O’zbekiston respublikasi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Download 0.87 Mb.
bet7/15
Sana23.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1389199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Hindistonda arablar. kurs ishi

Transporti
Transportida temir yoʻl transporti muhim rol oʻynaydi. Transport yoʻlilar uzunligi 75 ming km (15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yoʻllari uzunligi 3 mln. km dan ortiq. 1984-yil Kalkutta shahrida met-ropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan daryo yoʻllari soni 14 ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yoʻllari orqali amalga oshiriladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 10366 ming t ded-veyt. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin, Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan. Asosiy aeropor-tlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, Bxubaneshvar, maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta aeroport mavjud.
Tashqi savdosi
Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, isteʼmol mollari va boshqa oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – Hindiston rupiyasi.
Tibbiy xizmati
Mamlakatda sogʻliqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qoʻllaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda koʻplab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona va ambulatoriya tarmoqlari mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman, Maharashtra shtatidagi Madha, Marv, Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va boshqa
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari
Hindiston mustaqillikka erishgan paytda mamlakat aholisining 96% savodsiz boʻlgan. 1949-yilda qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy talim joriy etildi. 2005-yilda savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Mamlakatda katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish maqsadida maxsus maktablar ochilgan boʻlib, ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi. Hindistonda xalq taʼdimi tizimi maktabgacha taʼlim muassasalari, boshlangʻich va kichik asosiy maktab, toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan iborat. Malakali ishchilar hunar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 5–6 yil va oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xusu-siy oʻquv yurtlari ham mavjud. mamlakatda 219 universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik va qadimgi oliy oʻquv yurtlari: Bombay universiteti, Kalkutta universiteti, Chennay universiteti va boshqa asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona (1902-yil tashkil etilgan), Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951), Chennaydagi ommaviy markaziy kutubxona (1896) va boshqa Mamla-katda 460 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat muzeyi (1851-yil tashkil etilgan), Dehlidagi hozirgi zamon sanʼati milliy galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi shahridagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi Hindiston muzeyi (1814), Birla Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy Hindiston muzeyi, Dehlidagi J. Neru (1964), M. Gandi (1948) memorial muzeylari.
Hindistonda ilmiy tadqiqotlar universitet va maxsus markazlarda, ilmiy jamiyat va assotsiatsiyalarda, fanlar aka-demiyalarida olib boriladi. Hindiston milliy fanlar akademiyasi eng yirik ilmiy muassasa hisoblanadi.institutlarga Ilmiy va sanoat tadqiqotlari ksngashi, Atom energiyasi boʻyicha komissiya, Qishloq xoʻjaligi tad-qiqotlari boʻyicha Hindiston kengashi, Tibbiyot tadqiqotlari boʻyicha Hindiston kenga-shi, Universitetlarni mablagʻ bilan taʼminlash komissiyasi, Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik qiladi. Hindiston ilmiy kongressi assotsi-atsiyasi Hindistonning eng ommaviy ilmiy jamiyatidir. Hindistonda 130 maxsus ilmiy tadqiqot muassasasi, 700 dan ortiq ixtisoslashgan laboratoriya ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Mamlakatda ilmiy tadqiqot bilan 2,5 mln. kishi shugʻullanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling