O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi g’aznachiligi budjet jarayonining ishtirokchisi sifatida reja


Ajratmalar hisobiga sbakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg'armalariga


Download 29.02 Kb.
bet4/4
Sana21.02.2023
Hajmi29.02 Kb.
#1217855
1   2   3   4
Bog'liq
7. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI G’AZNACHILIGI - BUDJET JARAYONINING ISHTIROKCHISI SIFATIDA

Ajratmalar hisobiga sbakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg'armalariga tushayotgan mablag'lar hisobi tegishli moliya organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Daviat budjetining Mablag'lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifiga (2146- son yo'riqnomaning l-ilovasiga) muvofiq ochiladigan 4010 - mablag'
manbali shaxsiy g'azna hisobvaraqlarda yuritiladi. Ushbu jamg'arma mablag'lari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil, 19-noyabrdagi 520-sonli "Vazirlildar va idoralarning budjetdan tashqari jamg'armalariga mabIag'lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 201O- yil, 2-apre1dagi 2- sonli "Vazirliklar va idoralaming budjetdan tashqari jamg'armalarigamablag'lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadigan davlat bojlari, yig'imlar va soliq bo'lmagan to'lovlardan, ma'muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar banklar tomonidan 23411 balans hisobvarag'iga kirim qilinadi va o'matilgan tartibda Davlat budjeti haroda tegishli vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg'armalari o'rtasida taqsimlanadi. Davlat budjetidan mablag' bilan ta'minlanadigan vazirliklar va idoralaming budjetdan tashqari jamg'armalari daromadlari vaxarajatlari smetalarini ro'yxatdan o'tkazish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, budjet mablag'lari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi rasmiylashtirilishi, shartnoma bilan birga G'aznachilik bo'linmasiga taqdim etilayotgan huijatlarning haqqoniyligi va ulardagi ma'lumol- laming to'g'riligi bo'yicha javobgarlik budjetdan mablag' oluvchllar(yagona buyurtmachi xizmati) zimmasiga yuklatiladi.
Turg'un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish ucbun undiriladigan to'lovlar hlsobi tegishli moliya organJari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetining Mablag'lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifiga (2146- son yo'riqnomaning l-ilovasiga) muvofiq ochiladigan 4013 - Mablag' manbali shaxsiy g'azna hisobvaraqlarda yuritiladi. Mazkur shaxsiy g'azna hisobvaraqlarida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil, 2-dekabrdagi 532-son "Davolash- profilaktika muassasalarini mablag' bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, turg'un davolashprofilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undirilgan to'lovlar bo'yicha mablag'lar tushumi va ulaming xarajati hisobi yuritiladi. Ovqatlanish to'lovi (nonushtalardan tashqari) fuqarolaming shaxsiy mablag'lari, sbuningdek, korxonalar, tashkilotlar, jamg'armalar va boshqa homiylar mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi. To'lovlar kasalxona muassasalari yoki davolash-profilaktika muassasalari buyurtmanomalariga ko'ra, xizmatlar ko'rsatuvchi boshqa korxonalar tomonidan faqat taom tayyorlash uchun sarflangan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati uchun to'lanadi.Taom tayyorlash uchun asbob-uskunalar sotib olish va ulardan foydalanish bilan bog'liq boshqa xarajatlar, oziq-ovqat hlokJari binolarini saqlash, taom tayyorlash bilan hand bo'lgan xodimlar mehnatiga haq to'lash xarajatlari va hoshqalar davlat budjeti rnablag'lari hisobiga qoplanadi. Ushbu budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar va xarajatlar smetasi tuzilmaydi. Bemorlardan ovqatlanganlik uchun to'lovlar bank muassasalari orqali naqd pulda yoki plastik kartochkalari orqali arnalga oshirilishi mumkin. Ushbu shaxsiy g'azna hisobvaraqlaridan yuridik va moliyaviy majburiyatlami ro'yxatga olish va to'lovlami amalga oshirish "Daviat budjetining g'azna ijrosi qoidalari"ga muvofiq amalga oshiriladi. lumladan: budjet tashkilotlarining oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo'yicha yetkazib beruvchilar bilan o'matilgan tartibda tuzilgan shartnomalari, G'aznachilik bo'linmasining mas'ul xodimi tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asl nusxalari va ko'chirma nusxasining barcha varaqlariga "Shartnoma bo'yicha to'lovlar shaxsiy g'azna hisobvarag'idagi qoldiq doirasida amalga oshiriladi" degan izoh bilan unga biriktirilgan "Hisobga olindi" shtampini qo'yish, imzolash va "G'aznachilik" dasturiy majmuiga kiritish va hisobga olingan raqarn va sanasi ko'rsatilib, uJarni g'aznachilik bo'linmasining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlash orqali hisobga olinadi.


1O'zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 3-modda. O'RQ-360-son. 131

2Vazirlar Mahkamasining "Budjetdan mablag oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toMashi mumkin boigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro yxatini tasdiqlash to'g'risida”gi 2011 yil 24 avgustdagi 241-son qaroriga ilova.

3Adliya vazirligida 2007-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan "Davlat byudjetining g azna ijrosi Qoidalari, VIT-bo'lim

Download 29.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling