O’zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta`lim tashkilotlari deriktori va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Download 115 Kb.
bet4/4
Sana22.06.2023
Hajmi115 Kb.
#1648685
1   2   3   4
Bog'liq
matimatika mustaqil iw Umarova O`g`iloy

"Bozor-bozor" o‘yini
Maqsad: Suyuq va sochiluvchi jismlarning hajmini shartli o‘lchov birligi bilan o‘lchash malakalarini mustahkamlash.
Bolalar uch guruhga bo‘linadilar.
Birinchi guruh «sotuvchilar» bo‘ladi, qolgan ikki guruh «xaridorlar» bo‘ladilar. «Sotuvchi» bo‘lgan otti nafar bola qumlarni o‘z oldilariga to‘p qilib uyib oladilar. O‘lchov birligi sifatida o‘yinchoq piyola, belkurakcha, cho‘mich, qoshiq yoki chelakchalardan foydalanadilar. O‘yin qoidasi: Etgi nafar bola «sotuvchi» sifatida o‘z qumlarini "un", "guruch", "tuz", "no‘xat", "loviya", "mosh", "choy" deb nomlab oladilar. "Kelib qoling, unga, bir chelagi 100 so‘m"
"Kelib qoling tuzga, bir qoshig‘i 50 so‘m" deb «xaridorlar»ni chaqiradilar. «Xaridorlar» «sotuvchi»lardan xohlaganining oldiga borib narsalarni savdolagpadi va qancha olishini aytadilar. «Sotuvchilar» ular tanlagan narsani o‘lchab beradilar. «Xaridorlar» o‘lchov birligidagi moddani to‘liq o‘lchanishiga e’gibor berishlari kerak. Ya’ni idishlar to‘la bo‘lishi zarur. Bolalar o‘lchovni sanab boradilar. Bolalar o‘ynab bo‘lganlaridan keyin qo‘llarini yuvadilar.
Butun va qismlar” o‘yini
Maqsad: Narsalarni butun va qism haqidagi tushunchalarni mustahkamlash, qismlardan butun yasash malakalarini berish.
Har bir bolaning qo‘liga butunning 2 dan bir yoki 4 dan bir qismi beriladi. Bolalar bir-birlarining oldiga borib qismlarni birlashtirib ko‘rib qismlardan butun yasashadi. Keyin mana shu butun shakllar va qismlar yordamida o‘zlari ijod qilib turli narsalarni yasaydilar. Masalan: uycha, kemacha, raketa, shkaf va h.k.

Bolalar yasab bo‘lganlaridan keyin tarbiyachi ularga savol beradi:


1. Uychani yasashda nechta butun shakldan va nechta
qismlardan foydalandingiz?
2. Kemani yasashda nechta butun shakl va nechta qismlardan
foydalandingiz?
Mashg‘ulot yakunida barcha bolalarni rag‘batlantirish.


Bolalar uchun amaliy ish.
Maqsad:Narsalarni 2, 4, 8 ta teng bo‘lakka bo‘lish va natijasini yarim, chorak (to‘rtdan bir), iimchorakta (sakkizdan bir) kabi atalishini bilishga o‘rgatish

Bolalar stuliga har bir bolaga 3 tadan doira, qaychi qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalarga doira shaklini teng ikkiga buklab, buklangan joylarini barmoqlari bilan tekislashlarini aytadi.


Tarbiyachi: Mana qaranglar, bolalar, bu aka —uka Hasanboy va Husanboylarning kulchasiga o‘xshar ekanmi? Kelinglar, biz ham uni yarimtaga bo‘lib ko‘raylik.

Bolalar doirani o‘rtasida hosil bo‘lgan chiziq bo‘ylab qaychida


qirqadilar. Keyingi, doirani avvalo ham ikkiga buklab, qog‘ozni yozib, chiziqlariga e’tibor qaratiladi. Buklangan qog‘ozni yana ikkiga buklab qaychida qirqadilar. So‘ng butun, yarimta, choraktani ustma— ust qo‘yib, chorak nimaligini bilib oladi.
Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling