Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va xalq ta’lim vazirligi
III BOB. O'RTAYER DENGIZI UCHUN HUKMRONLIK MAVZUSIDA DARS ISHLANMA
Download 65.26 Kb.
|
Jahongir 202 kurs ishi
III BOB. O'RTAYER DENGIZI UCHUN HUKMRONLIK MAVZUSIDA DARS ISHLANMA
3.1 Dars ishlanmani tuzish va uning dars jarayoniga tadbiq qilish Darsning mavzusi: Ortayer dengizida hukmronlik uchun kurash. Darsning maqsadi: Talimiy: Oquvchilarga mavzu yuzasidan malumot berish Tarbiyaviy: Ularda otmish ajdodlarga hurmat orqali vatanparvarlikni tarbiyalash Rivojlantiruvchi: O’quvchilar tarixiy xotirasi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish Kompetensiyalar: Milliy va umummadaniy kompetensiyasi, Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish, Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bolish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish Dars turi: aralash Dars uslubi:og’zaki, yozma Dars usuli: maruza, savol-javob, test, klaster Dars jihozi: darslik, xarita, mavzuga oid atama, tushunchalar yozilgan kartotekalar Darsning texnologik xaritasi: I.Tashkiliy qism 2 daqiqa II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa V.Oquvchilarni baholash 4 daqiqa Uyga vazifa berish 2 daqiqa Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. II.Uy vazifasini tekshirish: 1.Selgimagan suvoqqa ishlangan rasmlar nima deb atalgan? A) freska B) mozaika C) villa D) ikona 2. Selgimagan suvoqqa shisha yoki tosh parchalari yopishtirilib ishlangan rasm nima deb ataladi? A) freska B) mozaika C) geraldika D) ikona 3. Qadimgi rimliklarning shohona koshonalari uy-joylari qanday nomlangan? A) pomeste B) akveduk C) freskalar D) villalar 4. Qadimgi Rim forumidan nimalar orin olgan edi? A) senat binosi, altar va ibodatxona B) konsullarning uylari, bozor maydoni, kolizey teatri C) bozor maydoni, yigilish joyi va ibodatxona D) senat binosi, senatorlar uylari, ibodatxonalar 5. Qadimgi Rimda qanday qilib odamlarning jamiyatdagi mavqeyini bilib olish mimkin edi? A) kiyib yuradigan libosiga qarab B) uyining qurilishiga qarab C) uyining joylashgan orni orqali D) yosh xususiyatlari orqali 6. Qadimgi Rimda altar bu A) 14 yoshga qadar kiyib yuriladigan ogil bolalar kiyimi B) xudolarga qurbonlik qilinadigan kotarma joy C) rimliklar nazdida xudolarning asosiy yeguligi D) fol ochuvchi ruhoniylar 7. Qadimgi Rimda pontifiklar kimlar edi? A) diniy marosimlarning otkazilishi ustidan nazorat qilib boradigan ruhoniylar B) kichik kohinlar C) fol ochuvchi kohinlar D) qurbonlikni amalga oshiruvchi kohinlar 8. Qadimgi Rimda Yupiter qanday xudo hisoblangan? A) adolat va odil sudlov xudosi B) osmon, momaqaldiroq va yashin xudosi C) taqdir xudosi D) urush va tinchlik xudosi 9. Qadimgi rimliklarda qaysi ilohaning qolida aybdorlik va aybsizlikni taqqoslab beradigan tarozi bolgan? A) Venera B) Yustitsiya C) Diana D) Fortuna 10.. Quyidagi xudolarining qaysilari qadimgi rimliklarga tegishli? l) Eros; 2) Venera, 3) Geya; 4) Femida; 5) Yustitsiya; 6) Gratsiya; 7) Nika; 8) Fortuna; 9) Germes; 10) Vulkan; 11) Uran; 12) Baxus. A) 1, 2, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 5, 7, 8, 10, 11 C) 2, 3, 5, 7, 9, 12 D) 2, 5, 8, 10, 12 III.Yangi mavzu bayoni: Rimning kuchli goshini tashqi dushmanlardan himoyalanish va qoshni mamlakatlarning yerlarini bosib olish uchun zarur edi. Dastlab qoshinga yermulkka ega bolgan rimliklar olingan. Keyin-chalik qoshin doimiy harbiy kuchga aylangan. Armiyada 17 yoshga yetgan erkak fuqarolar xizmat qila olgan. 80 kishidan iborat jangchilar guruhi senturiyalar deb yuritilgan. Bir necha senturiyalar kogortani, 10 kogorta legionni tashkil etgan. Jangchilar ning kopchiligi yaxshi talim olgan askarlar bolib, ular maosh olishlaridan tashqari kiyim va yarog-aslahalar bilan taminlangan. Xizmat muddati 25 yil bolgan. Shuncha muddatdagi xizmati evaziga legio ner uy-joy, durustgina oylik maosh olish va Rim tarkibidagi turli olkalarda xizmat qilish imkoniyatlariga ham ega bolar edi. Rimliklar oziga xos jang olib borish taktikasini ishlab chiqishgan: avvaliga shahar qurshab olinar, songra esa katapulta degan qamal quroli bilan devorlarni teshishar va shaharga bostirib kirishar edi. Pishiq metal taxtachalardan tiklangan uzun kotarma minoralar yordamida baland devorlardan o shib otardilar. Mil. avv. III asr ortalariga kelib, Rim butun Italiyani zabt etishga erishdi. Shu tariqa Rim davlatining hududi kengayib bordi. Bu paytda Shimoliy Afrikaning sohillarini, Sardiniya, Korsika orollarini oz ichiga olgan qudratli davlat Karfagen quldorlari Sitsiliya orolining garbiy qismini egallab olgan edilar.Aynan Sitsiliya masalasi Rim va Karfagen ortasidagi urush boshlanishiga sabab boladi. Rimliklar Karfagen bilan uch marotaba urushdilar. Bu urushlar tarixga Puni urushlari nomi bilan kirgan edi, negaki, rimliklar Karfagenni Puna deb atashardi. Birinchi urushda rimliklar galaba qozondilar va Sitsiliyani bosib olib, karfagenliklarni ozlariga olpon tolashga majbur qildilar. Karfagen quldorlari Ispaniyaning katta qismini bosib oldilar. Karfagen armiyasiga tajribali sarkarda Gannibal boshchilik qilardi. Gannibal qoshinlarining Ispaniyadan Italiyaga qarshi yurishlari tufayli ikkinchi Puni urushi boshlandi. Karfagen armiyasi Alp toglari etaklariga yetib bordi. Otib bolmasdek tuyulgan toglardan oshgan Gannibal Shimoliy Italiya hududiga bostirib kirdi va mil. avv. 216-yilda Kann yaqinidagi jangda rimliklar armiyasini tor-mor etdi. Bu jangda 70 ming rimlik legioner halok bolgan. Maglubiyatdan keyin rimliklar hal qiluvchi janglarga botina olmaganlar. Italiya aholisi Gannibalni qollab-quvvatlamadi, chunki Karfagen yollanma qoshinlari mamlakatni talontaroj qilib tashlagan edi. Rimlik sarkarda Ssipionning kutilmaganda oz qoshinlari bilan Afrika qirgogiga kelib tushganidan xabar topgan Gannibal Karfagenni himoya qilishga otlanadi, ammo mil. avv. 202-yilda uning lashkari Zama shahri yaqinida (Shimoliy Afrika) rimliklar tomonidan tor-mor etildi. Karfagen Rimga taslim bolib, katta miqdordagi boylik bilan tovon tolashi kerak edi. Biroq vaqt otib, Karfagen oz qudratini tiklashgaharakat qiladi. Uchinchi Puni urushida rimliklar Karfagenni qamal qildilar. Shahar aholisi ikki yil Karfagenni mudofaa qildi, shaharda ochlik boshlandi. Rimlik legionerlar shaharga hujum qilib, ot qoyishar edi. Shunday qilib, mil. avv. 146-yilda Karfagen butunlay vayronaga aylantirildi. Rimqoshinlari esa galaba sururi, talangan olja va minglab qullar bilan Italiyaga qaytib keldilar. Puni urushlaridan keyin Italiya sarhadidan ancha uzoqda bolgan katta-katta hududlar ham Rim hokimiyati tasarrufi ga otdi. Bosib olingan yerlarni rimliklar provinsiya deyishgan. Sitsiliya, Korsika, Sardiniya, Ispaniya va boshqa hududlar ana shular sirasiga kirar edi. Provinsiyalarni boshqarish uchun noiblar prokonsullar tayinlangan. Ular cheklanmagan hokimiyatga ega bolishgan. Prokonsullar odatda bir yilga saylanardi. Provinsiyalar Rimga qarshi kurashga birlashmasliklari uchun rimliklar «Bolib tashlab,hukmronlik qil!» tamoyilida ish korishgan. IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: V.Dars yakunlarini chiqarish. O`quvchilarda paydo bo`lgan savollarga javob beriladi. O`qituvchi mavzuga yakun yasaydi. O`quvchilar baholanadi. VI.Uy vazifasini tushuntirish. 1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash. 2.Darslikdagi o`zingizni sinangruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish. 3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish 4.Axborot, davr ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish. XULOSA Ming yildan ko'proq vaqt oldin, vaqt tarixidagi eng katta va eng yirik urushlardan biri sodir bo'lgan edi. Italiya yarim oroli uchun Rim va Karfagen o'rtasidagi Punik urushlari. "Punic" atamasi lotincha "Punicus" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, Karfagen degan ma'noni anglatadi. Bu juda qiziqarli voqea edi, chunki bu uch marta sodir bo'lgan! Va uch marta ham bu urushlarda Rim g'olib bo'lgan. Bu hatto butun dunyo bo'ylab ko'plab tarixchilarning qiziqishlarini uyg'otdi va ularni ko'proq ma'lumot olishga vasvasaga soldi. Urushlar yuz yildan ortiq davom etgan. Rim g'alaba qozongan birinchi Puni urushidan so'ng, ikkinchi urush KarfagenRimdan qasos olmoqchi bo'lganligi sababli boshlandi. Karfagen ikkinchi Puni urushida mag'lub bo'ldiyana shu qadar xo'rlangan va g'azablanganki, ular uchinchi Puni urushini boshlab, o'ch olishdi va ular ham yutqazdilar. Birinchi Puni urushi aslida Rimning urushdagi birinchi tajribasi edi. Ushbu insho uchta Puni urushini batafsil ko'rib chiqadi. Miloddan avvalgi 264-241 yillarda Karfagen Messana ustidan nazoratni o'z qo'liga olmoqchi bo'lib, urush boshlashga qaror qildi. Ular dengiz va uning atrofidagi hududlarni o‘z nazoratiga olmoqchi bo‘lishdi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Puni urushlari Karfagenliklar uchun vaqt, pul va hayotni behuda sarflash edi, chunki ular baribir erni olmadilar. Holbuki, bu rimliklar uchun juda foydali edi, chunki ular har safar urush qilganlarida ular g'alaba bilan kelgan katta er uchastkasiga ega bo'lishdi, bu esa katta bonus edi va rimliklarga o'z imperiyalarini qurishda yordam berdi. Rim ham juda tajovuzkor edi, chunki ular Puni urushlarining avj olishiga sabab bo'lganga o'xshaydi. Menimcha, odamlarga tahdid qilish va tasodifiy urush boshlashdan ko'ra, yer egallash va imperiya qurish uchun yaxshiroq urush tizimi bo'lishi kerak edi. Ikki davlat rahbarlari o'rtasida ham qandaydir kelishuv bo'lishi kerak. Misol uchun, ehtimol, har bir davlat o'sha yerning yarmini oladi yoki ulardan biri hududni tark etadi. Mening eng sevimli urush paytim uning Gannibalni kesib o'tgandagi muvaffaqiyati edi. Download 65.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling