Zulfiya (1915 1996)


Download 31 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi31 Kb.
#1041441
Bog'liq
Shoira Zulfiya hayoti va ijodi


Zulfiya
(1915 - 1996)

Zulfiya o’zbek shoirasi 1915 yilning 1 martida Toshkentda tug’ilgan. O’rta maktabdan so’ng pedagogika institutida va aspiranturada ta’lim olgan. 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O’zdavnashrda bo’lim boshlig’i, 1950 yildan 1980 yilga qadar “Saodat” jurnalida ishlagan. 1996 yilda vafot etgan.


1932 yilda “Hayot varaqlari” nomli birinchi she’riy to’plami bosilgan. So’ngra uning “Yuragimga yaqin kishilar”, “Yurak hamisha yo’lda”, “Kamalak” singari ko’plab she’riy to’plamlari va turkumlari nashr etiladi.
Xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Yurak”, “Falak”, “Bahor keldi seni so’roqlab”, “O’g’irlamang qalamim bir kun”, “Bo’m-bo’sh qolibdi bir varaq qog’oz” kabi she’rlari, “O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”, “Mushoira” kabi she’rlari mashhur. “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so’ng ko’plab mahzun she’rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa ko’plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o’zbek tiliga tarjima qilgan.
Shoira adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun ko’pgina davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Bo'lganmikan mencha baxtiyor?
Hamid Olimjon

Bahor oftobining iliq haroratidan tog' cho'qqilaridagi qorlar qatlami erib, nuqra jilg'alar hosil bo'ladi. Jilg'alar shalolalarga, shalolar esa daryolarga aylanadi. Daryo o'tgan joyda hayot gurkiraydi. Tabiatning so'lim obidalari daryolar yoqasida qad ko'taradi.


Ushbu misralar o'zbek xotin-qizlariga bugungi kunda vafo va sadoqat ramzi bo'lmish nafis kechinmalar kuychisi, kuchli sabr, matonat, iroda sohibasi bo'lmish o'zbek shoirasi Zulfiyaxonim (Isroilova)ga bag'ishlanadi.
Shoirlar ham daryo yanglig' jilg'alardan hosil bo'ladilar. Ba'zi bir jilg'alar qaqroq dashtlarga yetmay, yo'q bo'lib ketadi. Boshqalari esa qancha olis yo'l bossa, shuncha qudrat va ko'lam kasb etib, ulkan daryoga aylanadi.
Daryolar tutashgan joyda esa dengiz tug'iladi. Dengiz butun bir o'lkaga suv va nur beradi, unga mo'tadil iqlim, husn va latofat bag'ishlaydi.
Zulfiyaxonim ham o'zbek adabiyotining ulkan daryolaridan biri edi...
Ushbu sayt o'zbek xotin-qizlariga bugungi kunda vafo va sadoqat ramzi bo'lmish nafis kechinmalar kuychisi, kuchli sabr,matonat, iroda sohibasi bo'lmish o'zbek shoirasi Zulfiyaxonim (Isroilova)ga bag'ishlanadi.
Bahorning ilk kuni – Zulfiyaxonim tavallud topgan ayyom – 1 martda O’zbekiston davlat san’at muzeyi yonidagi go’zal xiyobonda ardoqli shoiraning haykali ochildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2007 yil 13 sentabr kuni qabul qilingan “Toshkent shahrida O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning haykalini o’rnatish to’g’risida”gi qaror ijrosining ushbu amaliy ifodasi xalqimizning sevimli farzandi, taniqli jamoat arbobi Zulfiyaning milliy adabiyotimizga qo’shgan ulkan hissasi, betakror ijodiy merosi va ibratli faoliyatining yuksak e’tirofi bo’ldi. Shu bilan birga, ushbu qarorning qabul qilinishi hayotimizning chirog’i, umrimizning guli – ayol zotiga yurtimizda ko’rsatilayotgan yuksak hurmat-ehtiromning yorqin ifodasidir.
Shu kuni yodgorlik o’rnatilgan xiyobon bayramona ko’rkka burkandi. Bu yerga davlat va jamoat tashkilotlarining rahbar xodimlari, shoir va yozuvchilar, shoiraning muxlislari, farzandlari va qarindosh-urug’lari, jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar yig’ildi.
Tadbir ishtirokchilari Zulfiyaning O’zbekiston xalq rassomi R.Mirtojiyev tomonidan ishlangan haykali poyiga gulchambarlar qo’ydilar.
1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O’zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim boshlig’i, 1950-1953 yillarda esa «O’zbekiston xotin-qizlari” oynomasida bo‘lim boshlig‘i va nihoyat, 1953-1980 yillarda «Saodat» oynomasining bosh muharriri bo‘lib ishladi.
Zulfiya 17 yoshida yozgan «Hayot varaqlari» (1932) nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyatxon Tillaxonovalar safiga kirib keldi. Yosh shoira poeziyasi zamonaviy, aktual mavzularga bag’ishlanadi.
Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og’zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi.
Shoira «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig’i» (1938) kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, cho‘llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag‘ishlaydi. Ayni choqda mazkur to‘plamlardagi she’rlar yosh shoiraning she’riy mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.
Ulug’ Vatan urushi davrida shoiraning «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944) kabi to‘plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan nishona edi. To‘plamdagi she’rlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g’alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir. Zulfiyaning «Mening Vatanim», «Qo‘limda qurolu ustimda shinel», «Bizni kut» kabi umidbaxsh she’rlari urush davri o‘zbek she’riyatining jangovar ruhini anglatuvchi asarlari qatoridan mustahkam o‘rin olgan.
Hozirjavob shoiraning urushdan so‘nggi yillarida yozilgan «Chorjo‘y—Qo‘ngirot» (1947), «Dalada bir kun» (1948), «Zootexnik qiz» (1952), «Tong qo‘shig’i» (1953) kabi bir qator she’rlar turkumi, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965), «Salom, sizga erkparvar ellar», «O’g‘lim, sira bo‘lmaydi urush» kabi she’r va to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi, xunrez urushlarga la’natlar o‘qiladi. Uning «So‘roqlaydi shoirni she’rim» (1960), «Oydin» (1953), «Quyoshli qalam» (1967) kabi' ocherk, poema va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustodlarning yorqin xotiralariga bag’ishlangan. Serqirra ijod egasi Zulfiya H. Olimjo ning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida p’esa va opera librettolar ham yaratdi.
Zulfiya «O’ylar», «Shalola» kabi she’riy majmualari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. «Saylanma»lari uchun Ittifoq Davlat mukofoti, hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi umumhindiston sovrini, Tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro «Nilufar» mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Ayni chog’da Zulfiyaning xaldaro do‘stlik, tinchlik va baynalmilal ruhida yozilgan badiiy va publitsistik asarlari uning katta jamoatchilik faoliyati bilan qo‘shilib ketadi. Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo‘ldi. Sovet xotin-qizlar komitetining a’zosi Zulfiya 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o‘tkazilgan birinchi Konferensiyasida qatnashib, katta anjuman xotirasiga bag’ishlangan mashhur «Mushoira» (1958) asarini yaratdi.


Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, S. Shchepachev, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet, M. Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling