O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga EGA davlatdir. Mamlakatimiz katta zahirali yer osti boyliklariga EGA


Download 22.84 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi22.84 Kb.
#1367801
  1   2
Bog'liq
Kirish


Kirish
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega davlatdir. Mamlakatimiz katta zahirali yer osti boyliklariga ega. Zaminimiz tabiiy gaz, qo’ng’ir va tosh ko’mir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega.Xususan, Olmaliq hududi qadimdan konchilikka ixtisoslashgan zamin hisoblanadi. Eramizning IX-XII asrlariga taaluqli bo’lgan ko’plab qadimgi topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining izlari hamma joyda qayd etilgan. Bu esa Olmaliqda qadimda mis, qoʻroshin, rux, oltin, kumush, temir, ametist, feruza va boshqa qazilmalar jadal ravishda qazib olinganligidan darak beradi. Kombinat tomonidan ishlov beriladigan deyarli barcha ruda konlari o’z vaqtida o’sha qadimgi konlar izlari bo’yicha ochilgan.Respublikamizda konchilik va metallurgiya sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. 36 000 nafardan ortiq konchi-metallurgni birlashtirgan, O’zbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40 dan oshiq millat va elat vakillari bo’lgan konchi-metallurglar mehnat qilishadi. O’zining 70 yillik tarixi davomida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan “Olmaliq KMK” AJ O’zbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bo’lib, uning ishlab chiqarish quvvati Toshkent, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslanadi.Ona-zaminimiz bag’ridagi nodir, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan ushbu kombinat konlaridan qazib olinayotgan ma’danlar tarkibida Mendeleev davriy jadvalidagi elementlarning deyarli barchasi mavjud. “Qalmoqqir”, Angren, Chodak va Xondiza kon boshqarmalari hamda “Kovuldi” konining boy zaxiralari, shuningdek, beshta boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Rux zavodi, Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi, Avtomobil transport boshqarmalari va Texnologik transport boshqarmalari, Sanoat temir yo`l transport boshqarmasi shuningdek, uchta qo’shma korxona «Hayat Power Cable Systems» (yuqori kuchlanishli elektr kabellarini ishlab chiqaradi), “AWP” (santexnika mahsulotlarini ishlab chiqadi) va “Deutsche IT-AGMK” QK MChJ mavjud. Shuningdek, korxonalarimizni ohak xom-ashyosi bilan ta’minlab kelayotgan Ohak zavodi, konchilar ishini yengillashtirayotgan Portlatish materiallari zavodi, shuningdek, Issiqlik elektr markazi, Sanoat suv ta’minoti sexi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, kapital qurilish boshqarmasi, kombinat va shaharda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining boshida turgan “Olmaliq metallurg qurilish” tresti, Ixtisoslashgan ta’mir ishlari boshqarmasi va boshqalardir. Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush London qimmatbaho metallar birjasining sifat belgisiga, ya’ni “Yaxshi yetkazib beruvchi” maqomiga ega. Mis ishlab chiqarish jarayonida sifat tizimi menejmenti joriy etilib, unga Xalqaro muvofiqlik sertifikati olingan. Ushbu muvofiqlik sertifikati kombinatning Jizzaxdagi sement ishlab chiqarish jarayoniga ham berilgan. Metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo’lib, ular tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini uzoq muddatda modernizatsiya qilish bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ilg’or xorijiy tajribani joriy qilish ko’zda tutilgan.Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun taxminan 300 million dollardan ortiq mablag’ yo’naltiriladi. Bu esa yiliga mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 140 ming tonnagacha, rux metallini ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, oltingugurt kislotasi ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar 845 ming tonnadan 1,6 million tonnagacha oshirish imkonini beradi.Qimmatbaho va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash avvalgi yillarga nisbatan 1,3 martaga ortadi.Mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad 1,5 barobarga ortib, 12 trillion so’mga yetadi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi ham 1,4 barobarga ortib, 5 trillion so’mdan ortadi. Kombinatning sof foydasi ham 1,4 barobarga ortib, 1,6 trillion so’mni tashkil qiladi.Yangi konlarni, jumladan, “Yoshlik I” (23 million tonna mis-molibden) va “Yoshlik II” (2 million tonna mis-molibden) konlarini o’zlashtirish va rivojlantirish yo’lida ayni paytda yettita istiqbolli investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.Endilikda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati istiqbolda ijtimoiy sohadagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, oddiy ishchidan tortib to markaziy apparat xodimlarigacha bo’lgan mehnat jamoasi bilan uzviy tarzda ishlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini va eksportni yanada oshirish, mehnatkashlarni har tomonlama ijtimoiy qo’llab-quvvatlashdek vazifalarni o’z oldiga qo’ygan.
Respublikamizda rangli metallar ishlab chiqarish, asosan, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati ma’danchilari zimmasiga yuklatilgan, chunki Quramatog‘ bag‘ri mis, rux, qo‘rg‘oshin, oltin va kumushga boy rudalardan iboratdir. Hamdo‘stlik mamlakatlari orasida respublikamiz mis, rux, oltin va kumush zaxiralari bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Rangli metallarni ishlab chiqarish, qayta eritish uchun, eng avvalo, xomashyolarning kimyoviy va ratsional tarkibini o‘rganish, ularning ashyo hamda issiqlik tengligini keltirib chiqarishni bilish talab etiladi. Chunki eritish pechlari va dastgohlarni tanlash, ularda xomashyolarni qayta ishlash ko‘proq ma’danlar tarkibidagi rangli metallarga bog‘liq bo‘ladi. Olmaliq mis eritish zavodiga Quramatog‘ bag‘ridagi Sariqcho‘qqi va Qalmoqqir konlaridagi ashyodan tashqari, boshqa uzoq yurtlardan mis boyitmasi keltiriladi. Ularning kimyoviy ratsional tarkibini hisoblash alohida ahamiyat kasb etadi.
Tabiatda mis sof holda ham birikma holida ham uchraydi. Asosan rudalar tarkibida bo`ladi. Ular 170 dan ortiq bo`lib, shundan faqat 17 tasi sanoatda foydalaniladi. Uning eng keng tarqalgan birikmalariga. Cu2S-xalkozin, CuS-kovellin, CuFeS2-xalkopirit, Cu5FeS4-bornit, Cu2O-kuprit, Cu2(CO3)2(OH)2 - malaxit kabilar kiradi. Mis rudalari tarkibida oltin , molibden, reniy va boshqalar bo`ladi. Ularnig tarkibiga mis-molibdenli, mis-qum-toshli, mis-nikelli, kvars-sulfidli,mis-vannadiyli, mis-kobaltli, mis-vismutli, mis-temirli, mis-oltinli va boshqalar kiradi. Jaxonda ishlab chiqariladigan misning 90 foizi sulfidli rudalardan olinadi. Rudalardan tashqari uning boshqa metallar bilan hosil qilgan qotishmalari ham muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda mamalakatlarimizdagi zavodlarda metall holatidagi mis oltingugurtli rudalardan, asosan xalkopirit CuFeS2dan olinadi. Ruda tarkibida xalkopiritdan tashqari,pirit FeS2, kvars SiO2, kalsit CaSO3, biroz kumush va oltin, shuningdek, ozgina tellur va selen bo`ladi. Agar rudada 2% chamasida mis va ko`p (50% gacha) oltingugurt bo`lsa, u holda ruda, undan misni eritib olish uchun, pirit rudalarini koks qo`shmasdan yoki ularga koks qo`shish yo`li bilan eritiladi.

Download 22.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling