O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab


Download 276.69 Kb.
bet6/27
Sana10.10.2023
Hajmi276.69 Kb.
#1697030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
213-buyruq variativ 2023-2024906

TA’LIM RUS TILIDA BO‘LGAN UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI UCHUN 2023-2024-O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN VARIATIV O‘QUV REJALAR VA TUSHUNTIRISH XATI

    1. UMUMIY QOIDALAR

  1. Ta’lim rus tilida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun variativ o‘quv rejalar 7-8-9-10-11-sinflariga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu variativ o‘quv rejalar 7-8-9-sinflarda 17 ta yo‘nalishda, 10-11-sinflarda 18 ta yo‘nalishda joriy etiladi.

  2. Mazkur variativ o‘quv reja 2 qism (majburiy fanlar va tanlov fanlari)dan iborat.

    1. MAJBURIY FANLAR TUSHUNTIRISH XATI

  1. Tanlov sinflarida quyidagi majburiy fanlar o‘qitiladi:

7-8-9-sinflarda 15 ta, 10-11-sinflarda 9 ta umumta’lim fanlari majburiy fanlar sifatida o‘qitiladi.

  1. Ona tili va adabiyot fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soat “Ona tili” va 2 soat “Adabiyot” fani;
10-11-sinflarda haftasiga 1 soat “Ona tili” va 2 soat “Adabiyot” fani o‘qitiladi.

  1. O‘zbek tili fani 7-11-sinflarda haftasiga 3 soatdan o‘qitiladi.

  2. Chet tili fani 7-11-sinflarda haftasiga 3 soatdan o‘qitiladi.

  3. Tarix fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

7-8-9-sinflarda “O‘zbekiston tarixi” fani haftasiga 2 soatdan, “Jahon tarixi” fani haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi;
10-11-sinflarda “O‘zbekiston tarixi” fani haftasiga 1 soatdan, “Jahon tarixi” fani 1 soatdan o‘qitiladi.

  1. Davlat va huquq asoslari fani 8-9-sinflarda haftasiga 1 soat o‘qitiladi.

  2. Tarbiya” fani 7-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

  3. Matematika fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

7-11-sinflarda “Algebra” fani haftasiga 3 soatdan, “Geometriya” fani 2 soatdan o‘qitiladi.

  1. Informatika va axborot texnologiyalari fani 7-8-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 9-11-sinflarda 2 soatdan o‘qitiladi.

  2. Fizika fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

  3. Kimyo fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

  4. Biologiya fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

  5. Geografiya va iqtisodiyot faniga ajratilgan soatlar quyidagicha taqsimlanadi:

7-8-9-10-sinflarda 2 soatdan.
Bunda, 8-9-sinflarda uchun 0,5 soatdan “Iqtisodiy bilim asoslari” faniga ajratiladi hamda 8-9-sinflarda “Iqtisodiy bilim asoslari” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  1. Musiqa madaniyati fani 7-sinfda haftasiga 1 soat o‘qitiladi.

  2. Tasviriy san’at va chizmachilik fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

“Tasviriy san’at” fani 7-sinfda haftasiga 1 soat;
“Chizmachilik” fani 8-9-sinflarda haftasiga 0,5 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 8-9-sinflarda “Chizmachilik” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  1. Texnologiya fani 7-sinfda haftasiga 1 soat, 8-9-sinflarda 0,5 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Texnologiya” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  2. Jismoniy tarbiyafani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

“Jismoniy tarbiya” fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 10-11-sinflarda 2 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  1. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani 10-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

  2. Tanlov sinfi o‘quv rejasida belgilangan soatlar doirasida quyidagi majburiy fanlarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:

malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan taqdirda o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 7-11-sinflarida “Chet tili” fani, ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, 7-11-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”, 8-11-sinflarda “Jismoniy tarbiya”, 7-9-sinflarda “Texnologiya”, 10-11-sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik”, 7-11-sinflarida “O‘zbek tili” fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.

  1. Tanlov sinfida majburiy fanlar bilan birga tanlov fanlari ham o‘qitiladi va tanlov fanlari uchun haftada 7-8-9-sinflarda jami 2 soatdan, 10-11-sinflarda jami 9 soatdan ajratiladi.


Download 276.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling