BOSHLANGʻICH SINFLAR
T/r
|
Mavzu nomi
|
Oʻquv soati
|
|
1.
|
Yangi Oʻzbekiston –Vatanim manim!
|
1
|
|
Jami:__1____YUQORI_SINFLAR'>Jami:
|
1
|
YUQORI SINFLAR
T/r
|
Mavzu nomi
|
Oʻquv soati
|
|
1.
|
Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!
|
1
|
|
Jami:
|
1
|
Mavzu: Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!
(5-11-sinflar uchun dars ishlanmasi)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: oʻquvchilarning ongi va shuuriga 1991-yil
31-avgustda qoʻlga kiritilgan milliy mustaqillik – XX asrda xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ma’naviy jasorat namunasi ekanligini, 2023-yildan boshlab vatanimizda, jumladan ta’lim sohasida yangi islohotlar davri boshlanganligi, uning mazmun-mohiyatini tushuntirish, mustaqilligimizning 32 yillik tarixi, buguni, ertasi haqida ma’lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad: Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, mustaqillik in’om etgan milliy davlatchilikni, oʻzlikni, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatni tiklash, qadimiy-milliy urf-odat va an’analarni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulugʻlash va faxr hissini, ertangi kun tayanchi va suyanchi boʻlgan yoshlar zamonaviy bilimlarni puxta egallashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligini singdirish, ular qalbiga bilimli, ma’naviyatli, ma’rifatli, komil insonlar boʻlib yetishish hissini singdirish hamda shu yurtning haqiqiy egasi ekanliklarini tushuntirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: axborotlar bilan ishlash, oʻz-oʻzini rivojlantirish, milliy va umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirgan holda istiqlol davrida erishilgan yutuqlar va ularning ahamiyati haqida bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish.
Dars turi: suhbat, munozara, savol-javob.
Dars usuli va metodi: “Aqliy hujum” metodidan foydalanish. Bunda mustaqillik yillarida erishilgan va hozirgi kunda erishilayotgan yutuqlar va kelgusida nimalarga erishishimiz kerak? Buning uchun bizlardan nima talab qilinadi? Nimalarga e’tibor berishimiz kerak? Fidoiylik, vatanparvarlik, bagʻrikenglik, komillik oʻzi nima, unga qanday erishamiz? kabi tezkor savol-javob orqali mavzu mohiyatini yoritishga hamda dars jarayonining faollashishiga yordam beradi.
Darsning jihozi: televizor, ekran, proektor, multimedia, bukletlar, Vatanni madh etuvchi qoʻshiq va musiqalar, kinolavhalar, slaydlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |