O’zbekiston respublikasi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Download 0.87 Mb.
bet9/15
Sana23.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1389199
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Hindistonda arablar. kurs ishi

Meʼmorligi
Hindistonda miloddan avvalgi 3–1ming yilliklar-dayoq mudofaa, xoʻjalik va turar joy binolari, bogʻ va suv \avzalari boʻlgan yirik sha\arlar (Sang\ol, Lot\al, Mathura, Pataliputra) qurilgan. Miloddan avvalgi 4–2-asrlarda ulkan qalʼa, saroylar (Patali-putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy ashyolarga moʻljallangan inshoot – stupalar, memorial ustun (stambxa)lar, gʻor ibodatxonalari (Karlida, miloddan avvalgi 1-asr; Ajantat, miloddan avvalgi 2-asr – milodiy 7-asr) va monastirlar, ehromlar yaratilgan. Milod boshlarida budda ibodatxonalarining yangi turlari (Sangida yer ustiga qurilgan toʻrt kolonnali peshay-vondan iborat kub shaklidagi ibodatxona, 5-asr; Ellorda yaxlit qoyatoshni oʻyib ishlangan ibodatxona, 8-asr) paydo boʻldi. 6–7-asrlarda ibodatxonalarning silliq minora shaklidagi shimoliy (Madya-Pradesh shtatida joylashgan Kxajuraxo ibodatxonalar majmuasidagi Kandarya Maxadeo va Bxubaneshvar shahridagi Mukteshvara ibodatxonalari) va zinasimon minora shaklidagi janubiy (Ma-xabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibo-datxonasi) turlari shakllandi. Shu davrda Banoras shahrida \indular ibodatxonalari qurildi; shaqarda 1500 ga yaqin ibodatxona bor. 13-asrdan Dexli sultonligi davrida yirik saroy ansambllari, masjid, gumbazsimon maqbara, minoralar (Dexdidagi Qutb Minor deb atalgan minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1 193 yildan qurila boshlangan) \amda musta\kam qalʼa devorlari bilan oʻralgan shaqarlar (Siri, Jaqonpa-no, Tugʻlaqobod, Feruzobod; ammasi 14-asrda oz. Deqli xududida) qurildi. Boburiylar davlati tashkil boʻlgach, Hindiston meʼmorligi yuksak choʻqqilarga erishdi: sha\ar va qalʼa qurilishi sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi (Agra, Ajmer, Ollo\oboddagi qalʼalar, "Fate\pur-Sekri" shaar-qalʼasi, 1569–84), qubbasimon maqbaralar (De\lidagi Xumoyun maqbarasi, 1565; Agra shahri yaqinidagi Tojmahal) qurildi.
Qurilishda marmar eng koʻp ishlatiladigan qurilish materialiga ailandi. Ayni paytda Hindistonning ayrim hududlarida meʼmorlikda mahalliy kolorit saqlanib qoldi (Asarvdagi Dadagarir buloq paviloni, 16-asrda., Datiyadagi Bir Singx Deo saroyi, 17-asr boshi). 16-asrda yaratilgan Haydaroboddagi Chor Minor Zafar arki, uning yaqinidagi Makka masjidi, Ahmadoboddagi chayqalib turadigan minoralar ulkan tarixiy obidalardir. 17-asrda "Marvarid" nomi bilan atalgan masjid, Jahongirshohning marmardan qurilgan maqbarasi, Dehlidagi Rang Mahal saroyi, durlar bilan bezatilgan masjid, sikhlarning Amritsardagi sajdagohi – Oltin ibo-datxona bunyod etildi. Baromi (Roja-sthon), Kanarak (Orissa), Kajuraxo (Madhya-Pradesh)dagi ibodatxonalar hind meʼmorligining bebaho yodgorliklariga aylandi. 19-asrda eski shaharlar (Kalkutta, Madras, Bombay) rivojlandi va Yevropa meʼmorligi uslubidagi inshootlar bunyod etildi. Mustaqillikka erishgach, mamlakatni industrlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qurilishlar avj oldi. Yangi shaharlar qurildi (Chandigarx, 1951–56, Le Korbyuzye boshchiligidagi meʼmorlar guruhi; Bxilai, 1963-yildan qurila boshlangan, hind meʼmorlari guruhi). Zamonaviy binolardan yiriklari: Kalkuttadagi bank (1969, meʼmor A.Gupta), M.Gandi muzeyi (1960–63, meʼmor Ch.Korrea), Kanpur shahridagi Texnologiya instituti (1963, meʼmor A.Kanvinde), Bombaydagi "Tojmahal" mehmonxonasi (1975).

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling