O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Download 1.46 Mb.
bet110/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

II. Asosiy nazariy qism
II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
4- kurs 7-semestr
1- mavzu. Radioaloqa va uning xususiyatlari.
Asosiy tushunchalar va tavsiflar. Axborot, xabarlar, signallar. Radio to‘lqinlar diapazoni va ularning tarqalishi xususiyatlari. Elektromagnit to‘lqinlar haqida ba'zi ma’lumotlar. Radio to‘lqinlarining chastota diapazonlari va to‘lqin uzunliklari bo‘yicha turlanishi. Atmosferaning tuzilishi va uning xususiyatlari. Yer va atmosferaning radio to‘lqinlarning tarqalishiga ta’siri. Turli diapazondagi radio to‘lqinlarining tarqalish xususiyatlari. Radio aloqa kanalining xususiyatlari. Radio kanalining xususiyatlari. Radioaloqa kanallarining texnik ko’rsatkichlari. Radio aloqani tashkil etishning umumiy tamoyillari. Radioaloqa texnikasi va uning sinflanishi. Turli tuproq-iqlim va fizik-geografik sharoitlarda qisqa va Ultra qisqa radio to‘lqinlarining tarqalishi. Tekis joylarda radio aloqani ta'minlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Qir adirliklarda radio aloqani ta'minlashning o‘ziga xos xususiyatlari. O'rmonli hududlarda radio aloqani ta'minlash xususiyatlari. Shahar sharoitida radio aloqani ta'minlashning o‘ziga xos xususiyatlari.
2- mavzu. Harbiy radioaloqa tizimlarining radiouzatuvchi qurilmalari.
Radio uzatgichning umumiy struktura sxemasi. Radiouzatgichning asosiy eksplutatsion-texnik xususiyatlari. Radiouzatkich qo‘zg‘atkichlarining tuzilish prinsiplari. Qo‘zg’atkichlarning umumiy struktura sxemasi va qo’llanilishi. Avtogeneratorlar (tayanch generatorlar). Avtogeneratorning ishlash printsipi.
Kvarts generatorlar. RC avtogeneratorlari.Tunnel diodlarida qurilgan avtogeneratorlar. Chastotali sintezatorlarni qurish printsiplari. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez usuli bilan qilingan sintezatorlar. Bilvosita sintez usuli bilan qurilgan chastotalar sintezatorlari.Raqamli chastota sintezatorlari. To‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamli sintez usuli orqali qurilgan chastota sintezatori. Gibrid raqamli sintez chastotasi sintezatori. Radio signallarini shakllantirish printsipi. Amplitudali modulyatsiya bilan telefon radio signallarini shakllantirish. Bir tomonlama tarmoqli modulyatsiya bilan telefon radio signallarini shakllantirish. Amplitudani manipulyatsiyali radio signallarni shakllantirish. Chastota va faza modulyatsiyali radio signallarni shakllantirish. Chastota va faza manipulyatsiyali radio signallarini shakllantirish. Impuls modulyatsiyali moslamalarida radio signallarining shakllanishi. Radiosignallarni o‘zgarish traktini qurish printsiplari. Radiouzatgichlarning kuchaytirilgan traktlarini qurish printsiplari. Uzatgichning kuchaytirilgan traktlariga qo’yilgan talablar va ularning mo’ljallanishi. Kuchaytiruvchi elementlar va ularning ishlash usullari. Quvvat kuchaytirgichlarining moslashtiruvchi filtrlash zanjirlari. Raqamli radio uzatish moslamalarini qurish tamoyillari.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling