O’zbekiston Respublikasi Milliy Profilaktik emlashlar haqida qonun va rejasi


Download 26.01 Kb.
Sana05.01.2023
Hajmi26.01 Kb.
#1079985
Bog'liq
milliy profilaktik emlash


O’zbekiston Respublikasi Milliy Profilaktik emlashlar haqida qonun va rejasi
Jahon bankining baholashiga ko‘ra, hozirgi kun tibbiyotida emlash iqtisodiy jihatdan profilaktik chora-tadbirlarning eng foydali va samaralisi hisoblanadi. Ommaviy emlash bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklar bilan kasallanishni va o‘lim darajasini sezilarli kamaytirib, kelgusi hayot davomiyligini oshirib, uzoq aktivlikni ta’minlab, ayrim antroponoz kasalliklarni yo‘q qiladi.
Hozirgi vaqtda dunyoda emlash vositalari bilan 40 ta yuqumli kasalliklarga qarshi samarali kurash olib borilmoqda va bu hali barchasi emas. Immunoprofilaktika bir qator infeksiyalarni nafaqat yo‘q qilish balki, kelajakda boshqariladigan yuqumli kasalliklarga qarshi emlash sonini oshirib borilishga yo‘naltiriladi. YAqin kelajakda tibbiyot amaliyotida ularni ommaviy qo‘llash bilan qo‘shimcha millionlab odamlar hayotini saqlab qoladigan yangi vaksinalar tadbiq qilinadi.
O‘zbekistonda yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash dasturi hamisha asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Jamiyat salomatligi va ayniqsa bolalar sog‘lig‘i bo‘yicha davlat har tomonlama g‘amg‘o‘rlik qilmoqda. Davlatning muhim yutuqlaridan biri ko‘p yillardan beri milliy emlash dasturiga davlat siyosati sifatida qaralishidir. Bu esa, emlash bilan qamrab olish va yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda rejali emlashni iqtisodiy ta’minotida oldiga qo‘yilgan vazifalarni birgalikda hal qilinishida zamin yaratadi. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining taalluqli qonunlari va qonunosti hujjatlari bilan kuchli siyosiy qo‘llab quvvatlangan (1996 yil 29 avgustdagi «Fuqarolarni salomatligini himoya qilish» to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 2015y. 26 avgustdagi «Aholini sanitariya epidemiologik osoyishtaligi haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respubliki Prezidentining 2007 yil 19 sentyabrdagi «Ob osnovnыx napravleniyax dalneyshego uglubleniya reform i realizatsii gosudarstvennoy programmы razvitiya zdravooxraneniya» UP-3923-sonli Farmoni, Postanovlenie O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2007 yil 2 oktyabrdagi «O merax po sovershenstvovaniyu organizatsii deyatelnosti meditsinskix uchrejdeniy respubliki» PP-700-sonli Qarori va b.q.)
Ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida odamlar uchun yuqumli bo‘lgan kasalliklarga qarshi immunoprofilaktik chora-tadbirlarini o‘tkazilishi, boshqariluvchi infeksiyalarning maxsus profilaktikasi va ularni kamaytirilishi hamda eliminatsiya qilinishi bo‘yicha asosisiy qonuniy talablarni belgilaydi.
O‘zbekistonda immunoprofilaktika bo‘yicha milliy siyosati JSSTning tibbiyot sohasida tasdiqlangan talablari bo‘yicha belgilangan asoslarga mo‘ljallangan bo‘lib, epidemik ko‘rastmalar asosida milliy emlash kalendari barchaga bepul va bir xil tayinlanadi.
O‘zbekiston emlash dasturi bo‘yicha ko‘pgina hamkorlarlar bilan samarali ish olib bormoqda. JSST, YUNISEF, GAVI, JICA kabi Xalqaro tashkilotlar va hududiy markazlar bilan yaqin ko‘p tarmoqli va samarali hamkorlik qilmoqda.
Emlash doirasida erishilgan yutuqlar davlatda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlamaoqda, maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarning 98% emlash bilan qamrab olingan bo‘lib, poliomielit, qizamiq, qizilcha, bo‘g‘ma va boshqa kasalliklar qayd etilmayapti va virusli gepatit kasalliklarini kamayishiga erishildi.
Hozigi vaqtda emlash bo‘yicha 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan majmuaviy reja amalga oshirilmoqda.
Immunoprofilaktika bo‘yicha strategik yo‘nalishlar quydigilar hisoblanadi:
1. Immunoprofilaktika dasturini yuqumli kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha yanada rivojlantirishda hududiy va global maqsadlarga erishish;
2. milliy emlash dasturini doimiy iqtisodiy ta’minlash;
3. barcha ma’muriy hududlarda o‘z vaqtida va rejali, xavfsiz emlash qamrovini 95% darjasida saqlash;
4. maxsus profilaktik emlash vositalari bilan boshqariladigan infeksiyalar ustidan epidemiologik nazoratni kuchaytirish;
5. yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini kirib kelishi/chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
6. Milliy emlash dasturini sifatli o‘tkazilishi monitoringi ustidan nazorat qilish va baholash;
7. dunyoda emlash bo‘yicha qo‘llanishga sinovdan o‘tgan vaksinalarni Milliy emlash kalendarga kiritib borishni yo‘lga qo‘yish.
Strategik ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:
profilaktik rejali emlash doirasida emlash va qayta emlash;

  • epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha emlash;

  • mamlakatda 2018-2020 ylarda qizamiq va qizilcha kasalliklari eliminatsiyasiga erishish;

  • O‘zbekistonda profilaktik emlash bilan barchani ta’minalnishiga erishish;

  • Epidemiologik ko‘rsatmalar bo‘yicha bepul emlashni Milliy emlash kalendariga kiritish.

Milliy emlash dasturi (MED), Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (DSENM) tomonidan boshqariladi, MEDning boshlig‘i etakchi mutaxassis hisoblanadi. DSENM ma’muriy hududlardagi tuman va shaharlardagi bo‘limlari bilan birga emlashni rejalashtiradi hamda sotib olish, etkazib berish va emlash bilan qamrab olinishini monitoringini olib boradi. Emlash xizmati mamlakat bo‘yicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordam (BTSYO) muassasalari darajasida (poliklinikalarda, qishloq oilaviy poliklinikalarida va shu bilan birga Qishloq virachlik punktlarida) olib boriladi.
Respublikada 2000 yildan buyon MEDni qo‘llab quvvatlashni muvofiqlashtirish uchun Idoralararo muvofiqlashtiruvchi Qo‘mita (IMQ) tashkil qilingan. SHu bilan birga emlash dasturini texnik qullab quvvatlash uchun maxsus qo‘mitalar tashkil qilingan. Misol uchun, 2012 yili Emlash bo‘yicha milliy texnik maslahat guruxi (EBMTMG), Poliomielitni eliminatsiyasini sertifikatlash bo‘yicha Milliy qo‘mita (MSK), qizamiq va qizilcha kasalliklarini eliminatsiyasini verifikatsiyalash bo‘yicha Milliy qo‘mita (MVK) va EKNT bo‘yicha Milliy qo‘mitasi tashkil qilingan. Har bir sanab o‘tilgan qo‘mitalarni o‘z o‘rni bo‘lib, vazifalari belgilab berilgan.
Asosan e’tibor dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qo‘llanilayotgan vaksinalarni milliy emlash dasturiga kiritib, uni takomillashtirib borishga qaratilgan. Milliy profilaktik emlash kalendarida bo‘g‘ma, ko‘kyo‘ta, qoqshol, qizamiq, qizilcha, tepki, sil, poliomielit, viusli gepatitning V turi, haemophilus influensae b turi (XIB), pnevmokokk infeksiyalar va odam pappiloma virusi kasalliklariga qarshi rejali emlash amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.
Mamlakat vaksina va infeksiya materiallarini etkazib berish sifatini ta’minlash uchun qonuniy asosga ega. O‘z vakolatlarini yaxshi biladigan tegishli organlar jarayonni baholash va vaksinalarni sotib olish bilan shug‘ullanadi. Milliy kalendar doirasida qo‘llanilayotgan vaksinalarning sifati avval JSSTning vaksinaga bergan malakasi bilan kafolatlanadi. Profilaktik emlash rejasi asosida vaksinalarga va xavfsiz emlash vositalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi, bu esa o‘z vaqtida, sifatli, xavfsiz va to‘laqonli emlashni ta’minlaydi.
Emlash faqat bu sohada maxsus poliklinikada tayyorgarlikdan o‘tgan va har yili tasdiqlangan sertifikatga ega bo‘lgan hamda emlash xonasida ishlashga ruxsati bo‘lgan tibbiyot emlash xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Silga qarshi emlash o‘tkazadigan tibbiyot hamshiralarining tayyorgarligi har yili sil despanseri mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi. Sertifikati bo‘lmagan, emlash xonasiga ruxsat berilganligi to‘g‘risida boshliqning buyrug‘i bo‘lmagan tibbiyot hamshiralari emlash xonasiga ishga qo‘yilmaydi.
Immunoprofilaktika bilan boshqariladigan yuqumli kasalliklar ustidan emlash va epidemiologik nazoratni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining quyidagi direktiv hujjatlari asosida tartibga solinadi va amalga oshiriladi:

  • Vaksinalarni saqlash omborlarida 2006 yildagi 148-sonli buyruq.

  • XIB-infeksiyasi 2008 yildagi 53-soli buyruq.

  • Rotovirus infeksiyalari 2007 yildagi 420-soli buyruq.

  • Polioielit va OPV ustidan epidemiologik nazoart 672-sonli buyruq.

  • 2015 yildagi “O‘zbekiston Respubliksida yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi” SanQvaMlari №0239-07.

  • 2015 yil 27 yanvardagi “Boshqariluvchi yuqumli kasalliklarni immunoprofilaktikasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 36-sonli buyruq.

  • 2018 yildagi EKNT (PPPI) ustidan epidemiologik nazoratni o‘tkazish bo‘yicha 012-3/328-sonli qo‘llanma.

«Mamlakatimizda milliy emlash kalendaridagi 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalarni xarid qilish to‘liq davlat byudjetidan qoplanadi. 2020 yilda ham ana shu vaksinalarni xarid qilish 100 foiz davlat byudjetidan amalga oshirildi.
Jahon tajribasiga tayanib, sog‘liqni saqlash tizimida bosqichma-bosqich amaliyotga yangi vaksinalar kiritilmoqda, masalan:
2001 yil chaqaloqlarni virusli gepatit V ga qarshi emlash;
2007 yil qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi uch valentli KPK vaksina bilan emlash;
2009 yil penta-valent (AKDS+VGV+XIB) vaksina bilan bolalarni 2-3-4 oylikda emlash;
2014 yil rotavirus infeksiyasiga qarshi bolalarni 2 va 3 oyligida emlash;
2016 yil pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash;
2018 yil faolligi kamaytirilgan poliomielit vaksina bilan bolalarni 4 oylikda emlash (IPV);
2019 yil Respublikada 9 yoshdagi qiz bolalarni odam papilloma virusiga qarshi emlash.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan tavsiyalarga muvofiq, har yili o‘tkir bo‘shashgan sholni epidemiologik nazorati o‘rnatilgan tartibda olib boriladi.
O‘tkir bo‘shashgan sholga gumon etilgan har bir bemordan namuna olib, akkreditatsiyadan o‘tgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining virusologiya laboratoriyasida tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Respublikada 1994 yildan poliomielitga qarshi ommaviy emlash kunlari va 8 ta chegaradosh viloyatlarda tozalash usulida poliomielitga qarshi emlash kunlari o‘tkazib kelinmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda immunizatsiya va vaksinatsiya tadbirlarini yuqorida darajada tashkil etish borasida amaliy tajriba va etarli shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemik barqarorlik ta’minlanib kelinmoqda», dedi u.
Download 26.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling