O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
“Jahon tarixi” kafedrasi
“Jahon tarixi” fanidan
Himoyaga tavsiya etilsin
fakultet dekani t.f.d., dots. L.M.Babaxodjaeva
“___”________2023 yil
KURS ISHI
Mavzu: Isroil va Falastin ziddiyatlari
Himoyaga tavsiya etilsin
Kafedra mudiri: t.f.n. Yo Tayronov
“___”________2023 yil
Ilmiy rahbar: t.f.d.prof. E.Z.Nuriddinov.
Bajardi: Norqobilov J. 4-kurs 402-guruh talabasi
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
Kirish
1.bob. Arab-Isroil munosabatlaridagi muommolar
1.1. Isroil-Falastin mojarolarining boshlanishiga sabab
1.2. Isroil-Falastin ziddiyatlarining keskinlashuvi
2.Bob. .Isroil va Falastin ziddiyatlarining yakuni va natijalari
2.1. Isroil-Falastin ziddiyatlarining xalqaro munosabatlarga ta'siri
2.2. Isroil-Falastin mojarolari bo'yicha tinchlik muzokaralarining boshlanishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Маvzuning dolzarbligi. Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojaro bugun yoki kecha vujudga kelib qolgani yo‘q. Ushbu mojaro asrlar mobaynida davom etib kelmoqda. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak XX asr boshlariga qadar Falastin Usmonli imperiyasining bir qismi bo‘lgan, o‘sha davrda Falastin hududida arablar ko‘pchilikni tashkil qilgan bo‘lsa-da, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bir-birlari bilan yonma-yon, tinch-totuv yashab kelishgan. Balkim uch din vakillarining o‘zaro murosa qilib yashab kelishiga Usmonli imperiyasining kuchli nazorati sabab bo‘lgandir. Birinchi jahon urushidan so‘ng Usmonli turklar imperiyasi parchalanishi oqibatida Falastin hududi Buyuk Britaniya qo‘liga o‘tdi. 1917 yil Buyuk Britaniya dunyoning turli xil hududlariga tarqalib ketgan yahudiylarni Flastin hududida yagona davlatga birlashtirish taklifini ilgari surdi. Bu taklifni dunyoning gegamon davlatlari bo‘lmish AQSH va SSSR ham qo‘llab-quvvatladi. Ushbu taklif Yevropa va boshqa mintaqalarda tarqalib ketgan yahudiylarning Falastinga ko‘chib o‘tishini kuchaytirdi. Bundan tashqari, Germaniya fashistlarining yahudiylarni yer yuzidan “qirish” harakatini boshlashi bilan ko‘chada qolgan yahudiylar Falastin hududini yagona boshpana sifatida ko‘ra boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin yahudiylarning Falastin hududida ko‘payib borishi bu yerlarda asrlar davomida yashab kelgan arablar uchun xavf tug‘dira boshladi va bu ikki millat o‘rtasidagi mojaro qurolli to‘qnashuvlarni keltirib chiqardi. Bu esa Buyuk Britaniyaning tinkasini quritgani sabab Arab-Isriol mojarosini hal qilish BMTning zimmasiga tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |