Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 222.09 Kb.
bet7/11
Sana18.06.2023
Hajmi222.09 Kb.
#1587010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'roqova Safargul

Kislota xossalari. Alkanlar va alkenlardan farq qilib, asetilen kislota xossalariga ega, uning vodorodli metallariga almasinish xususiyatiga ega. Masalan, asetilenni kumush yoki mis tuzlarining ammiakdagi eritmasidan o’tkazilsa, asetilenidlar cho’kmaga tushadi:

HC = CH + 2AgOH → Ag – C = C – Ag + 2H2O


HC = CH + CuOH → Cu – C = C – Cu + 2H2O
Mis va kumush asetilenidlar zarba ta’sirida portlaydi. Kalsiy karbid ham asetilenid hisoblanadi.
Kislotalar ta’sirida asetilenidlardan asetilen ajralib chiqadi:

Ag – C = C – Ag + 2HCl → 2AgCl + HC = CH



Asetilenning kislotalilik xossasini C H bog‘ining etan va etendagidan ko’ra kuchliroq qutblanganligi bilan izohlanadi. Alkanlar, alkenlar va alkinlardagi C H bog’larining farqlanishi C C bog’ining tavsifiga bog’liq.
Modda tuzilishining zamonaviy nazariyasiga ko’ra uglerod atomining s orbitali σ-bog‘ hosil bo‘lishiga qanchalik ko‘p hissa qo‘shsa, elektron juftini shunchalik tortadi va C – H bog‘ining qutbligi ham ortadi. Shuning uchun asetilendagi C – H bog‘ining qutbligi alkan va alkenlardagidan kuchli bo‘ladi.
σ-bog‘ hosil bo‘lishida s – orbitalning hissasi alkanlarda 25% (p-orbitallar 75%), alkenlarda 33% (p-orbitallar 67%), alkinlarda 50% (p-orbitallar 50%) ni tashkil etadi.
2.2. To’yinmagan uglevodorodlarning xossalari
Oddiy sharoitlarda quyi alkenlar C2 C4 gaz, C5 C17 suyuqlik, undan yuqori molekulyar alkenlar esa qattiq moddalardir.
Quyi alkenlarning ayrim xossalari 1-jadvalda keltirilgan.
Kritik harorat ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, quyi harorat va yuqori bosimda etilenni suyuq holatga o’tkazish mumkin. Boshqa alkenlar esa bosim ostida suv bilan sovitish orqali suyuladilar. Neftni qayta ishlash sanoat jarayonlarida alkenlar alkanlar bilan aralashma holida olinadilar. Ularning xossalari sezilarli farqlanadi va shu bois, individual birikmalarni ajratishda va ajratib olishda ishlatiladi. Normal tuzilishli 1 alkenlar mos alkanlarga nisbatan pastroq qaynash va erish haroratlariga ega, biroq pentan va 1 pentenlar misolida (2-jadvalga qarang) yuqoriroq zichlik va sindirish ko’rsatkichiga egadirlar.


Download 222.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling