O’zbekiston respublikasi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti
Download 0.87 Mb.
|
Hindistonda arablar. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburlash bo‘lganmi
Buddaviylik o‘rniga – Islom
Musulmonlar qo‘shinlarining Hindistonga keyingi yurishlari ham shu taxlit davom etdi. Masalan, Mahmud G‘aznaviy va Muhammad Tug‘luq singari yetakchilar hind jamiyatning diniy va ijtimoiy tuzilmasini o‘zgartirmagan holda musulmonlarning siyosiy doirasini kengaytirdi. Islomdan avval Hindistonda kasta, ya’ni tabaqa tizimi hukmron bo‘lgani sababli odamlarning Islomga o‘tishi bosqichma-bosqich amalga oshdi. Ba’zan butun boshli kastalar musulmonlikni qabul qilar edi. Chunki Islomdagi tenglik insonlarni ochiq-oydin kamsitishga asoslangan kasta tizimidan jozibaliroq ko‘rina boshlagan edi. Odamlar Islomni qabul qilgan holda jamiyatda rivojlanish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi va brahmanlar kastasiga itoat etmay qo‘yishdi. Bir paytlar mintaqada mashhur bo‘lgan buddizmning yulduzi Islom kelganidan keyin so‘na boshladi. Avvallari kasta tizimidan qochishni istaganlar yirik shaharlarga ko‘chib o‘tar va buddaviylikni qabul qilardi. Islom kelgach esa ham buddizmdan, ham kasta tizimidan voz kechishga o‘tishdi. Musulmonlar buddizmni zo‘ravonlik bilan yo‘q qilgani haqidagi gap-so‘zlar yolg‘ondan boshqa narsa emas. Buddaviylar musulmon boshqaruvchilarga nisbatan toqatli bo‘lgan, ularning majburan Islomga o‘tkazilgani haqida dalil-isbot yo‘q. Islom dinining ommalashishiga sayyor ustozlar ham katta hissa qo‘shdi. Musulmon olimlar odamlarga Islomni o‘rgatish uchun Hindiston bo‘ylab sayohat qilishgan. Majburlash bo‘lganmi? Ayrimlar Hindistonda musulmonlarning ko‘pligi zo‘ravonlik va majburlashning oqibati ekanini ta’kidlasa-da, dalillar buning aksini ko‘rsatadi. Hind hukmdorlari o‘rnini musulmon rahbarlar egallagan bo‘lsa-da, jamiyat o‘zgartirilmagan. Islomga o‘tishni majburlash hollari kamdan-kamdir va ilmiy munozara o‘tkazish uchun arzimaydi. Agar Islom urushlar va zo‘ravonlik orqali tarqatilganida edi, hozir hindistonlik musulmonlarni Islom dunyosining qolgan qismiga yaqin hududlarda ko‘rardik, musulmonlar subqit’aning faqatgina g‘arbiy qismlarida yashagan bo‘lardi. Holbuki, hozir musulmonlar subqit’aning har tomoniga tarqalganini ko‘rib turibmiz. ___________________________________________________________________________________________I.Abdullaev. Beruniy va uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari. Beruniy . Tanlangan asarlar, I tom. T. «Fan», 1968. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling