O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining


§ 9. Nafaqalarni tayinlash va to‘lash


Download 44.76 Kb.
bet11/13
Sana13.04.2023
Hajmi44.76 Kb.
#1352471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1136 08.05.2002

§ 9. Nafaqalarni tayinlash va to‘lash
93. Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan korxonaning Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya a’zosi tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi korxona rahbarining buyrug‘i yoki boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.
Komissiya mehnatda mayiblanganlarga, kasb kasalligiga chalinganlarga nafaqa tayinlash, nafaqa to‘lashni rad etish, nafaqadan (to‘liq yoki qisman) mahrum etish va nafaqa olish huquqi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi va boshqa hujjatlarning asosli ravishda va to‘g‘ri berilganligini ko‘rib chiqish huquqiga ega. Qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi tayinlaydi.
Komissiyalar bo‘lmagan korxonalarda nafaqalar, ish beruvchi tomonidan shu ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, dehqon xo‘jaligi a’zolariga, shuningdek ayrim fuqarolarnikida shartnoma asosida ishlayotganlarga nafaqalar ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanib, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
O‘quvchi, talaba va aspirantlarga nafaqalar mazkur Nizomning 80 va 91-bandlariga binoan o‘qish joylarida tayinlanadi va to‘lanadi.
Qurolli kuchlar safidan ozod etilgandan keyin vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga nafaqa mazkur Nizomning 5-bandiga binoan tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadi.
94. Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugaganidan so‘ng chiqishining birinchi kunidayoq korxonaga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etadilar. Mehnatga qobiliyatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi ish haqi berilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin.
Korxonada vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining “Tabelchi tomonidan va kadrlar bo‘limi tomonidan to‘ldiriladi” degan bo‘limlariga zarur ma’lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bemor haqidagi ma’lumotlar yozib, imzo qo‘yiladi) ijtimoiy sug‘urta komissiyasiga topshiriladi.
95. Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda nafaqa ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganlik haqidagi (N-1-shaklda) dalolatnoma asosida tayinlanadi.
Agar baxtsiz hodisa boshqa sharoitlarda ro‘y bersa (uyda, ishga borish yoki ishdan qaytishda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda), nafaqa ro‘y bergan baxtsizlik sabablari ish beruvchi tomonidan o‘rganib chiqilgandan keyingina tayinlanadi.
96. Quyidagi sharoitlarda yuz bergan (jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanish hollaridan tashqari) jarohatlanish mehnatda mayiblanish deb hisoblanadi:
a) mehnat burchini bajarayotgan paytda (shu jumladan, xizmat safari vaqtida), shuningdek, maxsus topshiriq bo‘lmagan hollarda ham korxona manfaatini ko‘zlab qilingan xatti-harakatlar paytida;
b) ish beruvchining transportida ishga borayotgan yoki ishdan qaytayotganda;
v) ish vaqti davomida (shu jumladan belgilangan tanaffus vaqtida) korxona hududida yoki biron-bir boshqa ish joyida, ish boshlashdan oldin yoki ishdan keyin ish qurollarini, kiyim-kechaklarini va hokazolarni tartibga keltirish paytlarida;
g) ichki mehnat tartib-qoidalariga zid bo‘lmagan taqdirda, ish vaqti davomida korxonaga yaqin bo‘lgan joyda yoki boshqa ish joyida (belgilangan tanaffuslarda) hozir bo‘lganda;
d) asosiy ish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, davlat va jamoatchilik oldidagi burchlarini bajarayotgan chog‘ida;
e) inson hayotini qutqarish, huquq-tartibotni, davlat va jamoat mulkini, shuningdek, fuqarolar mulklarini muhofaza qilish bo‘yicha fuqarolik burchini bajarayotgan paytida;
j) donorlik vazifalarini bajarish natijasida mehnat qobiliyatining yo‘qotilishi.
97. Kasb kasalliklari bo‘yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi tayinlashda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Kasb kasalliklari ro‘yxatida ko‘rsatilgan kasalliklar hisobga olinadi.
98. Mazkur Nizomga binoan nafaqa olish huquqi ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya yoki vakil qilingan komissiya a’zosi har bir vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo‘yicha to‘lov amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kunlar sonini va ish haqiga nisbatan belgilanadigan nafaqa foizi miqdorini belgilaydi. Nafaqa foizi miqdori nafaqa belgilash bayonnomasida va komissiya raisi yoki vakil qilingan komissiya a’zosining imzosi qo‘yilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida qayd qilinadi.
Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa komissiya tomonidan (jarohatlangan xodimning ahvoli komissiya majlisiga kelishga imkon bergan taqdirda uning ishtirokida) tayinlanadi. Nafaqadan mahrum etish, nafaqadan to‘liq yoki qisman rad etish masalasi nafaqa oluvchining ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
99. Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo‘yicha nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda, komissiya nafaqa bermaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi va rad etish sabablarini vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasiga qayd etadi.
100. Nafaqa tayinlangandan so‘ng komissiya yoki vakil qilingan komissiya a’zosi korxonaning hisob-kitob bo‘limiga nafaqa chiqarish va to‘lash uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini topshiradi.
To‘lanadigan va to‘lanmaydigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari, shuningdek, nafaqa olish uchun taqdim etilgan barcha boshqa hujjatlar korxona buxgalteriyasida pullik hujjatlarga teng holda, barcha xarajat hujjatlaridan alohida holda saqlanadi.
101. Ish vaqtini, umumiy ish stajini hisobga olib borish, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘lash uchun hisob-kitoblarni bajarishda elektron-hisoblash mashinalari (EHM) qo‘llaniladigan korxonalarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’muriyat tomonidan hisoblash markaziga topshiriladi. U yerda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa tayinlash va hisoblab chiqarish to‘g‘risida belgilangan shaklda ikki nusxada ro‘yxat tuziladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari EHMda hisob-kitoblarni chiqarish uchun mas’ul shaxsning imzosi qo‘yilgan ikki nusxadagi to‘lov ro‘yxati bilan birga aniq muddatlarda (maoshlar bo‘yicha hisob-kitob qilishga 5-6 kun qolganda) ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaga topshiriladi.
Komissiya hisob-kitobning, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining davolash muassasasi tomonidan to‘ldirilishining to‘g‘riligini, zarur hollarda boshqa hujjatlarni ham (baxtsiz hodisalar to‘g‘risidagi dalolatnomalar va boshqalar) tekshiradi va nafaqa tayinlash, belgilangan hollarda esa nafaqadan mahrum qilish bo‘yicha qaror chiqaradi. Ikki nusxadagi to‘lov ro‘yxatlar ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi.
To‘lov ro‘yxatining bir nusxasi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan buxgalteriyaga yuboriladi. Ular tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng bosh (katta) buxgalter tomonidan imzolanib, hisoblash markaziga uzil-kesil hisob-kitob qilish va nafaqa summasini ish haqi to‘lash ro‘yxatiga kiritish uchun qaytarib yuboriladi. Shundan so‘ng to‘lov ro‘yxati vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan saqlash uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
To‘lov ro‘yxatining ikkinchi nusxasi esa nafaqa tayinlash bayonnomasi sifatida ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyada saqlanadi.
Nafaqani hisoblashda mazkur bandda ko‘rsatilgan qoidaga muvofiq vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining orqa tomoni to‘ldirilmaydi.
102. EHM yordamida faqat nafaqa miqdori hisoblab chiqiladigan korxonalarda nafaqa belgilash va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini to‘ldirish (“Buxgalteriya tomonidan to‘ldiriladi” degan bo‘limdan tashqari) mazkur Nizomning 98 va 101-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
“Buxgalteriya tomonidan to‘ldiriladi” degan bo‘limdagi maosh va uning asosida chiqarilgan nafaqa miqdori haqidagi ma’lumot EHMda tayyorlanganda, EHMda hisob-kitob ishlari uchun mas’ul shaxsning va bosh (katta) buxgalterning imzolari bo‘lgan to‘lov ro‘yxatida keltiriladi. To‘lov ro‘yxatlariga kasallik varaqalari ilova qilinadi.
Nafaqalar mashina-hisoblash stansiyalarida hisoblab chiqariladigan korxonalarda nafaqalarni tayinlash va mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
103. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha tayinlangan nafaqalar, shu jumladan sil kasalligi sanatoriylarida davolanish uchun beriladigan nafaqalar, ish haqi to‘lash uchun belgilangan muddatlarda to‘lanadi.
Boshqa turdagi sanatoriylarda davolanish uchun beriladigan nafaqalarni to‘lash, xodim sanatoriydan qaytgandan so‘ng amalga oshiriladi. Bunda nafaqa, agar bir tomonga borish vaqti bir sutkadan ortiq bo‘lsa, sanatoriyda bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan “yo‘llanmaning qaytish tomoni”, shuningdek yo‘l chiptalari ijtimoiy sug‘urta komissiyasiga yoki vakil qilingan komissiya a’zosiga topshirilgandagina beriladi. Yo‘llanma bo‘yicha foydalanilmagan hamda sanatoriyda, shuningdek yetib borish yoki qaytish yo‘li belgilangan muddatdan ortiq bo‘lgan kunlar uchun nafaqa berilmaydi.
104. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tug‘ishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’i nazar, ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo‘la to‘lanadi.
105. Bola tug‘ilganda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani olish uchun ota yoki ona komissiyaga Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi tomonidan berilgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomasini topshirishi lozim. Berilgan hujjatlar asosida vakillik qiluvchi komissiya a’zosi nafaqa olish huquqini belgilaydi va belgilangan miqdorda uni tayinlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va tayinlash bayonnomasiga yozadi. Shundan so‘ng hujjatlar korxonaning hisob-kitob qilish bo‘limiga topshiriladi.
Bola tug‘ilganligi haqidagi ma’lumotnoma yo‘qotilgan taqdirda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa FHDY bo‘limlari tomonidan berilgan bola tug‘ilganligi haqidagi takroriy ma’lumotnomaning hamda otaning ish joyidan (o‘qish joyidan) nafaqa olmaganligi haqidagi ma’lumotnoma topshirilganidan so‘ng beriladi.
106. Xodimning vafoti tufayli uni dafn etish marosimini o‘tkazish nafaqasini olish uchun ijtimoiy sug‘urta komissiyasiga FHDY bo‘limi tomonidan berilgan vafot etganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma topshiriladi. Oila a’zosi vafot etganda esa vafot etganligi haqidagi ma’lumotnomadan tashqari uy-joydan foydalanish idorasi (binodan foydalanish direksiyasi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari) tomonidan vafot etgan shaxsning xodim bilan qarindoshlik aloqalari borligi va u xodimning qaramog‘ida bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma ham topshirilishi lozim.
Topshirilgan hujjatlar asosida vakil qilingan komissiya a’zosi nafaqa olish huquqini, uning miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash haqida qaror chiqaradi va nafaqa tayinlash bayonnomasiga yozib qo‘yadi.
107. Korxona tugatilganda, Nizomga muvofiq nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tugatilgan korxonaning huquqiy vorisi yoki tugatish komissiyasi tomonidan beriladi.
Tugatish komissiyasi ishni yakunlagan (yakuniy balans topshirilgan) hollarda, nafaqa ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanib, to‘lanadi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash uchun qo‘shimcha hujjatlar, ya’ni tugatish komissiyasi tomonidan to‘langan nafaqa (komissiya tomonidan yakuniy balans topshirilib barcha hisobraqamlar yopilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.
108. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs, dehqon xo‘jaligi a’zosiga, shuningdek ayrim fuqarolarnikida shartnoma asosida ishlayotganlar nafaqa olish uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini, bola tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani va vafot etganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ijtimoiy ta’minot bo‘limiga topshiradilar. Topshirilgan hujjatlar asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari sho‘balari tomonidan nafaqa tayinlash (tayinlamaslik) va uning miqdorlari masalasi ko‘rib chiqilib, ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshlig‘ining qarori chiqariladi va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Nafaqalar, fuqarolarning foizsiz shaxsiy hisobraqamiga nafaqa summasini o‘tkazish yo‘li bilan bank orqali to‘lanadi.
Nafaqa tayinlashda mazkur Nizomning 98—106 bandlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
109. Ortiqcha to‘lab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha to‘lash sanashda (arifmetik) adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki ma’lumotnoma taqdim qilishi (hujjatlarga o‘zgartirish kiritish va hokazolar) tufayli sodir bo‘lgan bo‘lsa, nafaqa oluvchidan undirib olinadi.
Chegirish keyingi safar to‘lanadigan nafaqa yoki ish haqidan amalga oshiriladi. Har safar xodim olishi kerak bo‘lgan summadan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan summa chegirib qolinadi. Chegirib qolish korxonaning hisob-kitob bo‘limi orqali komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.
Bu qaror sanash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato tufayli ortiqcha to‘lash sodir bo‘lganda nafaqa tayinlangan kundan 3 oydan kechiktirmay, o‘z huquqini suiiste’mol qilish bo‘yicha sodir bo‘lganda esa cheklanmagan muddatda qabul qilinishi mumkin.
Agar xodim mazkur korxonada ishlamayotgan bo‘lsa, unga ortiqcha to‘lab yuborilgan nafaqa summasi sud orqali undirilib olinadi. Nafaqa olishda suiiste’mollikka yo‘l qo‘yilsa (qalbaki hujjat taqdim etish, firibgarlik va hokazolar), hujjatlar qonunda belgilangan choralarni qo‘llash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Sudlarning qaroriga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalaridan aliment, mayib bo‘lganlik va salomatlikka yetkazilgan va boshqa zararlarni qoplash bo‘yicha xarajatlar chegirilishi mumkin. Nafaqalardan boshqa hech qanday chegirma amalga oshirilmaydi.
110. Xodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi u bilan birga yashagan oila a’zolariga, shuningdek, uning qaramog‘ida bo‘lganlarga beriladi.
Xodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan nafaqa vafot etgan xodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki vafot etganning qaramog‘ida bo‘lganlikni tasdiqlovchi dalil bo‘lgan hujjat topshirilganidagina berilishi mumkin.
Bola tug‘ilganda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani olish huquqiga ega bo‘lgan ona vafot etganda mazkur nafaqa otaga yoki bolani o‘z tarbiyasiga olgan boshqa shaxsga beriladi.
111. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘idan beriladigan nafaqa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘yicha to‘lanishi, fuqarolarning arizasiga binoan bank muassasalaridagi hisobraqamiga o‘tkazilishi hamda aloqa bo‘limi orqali jo‘natilishi mumkin.
Nafaqani jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar nafaqa summasidan ushlab qolinadi.

Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling