O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining


§ 6. Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa


Download 44.76 Kb.
bet10/13
Sana13.04.2023
Hajmi44.76 Kb.
#1352471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1136 08.05.2002

§ 6. Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa
79. Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.
Ish haqiga koeffitsiyent qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
80. Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi.
81. Bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.
Ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganda nafaqa ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.
82. Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
83. Agar ayol homiladorlik bo‘yicha ta’til davrida ishdan bo‘shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa olgan bo‘lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
84. Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi.
§ 7. Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa
85. Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o‘n olti yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi.
§ 8. Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa
86. Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog‘ida bo‘lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi:
a) turmush o‘rtog‘i;
b) 18 yoshga to‘lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’i nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari;
v) ota-onasi;
g) bobosi yoki buvisi.
Yashash uchun mustaqil mablag‘ manbaiga ega bo‘lgan (ish haqi, pensiya, stipendiya oluvchi, shirkat xo‘jaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari hisoblanuvchi va hokazo) oila a’zolari qaramog‘ida turgan deb hisoblanmaydi.
87. Xodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oila a’zolariga yoki dafn o‘tkazishni o‘z zimmasiga olgan shaxslarga beriladi.
Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa ishlovchi xodimga beriladi.
88. Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi.
89. Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida beriladi.
Ishlamaydigan pensioner vafot etgan taqdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam bo‘lmagan miqdorda, ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan to‘lanadi.
Ish haqiga tuman koeffitsiyenti belgilangan joylarda dafn etish marosimi uchun nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlar uchun beriladigan tuman koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanadi.
90. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etgan taqdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa, agar unga so‘nggi ish haqi to‘langan kundan bir oydan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa beriladi.
91. Oliy, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistraturada, aspiranturada, klinik ordinaturada, doktoranturada tahsil olayotgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari vafot etgan taqdirda, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi.
92. Maktablar, kurslarning (kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash va tayyorlash bo‘yicha), shuningdek, malaka oshirish institutlari o‘quvchilari va tinglovchilari yoki ularning oila a’zolari vafot etganda, agar ular kurslarga, maktablarga, institutlarga korxona tomonidan yuborilgan bo‘lsalar va ularning o‘qish davridagi ish haqi to‘la yoki qisman saqlanib qolgan bo‘lsa, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling