Oʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi va uning faoliyati takomillashtirish tamoyillari


Download 39.08 Kb.
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi39.08 Kb.
#1445554
1   2
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi va uning faoliyati takomillashtirish tamoyillari

1919 yil 28 mayda RSFSR Ishchi va dehqon mudofaasi Sovetining Farmoni bilan Respublika Ichki qo‘riqlash qo‘shinlari tashkil etildi.
Turkistonda Ichki qo‘riqlash qo‘shinlari (IQQ)ni tuzish zaruriyati vujudga kelishi bilan1920 yil 29 aprelda Turkiston Respublikasi Komissarlar Sovetining 33-sonli maxsus Qarori bilan Ichki ishlar Komissarligi tarkibida Ichki qo‘riqlash qo‘shinlari shtabi tuzildi.
Keyingi yillarda BXSR (Buxoro xalq sovet respublikasi) va XXSR (Xorazm xalq sovet respublikasi) davlatlarida ichki ishlar xalq nozirligi tashkil etilgan bo‘lib, ular jamoat tartibini saqlash, aholini ijtimoiy himoyalash, shaharlarni qo‘riqlash kabi vazifalarni bajarishgan bo‘lib, mamlakatlarning ichki tartibini saqlashga mas’ul bo‘lgan.
Masalan, 1921 yil 18 maydan 23 mayga qadar o‘tkazilgan Butunxorazm sovetlarining II-qurultoyida, shuningdek, XXSR Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 26 maydagi “Ichki ishlar xalq nozirligi tashkil etish va Fayzrahmon Vaysovni Ichki ishlar xalq noziri etib tayinlash to‘g‘risida”gi Qarori bilan XXSR Ichki ishlar xalq nozirligi tashkil etildi. 1923 yilda SSSR Xalq komissarlari Kengashi huzurida Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi tashkil etilib, davlat ichki qo‘riqlash masalalari ushbu tashkilot tomonidan tartibga solingan. 1924 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududida Ichki qo‘shinlar tarkibida qorovul qo‘shinlari sifatida tashkil topgan. Turkistonda tuzilgan Ishchi-dehqon milisiyasi jamoat tartibini saqlash ishlarida ham faol bo‘lib, 1925 yil 1 dekabrda “O‘zbekiston SSRning Sovet Ishchi-dehqon milisiyasi haqida Nizomi” qabul qilindi. Jamoat tartibini saqlash maqsadida 1934 yil 10 iyulda SSSR Markaziy ijroiya qo‘mitasi qarori bilan Ichki ishlar xalq komissarligi (IIXK) qayta tashkil etilib (dastlab 1917 yil 9 noyabr tashkil etilgan) Ichki qo‘shinlar uning tarkibiga kiritildi. 1937 yilda IIXKning Chegara va ichki qo‘shinlar bosh boshqarmasi tuzilib, uning ittifoq respublikalaridagi bo‘limlari tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida IIXK Ichki qo‘shinlar tarkibida o‘zbekistonliklar ham faoliyat olib borishgan.
Odatda, ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy qism va harbiy xizmatchilarning unvonlariga gvardiya, gvardiyachi so‘zlari qo‘shilganligiga guvoh bo‘lamiz. Aslida buning Ichki qo‘shinlarga bevosita daxli bo‘lmasdan, urush yillarida chidamli, uyushgan va intizomiy askariy qismlarga faxrli gvardiya unvonini berish an’anasi mavjud bo‘lib, bunday unvonga SSSR Qurolli Kuchlarining aksariyat qo‘shinlari tarkibidagi qism va harbiy xizmatchilar sazovor bo‘lishgan.
Masalan, 1941 yil 21 sentyabrda 1-nchi Moskva motolashtirilgan o‘qchi diviziyasiga, 26 sentyabrda esa 64-nchi, 107-nchi va 12-nchi o‘qchi diviziyalarga gvardiya unvoni berildi. 1941 yil 11 noyabrda 4-nchi tank brigadasiga, sal o‘tmay, 18 noyabrda – 316-nchi o‘qchi diviziya gvardiya unvonini oldi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida SSSR IIXK Ichki qo‘shinlarining ichki qo‘riqlashga oid ayrim qism va bo‘linmalari O‘zbekistonda tashkil etilgan bo‘lib, jumladan, Toshkent shahrida – 10-motoo‘qchi polk, IIXK temiryo‘l inshootlarini qo‘riqlash qo‘shinlarining 30-brigadasi (Turkiston-Sibir, Toshkent va Ashxoboddagi temiryo‘l ob’yektlarini qo‘riqlash bo‘yicha), IIXK konvoy qo‘shinlarining 1 polk va 2 alohida batalondan iborat 47-brigadasi, IIXK Ichki qo‘shinlarining temir yo‘llar va alohida muhim ishlab chiqarish korxonalarini qo‘riqlash bo‘yicha 30-brigadasi, Qo‘qon shahrida esa 19-Qizil bayroqli kavaleriya polki faoliyat yuritgan.
1942 yil Toshkentda IIXK Ichki qo‘shinlarining 162-o‘qchi diviziyasi tashkil etilgan. Diviziya 18 ta tuzilmani o‘z ichiga olib, Ikkinchi jahon urushi yillarida SSSR 3-gvardiya armiyasi, 6, 13, 65, 70-armiyalari tarkibida Markaziy, Belorussiya, 1-Ukraina, 2-Belorussiya frontlaridagi janglarda ishtirok etishgan.
Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan va ko‘plab orden va medallarga sazovor bo‘lgan B.X.Sirojiddinov, L.A.Troynin, G.P.Shimko, X.X.Ubaydullayev, A.P.Topchiy, S.N. Bulыchev, I.P.Ramaщyenko, Ye.S.Sokolovskiylar urushdan keyingi yillarda Ichki qo‘shinlar safida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2021 yil 27 oktyabrdagi buyrug‘iga asosan, Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari Rossiya Federasiyasi Moskva shahrida joylashgan Rossiya davlat harbiy arxivida bo‘lishdi.
Arxivda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan xizmat vazifalari bilan shug‘ullangan tuzilmalarning 1918-1960 yillardagi tarixiga oid muhim ma’lumotlar o‘rganildi (Mazkur davrga oid ma’lumotlar O‘zbekistondagi arxivlarda uchramaydi);
Xususan, O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarigacha faoliyat ko‘rsatgan va jamoat xavfsizligini saqlash ishlariga mas’ul bo‘lgan 88-konvoy diviziyasining 1939-1960 yillarga oid ma’lumotlari qo‘lga kiritildi;
IIXK ichki qo‘shinlarining turli bo‘linmalarida xizmat qilgan, ikkinchi jahon urushidagi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etgan, taqdirlangan qahramonlar (X.Sulaymonov, N.Qurbonov, T. Umarov, I.Kombarov, N.Avidov M.Tonkachayev, T.Babayev) haqida ma’lumotlar qo‘lga kiritildi;
Ikkinchi jahon urushi arafasida O‘zbekistonda tuzilgan, keyinchalik boshqa shaharlarga ko‘chirilgan IIXK Ichki qo‘shinlarining tuzilmalari, ayniqsa Toshkent va Farg‘ona shaharlarida tuzilgan polklar haqida ilgari uchramagan ma’lumotlarga ega bo‘lindi;
Qo‘riqlash organlari bo‘yicha ma’lumotlar (xususan temir yo‘llarni qo‘riqlash)ga ega bo‘lindi, ayniqsa IIV qo‘shinlarining Toshkent shahrida joylashgan temir yo‘llarni qo‘riqlash bo‘yicha 24-alohida o‘qchi batalonining 1932-1946 yillarga oid tarixi bo‘yicha ma’lumotlar qo‘lga kiritildi.
Urushdan keyingi yillarda SSSR IIV IQ qaytadan isloh qilinib, uning respublikalardagi faoliyatlari kengaytirilib, O‘zbekistonda bu davrda soha faoliyatida B.X. Sirojiddinov, A.M. Chekmaryov, S.K. Ivanov, N.V. Sisilin, A.I. Yevetigniyev, F.K. Shpak, A.U. Djurayev, A.Atayev, I.G. Aleksandrov, M.F. Kotyuxin, I.A. Salimov, S.M. Saxatov va boshqa ko‘plab harbiy xizmatchilar faol ishtirok etganlar.
1954 yil mart oyida Toshkent shahriga Ittifoq konvoy qo‘shinlari 10-bo‘limi boshqarmasining ko‘chirib keltirilishi O‘zbekistonda Ichki qo‘shinlarning doimiy faoliyati yo‘lga qo‘yilishining asosi bo‘ldi.
SSSR Ministrlar Sovetining 1960 yil 13 yanvardagi № 4416-sonli Qarori asosida, SSSR IIVning Ichki va konvoy qo‘shinlari Bosh boshqarmasining tugatilishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR hududiga joylashtirilgan harbiy qismlar O‘zSSR IIV yurisdiksiyasiga o‘tkazildi.
Urushdan keyingi yillarda jamoat tartibini saqlash ishlarida ko‘ngilli xalq drujinalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1959 yil 30 sentyabrdagi “Jamoat tartibini saqlovchi Ko‘ngilli xalq drujinalari to‘g‘risida Nizom” asosida mamlakat ichki tartibini saqlashdagi roli belgilab berildi.
1962-1968 yillarda Ittifoq respublikalarida Jamoat tartibini saqlash vazirliklari tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston SSSR Jamoat tartibini saqlash vazirligi tasarrufida Ichki qo‘shinlar, ichki va konvoy qo‘riqlash qo‘shinlari faoliyat yuritgan. 3-darajali ichki xizmat generali X.Yax’yayev O‘zSSR jamoat tartibini saqlash vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
SSSR JTSV (Jamoat tartibini saqlash vazirligi)ning 1967 yil 9 yanvaridagi № 001 sonli buyrug‘i bilan 1967 yil fevralda konvoy qo‘shinlarining 10-bo‘limi asosida SSSR JTSV ning O‘rta Osiyo bo‘yicha 62–Ichki qo‘shinlar, Ichki va konvoy qo‘riqlash bo‘limi Boshqarmasiga aylantirildi.
SSSR IIVning 1968 yil 28 noyabrdagi № 0055 sonli buyrug‘i bilan O‘rta Osiyo bo‘yicha Ichki va konvoy qo‘riqlash qo‘shinlarining 62-bo‘limi SSSR IIVning 88–konvoy diviziyasi (7476 harbiy qism, Toshkent shahri) deb qayta nomlandi.
88-konvoy diviziyasi (ilgarigi 10-bo‘lim, 62-bo‘lim) tashkil etilganda, uning tarkibi diviziya boshqarmasi (74 nafarlik shaxsiy tarkib), 582, 583, 584, 585, 586 konvoy polklari, 68 alohida motoo‘qchi bataloni, o‘quv bataloni, 32 (Toshkent sh.), 33 (Dushanbe sh.), 34 (Ashxabod sh.) alohida maxsus motorlashgan milisiya batalonlaridan iborat bo‘lgan.
Diviziyani 1960-1980 yillarda general-leytenant B.X.Sirojiddinov (shtab boshlig‘i p-k Troynin, p-k Sokolovskiy), 1981-1987 yillarda general-mayor V.D.Solodkov (shtab boshlig‘i p-k Yu.A.Osipyan) 1988-1990 yillarda polkovnik Yu.A.Balaxanov (shtab boshlig‘i p-k M.P.Salyutin), 1990-1991 yillarda polkovnik M.P.Salyutin (shtab boshlig‘i p-k A.S.Rыbka), 1991-1992 yillarda polkovnik A.S.Rыbka (shtab boshlig‘i p-k Yu.A.Semenov) boshqargan.
SSSR Prezidentining 1991 yil noyabrdagi Farmoni hamda SSSR Ichki ishlar vazirining 1991 yil 28 noyabrdagi “Ichki qo‘shinlarning konvoy, maxsus motorli milisiya qismlarini ittifoq respublikalari tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi № 84 sonli buyrug‘i asosida 88 konvoy diviziyasi O‘zbekiston Respublikasi IIV tasarrufiga o‘tkazildi va 88 diviziya deb qayta nomlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining mustaqillik davridagi tarixi qator islohotlarda o‘z aksini topdi.
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunga, «Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi haqida»gi 1991 yil 21 dekabrdagi Shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10 yanvardagi “SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari va o‘quv yurtlari to‘g‘risida” PF-318-son Farmoni asosida SSSR Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan qo‘shilmalari, alohida qismlari va bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasiga olindi va respublika Ichki ishlar vazirligi qaramog‘iga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 yanvardagi № 32 sonli Qarori (Hujjat 04.05.2018 yilda o‘z kuchini yo‘qotgan) asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimi ta’sis etildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» 1991 yil 31 avgustdagi Qonunining oltinchi moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 yanvardagi 29-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, fuqarolarning konstitusion huquqlari va erkinliklarini va hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 3408-harbiy qismi negizida O‘zbekiston Respublikasining Milliy Gvardiya brigadasi tuzildi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (62814 harbiy qism) tasarrufiga o‘tkazildi.
1999 yildan keyin O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki qo‘shinlar faoliyatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yildagi bir qator qarorlari asosida Ichki qo‘shinlar tarkibida maxsus bo‘linmalar tashkil etildi va ularning faoliyati tegishli huquqiy asoslar bilan tartibga solindi.
2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan, O‘zbekiston Respublikasi IIV Ichki qo‘shinlarining maxsus bo‘linmalari negizida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘linma tashkil etildi va Ichki qo‘shinlarning kelgusi taqdiri Mudofaa vazirligi tizimi bilan bog‘landi.
Bu davrda Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus bo‘linmaga general-mayor N.I.Usmanbekov, general-mayor R.O.Eminjanov va general-mayor Isabayevlar rahbarlik qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yildagi qator farmonlari asosida maxsus bo‘linmalarning nizomlari tasdiqlanib, alohida tuzilmalarga oid kompleks masalalar tartibga solindi. 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan mazkur bo‘linmalar faoliyati takomillashtirildi va hududiy xususiyatlarni inobatga olgan maxsus bo‘linmalar tarkibida alohida tuzilmalar tashkil etildi.
Mazkur tuzilma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yildagi Qarori asosida nom va tuzilma jihatdan o‘zgartirilib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibida ichki vazifalarni bajarishga mas’ul bo‘linma sifatida qayta tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yildagi qarori asosida “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi hamda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq, shuningdek, turli noqonuniy xatti-harakatlar, jinoyatlardan xabardorlik va uni oldini olish, huquqbuzarliklar, qonunlarga qarshi xatti-harakatlar va mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni oldini olishda Ichki ishlar vazirligining jangovar xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi ichki vazifalarni bajarishga mas’ul bo‘linma Ichki ishlar vazirligining tarkibiga o‘tkazildi va ayni masalalarga mas’ul etib belgilandi.
Ichki qo‘shinlarning keyingi taqdiri esa, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilishga doir vazifalarga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Quroll Kuchlari qo‘shinlarining maxsus turi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tashkil etilishi bilan bog‘langan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligi va davlat suverenitetini himoya qilish, fuqarolarning konstitusion huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Ichki vazifalarni bajaruvchi bo‘linmasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining maxsus brigadasi bazasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvarliyasi faoliyatini tartibga solish maqsadida 2020 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi 647-sonli Qonuni qabul qilindi va 2021 yilning 17 may kunidan rasman kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 martdagi Farmoni bilan general-mayor R.M.Djurayev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni etib tayinlangan.
Qo‘riqlash xizmati faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi 555-sonli Qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga o‘tkazildi.
Qaror asosida quyidagilar Qo‘riqlash xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:
davlat ob’yektlari, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa ob’yektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashni tashkil etish;
davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari ob’yektlarida ichki rejim va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;
qo‘riqlanayotgan ob’yektlarda ichki rejim, ruxsat berish rejimlari va mol-mulkni qo‘riqlashni, jamoat tartibini saqlashni hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga ko‘maklashishni ta’minlash;
qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini joriy etish, qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni hamda ulardan foydalanish bo‘yicha samarali nazoratni amalga oshirish;
aholining O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmatidan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini quyidagi xizmat turlari orqali ishonchli qo‘riqlanishini ta’minlaydi:

  • texnik qo‘riqlash markazlari ishtirokida;

  • saf bo‘linmalari yordamida;

  • harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalari orqali;

  • qorovul bo‘linmalari ishtirokida;

  • tashvish tugmalari yordamida;

  • ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni yong‘indan ogohlantiruvchi signalizasiya vositalari orqali qo‘riqlash;

  • kirib-chiqish nazorati va boshqaruv qurilmalari bilan ishlash;

  • kabelli kollektorlar va magistrallar qurilmalarini qo‘riqlash;

  • uzoq masofalardan aniqlaydigan qurilmalar yordamida ob’yektlarni qo‘riqlash;

  • telefon aloqasi mavjud bo‘lmagan joylarda GSM uyali aloqa kanallari orqali qo‘riqlashni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4997-son Qarori[4] bilan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etish etildi.
Milliy gvardiyaning mintaqaviy oʻquv markazari[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil 3-mart kuni Shavkat Mirziyoyevning „Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oʻquv markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Nukus shahrida Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi tashkil etildi. Shuningdek, Milliy gvardiyaning Fargʻona oʻquv markazi Fargʻona mintaqaviy oʻquv markaziga, Dashtobod oʻquv markazi esa Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy oʻquv markaziga aylantirildi.
Ushbu mintaqaviy oʻquv markazlarda harbiy xizmatchi va xodimlarni boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayoni quyidagicha taqsimlangan holda tashkil etiladi:

  • Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi – Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;

  • Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi – Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun[5].

ADABIYOTLAR



    1.  ТАРИХИЙ МАЪЛУМОТЛАР, 2019-12-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-12-21

    2.  ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МИЛЛИЙ ГВАРДИЯСИ, 2019-12-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-12-21

    3.  „Президент қарори билан Миллий гвардия қўриқлаш хизмати Бош бошқармага айлантирилди“Bugun.uz. 9-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 23 февраль. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-07-09).

    4.  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QO‘RIQLASH BOSH BOSHQARMASINING FAOLIYATINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA KO‘TARISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

    5.  „Президент қарори билан Нукусда Миллий гвардиянинг минтақавий ўқув маркази ташкил этилди“Bugun.uz. 14-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 5 март. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-07-14).

Download 39.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling