O‘zbekiston respublikasi markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Download 23.8 Kb.
|
Qaror 1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOSHQARUVINING QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI TOMONIDAN QABUL QILINGAN AYRIM IDORAVIY NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 1-avgusta ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3377] O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-son qaroriga ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/11-son “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida (ro‘yxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 10/18/2989/0968-son): a) nomi va 1-bandidagi “mikrokredit” degan so‘zlar “mikromoliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) Ilovada: nomidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; muqaddima, 1, 2-bandlar, 3-bandning birinchi xatboshisi, 9-bandning ikkinchi xatboshisi, 13-bandning ikkinchi xatboshilaridagi “mikrokredit” degan so‘zlar “mikromoliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3-bob nomi, 11-band, 13-bandning birinchi xatboshisidagi “Mikrokredit” degan so‘zlar “Mikromoliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/6-son “Mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (ro‘yxat raqami 3260, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3260/1079-son): a) nomi va 1-bandidagi “Mikrokredit” degan so‘zlar “Mikromoliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) Nizomda: nomidagi “Mikrokredit” degan so‘z “Mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; muqaddimadagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 6-sentabrdagi 20/5-son qarori (ro‘yxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3322/0923-son) bilan tasdiqlangan Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning muqaddimasidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-son qarori (ro‘yxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 10/21/3336/1101-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi 3-bobida: “13201 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i ta’rifidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; “13205 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvarag‘i ta’rifidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; “13209 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i ta’rifidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; “13299 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i ta’rifidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; “15401 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘i ta’rifidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; “15405 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘i ta’rifidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; “15499 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i ta’rifidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; “20216 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” hisobvarag‘i ta’rifidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; “21624 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i ta’rifidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin; “22024 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘i ta’rifidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son) Download 23.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling