Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’lim tashkilotlarida oʻtkaziladigan “Mustaqillik darsi” va mashg‘ulotni tashkil etishda foydalanish uchun tavsiya etiladigan namunaviy


Download 42.69 Kb.
bet3/5
Sana14.09.2023
Hajmi42.69 Kb.
#1678011
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqillik darsi 5-11

Darsning bosqichli jadvali:





Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Oʻquvchilarning bilimlarini takrorlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

4

Mustahkamlash

20 daqiqa

5

Dars yakuni va oʻquvchilarni baholash

5 daqiqa

6

Uyga topshiriq berish

2 daqiqa

Darsning borishi
Tashkiliy qism: salomlashiladi, oʻquvchilar davomati aniqlanadi, sinf xonasining tozaligi va oʻquvchilarning darsga tayyorgarlik holati koʻzdan kechiriladi, sinf qatorlari boʻyicha yetakchi sardorlar belgilab olinadi.
Oʻquvchilarning bilimlarini takrorlash: oʻquvchilarning dastlabki bilimlarini takrorlab olish maqsadida quyidagi tarqatma savollar bilan murojaat qilinadi (yosh darajasiga koʻra savollar berilgani ma’qul).

  1. Oʻzbekiston qachon mustaqil davlat deb e’lon qilingan?

  2. “Mustaqillik” soʻzining ma’nosini bilasizmi?

  3. Davlat ramzlarimiz haqida soʻzlab bering.

  4. Ma’rifatparvar shaxslardan kimlarni bilasiz?

  5. Soʻnggi yillarda olib borilgan islohorlarni ayting.

  6. Yangilangan Konstitutsiyada qanday oʻzgartirishlar kiritildi?

  7. Oʻz huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?



Yangi mavzu bayoni: Vatanimiz 1991-yilning 31-avgustida mustaqil davlat ekanligi e’lon qilindi. Shu kundan e’tiboran 1-sentabr “Mustaqillik kuni” bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Asrlar davomida ota-bobolarimiz mustaqillikka erishishni va kelajak avlodni bilim egallashini orzu qilgan.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, XX asr boshlariga kelib milliy ma’rifatparvarlar harakati – jadidchilik harakati vujudga keldi. Jadidlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab yangi usuldagi maktablar ochdi. Jadidlar maktablarda yoshlarni tarbiyalab, ular orqali Turkistonda mustaqil davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surganlar. XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy­ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi.
Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» ­ deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi bo‘lgan. Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi.
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878–1931) – Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri. U jadid maktablari ochilishining tashabbuskori va amaliyotchisi, milliy gazeta va jurnallar asoschisi, muharriri hamda jadid teatri targ‘ibotchisi bo‘lgan.
Munavvarqori maktablar uchun «Adibi avval», «Adibi soniy», «Yer yuzi» kabi darsliklarni yaratdi.
Jadidchilik harakati namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy 1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida tug‘ildi. U maktab va madrasada ta’lim olib, o‘z zamonining ma’rifatli va chuqur bilimga ega insonlaridan biriga aylandi. Avloniy o‘lkada ta’lim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos soldi. O‘zi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy kabi boshqa milliy taraqqiyparvarlar ham ma’rifatparvarlik faoliyatini olib borib, yangi maktablar, xayriya jamiyatlari, kutubxona va kitob do‘konlari ochdilar.
Turkiston jadidchilik harakatining namoyandalari jaholat, bilimsizlik, madaniyatsizlikni qoralaganlar.
Turkiston taraqqiyparvarlari XX asrning boshlarida dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar. Bu davrda xorijda faoliyat yuri tayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini tahlil qildilar. Keskin vaziyatda taraqqiyparvarlar mahalliy xalqning tinchliksevarligi, bosiqligidan kelib chiqib, barcha muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishga intildilar.

Sovet rejimi milliy rahbar xodimlarni qatag‘on qilish bilan birga maorif sohasidagi ziyolilarga ham tazyiq o‘tkaza boshladi. 1929- ­yil 5­-noyabrda Toshkentda ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 nafar kishi qamoqqa olindi. Oradan ko‘p o‘tmay qamoqqa olinganlar soni 87 kishiga yetdi. Ularga «Milliy Ittihod» va «Milliy Istiqlol» tashkilotlarining a’zolari degan ayb qo‘yildi. Tergov jarayoni keyinchalik Moskvaga ko‘chirildi. Bu holat sovetlarning milliy­ma’naviy hayotga zug‘umidan dalolat edi. 1931­-yil 25-­aprelda Moskvada bo‘lib o‘tgan sud majlisida Munavvar qori boshchiligidagi millatning 15 nafar fidoyisi bo‘lgan «Milliy Istiqlol» a’zolari otib o‘ldirishga, qolgan 72 nafar kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘zbek xalqining 15 nafar farzandi Moskva atrofida otib tashlandi. Qamoqdan ham deyarli hech kim Toshkentga qaytib kelmadi.


1937–1938-­yillarda to‘qib chiqarilgan soxta ayblar bo‘yicha O‘zbekistonda 41 000 nafardan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 000 nafardan ko‘prog‘i jazolandi, 6 920 nafar kishi esa otishga hukm qilindi. Faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchi, shoir va olimlardan 5 758 nafar kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 nafari otib tashlangan edi. Bu ma’lumotlar respublikamiz miqyosida qizil terror qanchalik keng miqyosda shafqatsiz ravishda amalga oshirilganligining yaqqol isboti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin qatag‘on qilinganlarning ko‘pchiligi huquqiy jihatdan oqlandi. Ularning pok nomlari tiklandi. Mustabid sovet rejimi davrida Bo‘zsuv kanali bo‘yida – millat fidoyilarining aksariyati otib tashlangan joyda – ularning xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatildi. Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi ochildi. Respublikamizning barcha hududlarida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining bo‘linmalari ochildi.

Yurtimiz mustaqillikka эrishgandan soʻng biz oʻzligimizni, qadriyatlarimizni, maʻnaviyatimizni teran anglay boshladik. Oʻzbek nomining shon-u shavkati, gʻururi dunyoga tanildi.


Ajdodlarimizning azaliy orzusi ushalib, yurtimiz mustaqillikni qoʻlga kiritganiga ham 32 yil toʻldi.


Download 42.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling