O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi


Download 96 Kb.
bet2/3
Sana23.06.2023
Hajmi96 Kb.
#1651076
1   2   3
Bog'liq
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY ARXIV FONDI.

ASOSIY TUSHUNCHALAR
Arxiv - arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat muassasasi, idoraviy arxiv;
Arxiv ko'chirmasi – arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi so'zma-so'z bayon etilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko'rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
Arxiv hujjatlari - fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim bo'lgan matnli, qo’lyozma va mashinada o’qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasmalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, haritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar;
Arxiv kollektsiyasi - bir yoki bir nechta belgilari (mavzusi, qimmatliligi, ob'ekti, muallifligi, davriyligi va boshqalar)ga ko'ra birlashtirilgan, kelib chiqishi turlicha bo'lgan alohida hujjatlar yig’indisi;
Arxiv nusxasi – tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko'rsatilgan arxiv hujjatining so'zma-so'z bayon etilgan nusxasi;
Arxiv ma'lumotnomasi - yuridik kuchga ega bo'lgan va so’rovnoma asosidagi hujjatli ma'lumotga ega bo'lgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko'rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
Arxiv fondi - yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan o'zaro aloqador arxiv hujjatlari majmui;
Kelib chiqishi shaxsiy (oila, urug’) arxiv fondi - ayrim shaxs, oila, urug’ hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv fondi;
Saqlov birligi/hisob birligi – jismoniy ixtisoslashgan arxiv hujjati;
Arxivni jamlash manbai – arxiv hujjatlari bilan fondga tegishligigiga ko'ra jamlanib boruvchi arxivning fond tashkil etuvchisi;
Arxiv hujjatlaridan foydalanish – arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma'rifiy, ta'lim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish;
Kataloglar – arxiv fondlari, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjatlari (yoki ularning qismlari) mazmuni to'g’risidagi ma'lumotlar mavzu yoki soha bo'yicha belgilangan tasniflash sxemasi asosida joylashtirilgan arxivning fondlararo arxiv ma'lumotnomasi;
Jamlash – arxivni arxiv hujjatlari bilan muntazam to'ldirib borish maqsadida amalga oshiriluvchi arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini fondlashtirish hamda tashkil etish va jamlash manbalaridan ularni qabul qilib olish maqsadida yo'nalishi va darajasi bo'yicha zaruriy arxiv hujjatlari bilan to'ldirib borishga doir ishlar majmui;

Ilmiy-ma'lumotnoma apparati (IMA) – arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to'g’risidagi yagona ilmiy-uslubiy asosda tuzilgan, bir-biri bilan bog’liq, o'zaro to'ldiruvchi arxiv ma'lumotnomalari majmui (arxivning ilmiy-ma'lumotnoma tizimi);


Sharhlar – arxiv hujjatlarining alohida komplekslari tarkibi va mazmuni to'g’risidagi tizimlashtirilgan ma'lumotlardan iborat bo'lgan, ularning manbashunoslik tahlili bilan to'ldirilgan arxiv ma'lumotnomalari;
Birlashtirilgan arxiv fondi – bir-biri bilan tarixiy va/yoki mantiqiy aloqalarga ega bo'lgan ikki yoki undan ortiq tashkilotlar, shuningdek o'zaro tarixiy va/yoki mantiqiy bog’liq aloqalarga ega bo'lgan fuqarolarning faoliyati jarayonida paydo bo'lgan arxiv hujjatlaridan iborat arxiv fondi;
Yig’majild (hujjat)lar ro'yxati – saqlov birliklari/hisob birliklari tarkibi va mazmunini ochib berish, ularning fondlar ichida tizimlashtirilishi va hisobini mustahkamlash uchun mo'ljallangan arxiv ma'lumotnomasi;
Foydalanuvchi – arxiv hujjatlaridan zarur ma'lumotlarni olish va ulardan foydalanish uchun arxivga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Arxiv hujjatlarning mavjudligi va holatini (mavjudligini) tekshirish – saqlanayotgan arxiv hujjatlarining xaqiqatda mavjudligini aniqlash va yo'qolgan hujjatlarni topishni tashkil etish uchun ularni aniqlash, konservatsion-profilaktik va texnik ishlash lozim bo'lgan arxiv hujjatlarini hisobga olishdagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar majmui;
Yo'l ko'rsatkich – muayyan tartibda foydalanuvchining arxiv fondlari tarkibi va mazmuni bilan umumiy tanishtirishga mo'ljallangan arxiv fondlari to'g’risidagi ma'lumotlar mavjud bo'lgan arxiv ma'lumotnomasi;
Sug’urta nusxa - alohida qimmatli yoki noyob hujjatning boshqa moddiy manbadagi, asl nusxada mavjud bo'lgan axborotni o’qish yoki ko'rish (eshitish) imkonini beruvchi ko'chirma nusxasi;
Arxiv hujjatlarining mavzuli sharhi – foydalanuvchining so'rovi yoki arxivning tashabbusiga ko'ra ma'lum mavzu bo'yicha arxiv hujjatlari, saqlov birliklari/hisob birliklarining sanasi va arxiv shifrlari ko'rsatilgan holda tuzilgan qisqa yoki izohlangan sarlavhalari ro'yxati;
Topografik ko'rsatkichlar – arxiv saqlovxonasida hujjatli materiallarning joylashtirilishi to'g’risidagi ma'lumotlar ro'yxati;
ko'rsatkichlar – arxiv hujjatlarida keltirilgan predmet nomlarining ular haqidagi ma'lumotlar arxiv shifrini ko'rsatgan holda, alifboli, tizimli yoki boshqa biron-bir belgisiga ko'ra tuzilgan arxiv ma'lumotnomalari;
Tartibga keltirish – arxiv ro'yxatlarini tuzish, yig’mjildlarni shakllantirish va rasmiylashtirish, hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o'tkazishni o'z ichiga olgan hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ishlash va arxivlarda saqlash uchun tayyorlash, shuningdek arxiv ro'yxatlarini tuzish bo'yicha ishlar majmui;
Arxiv hujjatlarining hisobi – arxivlar tomonidan arxiv hujjatlari va arxiv fondlarining muntazam ravishda kelib tushishi, mavjudligi va holatini belgilangan birliklar asosida aniqlash hamda ularni hisob hujjatlarida aks ettirish bo'yicha tizimli monitoring olib borish;
Fondlashtirish – arxiv hujjatlarining fondlarga tegishliligini va arxiv fondlarining davriy chegaralarini aniqlash bo'yicha ishlar majmui;
Ekspert komissiyasi (EK) – korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hujjatlarining, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va ularni arxivda saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo'yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya7.
Ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) – davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo'yicha uslubiy va amaliy ishlarni o'tkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai bo'lgan tashkilot, muassasa, korxonalarning Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
Davlat arxivlari tizimini tashkil qiladigan DAJ hujjatlari quyidagi asosiy belgilar bo‘yicha turkumlashtiriladi:
1. ayrim tarixiy davrlarga tegishli hujjatlar
2. respublika miqyosidagi va mahalliy idoralarga tegishli hujjatlar
3. ayrim viloyat, shahar va tumanlarga tegishli hujjatlar
4. davlat va jamoat faoliyatining ba`zi sohalariga tegishli hujjatlar (masalan adabiyot va san`at, harbiy yo‘nalish va boshqa sohalar)
5. hujjatlarni tayyorlash uslubi va texnikasi
Davlat arxiv fondiga tegishli hujjatlar bugungi kunda uch guruhga bo‘lish: 1917 yilgacha bo‘lgan, sovet davri va 1991 yildan keyingi, mustaqillik yilari hujjatlariga mumkin.
Shu qoidaga asosan ko‘p yillar O‘zbekistonda maxsus O‘zbSSR Markaziy davlat tarixiy arxivi (MDTA), Markaziy davlat «Oktyabr inqilobi» arxivi (MDOIA) mavjud bo‘lgan edi. MDTAda respublikadagi 1917 yildan oldingi barcha arxiv hujjatlari saqlangan. Viloyatlardagi shu davrga oid (1917 yilgacha) barcha arxiv hujjatlari ham shu arxivda jamlangan. MDOIAda sho‘rolar davri arxiv jamg’armalari yig’ilgan.
1958 yilda har ikkala arxiv O‘zb MDAga birlashtirilgan va maxsus bo‘lim hisobida saqlangan. Mustaqillik sharoitida partiya arxivlarini hujjatlarini saqlash va ilmiy ahamiyatga molik jihatlarini iste`foda etish muhim vazifalarimizdan biri bo‘lib turibdi.
II Arxiv hujjatlarini markaziy, respublika idoralariga va milliy viloyat, tuman hududiy, respublika idoralariga tegishli hujjatlarga bo‘lish, tegishli davlat arxivlari - O‘zbekistonning ma`muriy - hududiy bo‘linishi asosida tashkil qilinadigan arxivlarga asos bo‘ladi. SHunday qilib O‘zbekistonda arxiv hujjatlarini tashkil etishda quyidagi printsip amal qiladi: respublika idoralari hujjatlari markaziy davlat arxivlarida, viloyat idoralari hujjatlari esa viloyat davlat arxivlarida saqlanadi.
Viloyat va tumanlarga tegishli hujjatlar arxiv hujjatlari qaysi hududda - viloyat, shahar, tumanda tuzilgan bo‘lsa, o‘sha joyda saqlanishi kerak
Davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli davlat arxivlari ham bo‘ladi. Biroq O‘zbekiston Respublikasida hozir davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli davlat arxivlari yo‘q. Boshqa davlatlarda bunday arxivlar mavjud. Masalan Rossiya federatsiyasida Adabiyot va san`at markaziy davlat arxivi, qurolli kuchlar MDA, Markaziy davlat harbiy - tarixiy arxivi va hokazo arxivlar bor.
DAJ hujjatlari tarkibida ilmiy-texnika hujjatlari, kino-foto-fonohujjatlar va boshqa maxsus hujjatlar bor. SHu sababdan hujjatlarni tayyorlash uslubi va texnikasi bo‘yicha turkumlash zarur bo‘lgan edi. Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi hamda kino-foto-fonohujjatlar Markaziy davlat arxivi tashkil etilgan
III Arxivlar doirasida hujjatlar arxiv jamg’armalari bo‘yicha turkumlashtiriladi. Arxiv jamg’armasi - fondi bu ma`lum tashkilot, idora, korxona yoki ayrim shaxs faoliyati natijasida vujudga kelgan arxiv hujjatlaridir.
Arxiv fondi - tarixiy yoki mantiqiy jihatdan bir - biri bilan aloqador arxiv hujjatlari majmui.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarida O‘zbekiston halqining moddiy va ma`naviy hayoti aks ettirilgan barcha arxiv fondlarining majmui «O‘zbekiston Milliy arxiv fondi» - deb hisoblanadi.
Arxiv jamg’armalari hajmi jihatidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Masalan, 1-15tagacha ish yig’ma jildlardan iborat arxiv jamg’armasi sifatida ajratilishi mumkin. YAna bir misol, O‘z Res. MDAda Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona viloyatlari ayrim volostlari qozilarining arxiv jamg’armalarida 1-3 tadan yig’ma jild bor. SHuningdek, Turkiston general-gubernator devonxonasi jamg’armasida 30 mingdan ortiq yig’ma jild bor. Lekin u ana shunday katta bo‘lishiga qaramay bitta son jamg’armaga kiritilgan.
Arxiv jag’armasi doirasida hujjatlar yig’ma jildlar bo‘yicha turkumlashtiriladi. Arxiv jamg’armasi shu jamg’armani tashkil qilgan idora faoliyat ko‘rsatgan davrni, ya`ni tashkil qilingan kundan to tugatilgan kungacha bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Arxiv jamg’armasiga arxiv kollektsiyasi ham kiradi va u ham jamg’arma o‘rnida hisobga olinadi. Arxiv kollektsiyasi arxiv jamg’armasiga o‘xshagan bir idora hujjatlari emas. Kollektsiyada bir necha idoralar hujjatlari bo‘lishi mumkin. Kollektsiya ayrim hujjatlar yig’indisidir. Masalan, O‘zb Res. MDAda Vaqfnomalar kollektsiyasi va frontdan kelgan xatlar kollektsiyasi saqlanadi. Jamg’armalar (fond)ni arxiv binosida joylashtirida ularning o‘zaro bog’liq jihatlari hisobga olinadi. Masalan, Oliy davlat organ (idora) lari jamg’armalari ham ma`lum tartibda bir joyda sanoat, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, va hokazo sohalar buyicha hujjatlar alohida saqlanadi.



Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling