulosalash, tabaqalashtirib diagnostikalash uchun nutqli va nutqsiz belqilarni, tibbiy, psihologik, logopedik jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasi va nutq rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi muhim jihatlarni tuzatish nuqtai nazaridan tahlilqilish zarur boladi. Bunday hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksli, tibbiy-psihologik-pedagogik hususiyatga yega bo‘lishi kerak. Nutq buzilishlarini o‘rganish va tuzatishda komplekslilik tamoyili muhim o‘rin tutadi va anomal bolalar rivojlanishining umumiy va o‘ziga hos qonuniyatlarini hisobga olish muhim hisoblanadi. Rivojlanish tamoyili, shuningdek bolaning yaqin rivojlanishi doirasidan o‘rin olgan ma’lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarni logopedik ish jarayoniga ajratishni ham ko‘zda tutadi. Nutqi buzilgan bolalarni tekshirish, shuningdek ular bilan olib boriladigan logopedik ishni tashkilqilish bolaning yetakchi faoliyatlarini (predmetli-amaliy, o‘yin, tashkiliy) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Tuzatish – logopedik ta’sir metodikasini ishlab chiqish nutq shakllari va vazifalari namoyon bo‘lish izchilligini, shuningdek bolaning ontogenezidagi (ontogenetik tamoyil) faoliyat turlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Logopediyada nutq normalari va uning buzilish tushunchasini farqlash muhimdir. Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning psihofiziologik mehanizmlari saqlangan boladi. Nutq buzilishlari gapiruvchi shahsning ma’lum til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati normal holda ishlayotgan psihofiziologik mehanizmlarning zaiflashuviga bog‘liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belqilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nutqiy muomalada ko‘zga tashlanadigan o‘zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum boladi.
Nutq buzilishlari quyidagi hususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • so‘zlovchining yoshiga nomuvofiqlik hususiyati;

  • shyevachilik, nutqiy savodsizlik, til bilmaslikning ifodasi bo‘lmagan hususiyatlar;

  • nutqning psihofiziologik mehanizmlaridagi chyetlashish bilan bog‘liq bo‘lgan hususiyatlar;

  • o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydigan, balki mustahkamlanadigan barqaror hususiyatlar;

  • nutq buzilishining haraktyeriga bog‘liq holda mustahkamlanadigan barqaror hususiyatlar;

  • bolaning kyeyingi psihik rivojlanishiga tyez-tyez salbiy ta’sir o‘tkazadigan hususiyatlar.

Bunday tarif nutq buzilishlarini nutqning yoshga bog‘liq hususiyatlaridan, uning bolalarda va kattalarda vaqtinchalik buzilishidan; nutqning tyerritorial dialyektli va ijtimoiy -madaniy omillari bilan bog‘liq hususiyatlaridan farqlash imkoniyat yaratadi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling