O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab
Download 276.69 Kb.
|
213-buyruq variativ 2023-2024906
- Bu sahifa navigatsiya:
- TA’LIM QOZOQ, QIRG‘IZ, TOJIK, TURKMAN TILLARIDA BO‘LGAN UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI UCHUN 2023-2024-O‘QUV YILIGA
- O‘zbek
- Davlat
- Informatika
- Biologiya ”
- Musiqa
- Jismoniy tarbiya ”
- Chaqiruvga
Harbiy vatanparvarlik yo‘nalishidagi tanlov sinfida “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” va “Jismoniy tarbiya” fanlari tanlov fanlari hisoblanadi. Harbiy vatanparvarlik yo‘nalishida tanlov fani sifatida belgilangan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” hamda “Jismoniy tarbiya” fanlari dars mashg‘ulotlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur fanga ushbu variativ o‘quv rejada majburiy fan sifatida ajratilgan soatlar bundan mustasno). O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 213-sonli buyrug‘iga 4-ILOVA TA’LIM QOZOQ, QIRG‘IZ, TOJIK, TURKMAN TILLARIDA BO‘LGAN UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI UCHUN 2023-2024-O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN VARIATIV O‘QUV REJALAR VA TUSHUNTIRISH XATI UMUMIY QOIDALAR Ta’lim qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun variativ o‘quv rejalar 7-8-9-10-11-sinflariga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu variativ o‘quv rejalar 7-8-9-sinflarda 17 ta yo‘nalishda, 10-11-sinflarda 18 ta yo‘nalishda joriy etiladi. Mazkur variativ o‘quv reja 2 qism (majburiy fanlar va tanlov fanlari)dan iborat. MAJBURIY FANLAR TUSHUNTIRISH XATITanlov sinflarida quyidagi majburiy fanlar o‘qitiladi: 7-8-9-sinflarda 16 ta, 10-11-sinflarda 10 ta umumta’lim fanlari majburiy fanlar sifatida o‘qitiladi. “Ona tili va adabiyot” fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi: 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soat “Ona tili” va 1 soat “Adabiyot” fani; 10-11-sinflarda haftasiga 1 soat “Ona tili” va 1 soat “Adabiyot” fani o‘qitiladi. “O‘zbek tili” fani 7-11-sinflarda haftasiga 3 soatdan o‘qitiladi. “Rus tili” fani 7-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi. 7 “Chet tili” fani 7-11-sinflarda haftasiga 3 soatdan o‘qitiladi. “Tarix” fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi: 7-8-9-sinflarda “O‘zbekiston tarixi” fani haftasiga 2 soatdan, “Jahon tarixi” fani haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi; 10-11-sinflarda “O‘zbekiston tarixi” fani haftasiga 1 soatdan, “Jahon tarixi” fani 1 soatdan o‘qitiladi. “Davlat va huquq asoslari” fani 8-9-sinflarda haftasiga 1 soat o‘qitiladi. “Tarbiya” fani 7-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi. “Matematika” fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi: 7-11-sinflarda “Algebra” fani haftasiga 3 soatdan, “Geometriya” fani 2 soatdan o‘qitiladi. “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 7-8-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 9-11-sinflarda 2 soatdan o‘qitiladi. “Fizika” fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi. “Kimyo” fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi. “Biologiya” fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi. “Geografiya va iqtisodiyot” faniga ajratilgan soatlar quyidagicha taqsimlanadi: 7-8-9-10-sinflarda 2 soatdan. Bunda, 8-9-sinflarda uchun 0,5 soatdan “Iqtisodiy bilim asoslari” faniga ajratiladi hamda 8-9-sinflarda “Iqtisodiy bilim asoslari” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi. “Musiqa madaniyati” fani 7-sinfda haftasiga 1 soat o‘qitiladi. “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi: “Tasviriy san’at” fani 7-sinfda haftasiga 1 soat; “Chizmachilik” fani 8-9-sinflarda haftasiga 0,5 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 8-9-sinflarda “Chizmachilik” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi. “Texnologiya” fani 7-sinfda haftasiga 1 soat, 8-9-sinflarda 0,5 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Texnologiya” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi. “Jismoniy tarbiya” fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi: “Jismoniy tarbiya” fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 10-11-sinflarda 2 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi. “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani 10-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi. Tanlov sinfi o‘quv rejasida belgilangan soatlar doirasida quyidagi majburiy fanlarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi: malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan taqdirda o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 7-11-sinflarida “Chet tili” fani, ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, 7-11-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”, 8-11-sinflarda “Jismoniy tarbiya”, 7-9-sinflarda “Texnologiya”, 10-11-sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik”, 7-11-sinflarida “O‘zbek tili”, “Rus tili” fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi. Tanlov sinfida majburiy fanlar bilan birga tanlov fanlari ham o‘qitiladi va tanlov fanlari uchun haftada 7-8-9-sinflarda jami 2 soatdan, 10-11-sinflarda jami 9 soatdan ajratiladi. Download 276.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling