O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Download 1.46 Mb.
bet116/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

Mustaqil ta’lim mavzulari
Qisqa va ultraqisqa diapazon radioto‘lqinlarini tarqalish xususiyatlari. Radioaloqa kanalining asosiy texnik ko‘rsatkichlari. Raqamli radiouzatish qurilmalarini qurish tamoyillari. Raqamli radioqabul qilgich qurilmalarni qurish tamoyillari. Harbiy radiostansiyalarda qo‘llaniladigan antennalar turlari. Dasturiy konfiguratsiyalanadigan radiostansiyalarni qurish konsepsiyasi, asosiy xususiyatlari, arxitekturasi va ishlash tamoyillari. Radiostansiya (QShM) boshlig‘ining yuklatilgan jangovar vazifani bajarishdagi ishlash tartibi (algoritmi). Hytera kompaniyasining DMR Tier III (Digital Mobile Radio) trank aloqa tizimining tuzilishi va imkoniyatlari.


V. Ta’lim natijalar. Kasbiy kompetensiylari
“Aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik mutaxassisligi”» yo‘nalishi bo‘yicha “Harbiy radiokommunikatsiya asoslari” fanni o‘rganish natijasida kursantlar:
quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun radioaloqa tizimlarini qurish to‘g‘risida;
harbiy radioaloqa tizimlari uchun raqamli radio uzatgichlar va radio qabul qiluvchilarni qurish tamoyillari to‘g‘risida;
dasturiy ta’minot bilan sozlanadigan harbiy radiostansiyalarni qurish tamoyillari to‘g‘risida;
tranking aloqasini qurish tamoyillari to‘g‘risida.
quyidagilarni bilish va foydalana olishi kerak:
radioaloqaning asosiy tushunchalari va ta’riflarini;
radio to‘lqin diapazonlari va ularning tarqalish xususiyatlarini;
harbiy radioaloqa tizimlarining raqamli uzatgichlari va radio qabul qilugichlarining umumiy tuzilishlari va asosiy taktik-texnik tavsiflarini;
uzatgichlarning qo‘zg‘atgichlarini qurish printsiplari va ularga qo‘yiladigan talablarni;
raqamli chastota sintezatorlarini qurish tamoyillarini;
O‘R QK radioaloqa tizimida ishlatiladigan radio signallar turlarini;
TLF va TLG signallarini shakllantirish tamoyillarini;
radio signallarni o‘zgartirish traktlarini qurish tamoyillarini;
raqamli uzatgichlar kuchaytirish traktlarini qurish tamoyillarini;
kuchaytirish elementlari va ularning ishlash rejimlarini;
quvvat kuchaytirgichining moslashtirish zanjirlarini;
uzatgichning chiqish kaskadlarini yuklama bilan moslashtirishni;
raqamli radioqabul qilgichlarini qurish tamoyillari, asosiy tavsiflari va struktura sxemalarini;
radioqabul qilgichlar umumiy traktlarini qurish tamoyillarini;
radioqabul qilgichlar xususiy traktlarini qurish tamoyillarini;
QT va UQT diapazoni harbiy antenna-fider qurilmalarini qurish xususiyatlari, ularning taktik-texnik tavsiflarini;
radioaloqa bilan ta’minlash shartlariga ko‘ra antennani tanlash, muxbir azimutini aniqlash va antennalarning yo'nalishini aniqlash tartibini;
QT va UQT diapazoni dasturiy konfiguratsiyalanuvchi harbiy radiostansiyalarni qurish tamoyillarini;
tranking aloqa tizimini qurish tamoyillarini;
yuklatilgan jangovar vazifalarni bajarishda radiostansiya (QSHM) boshlig‘ining ishlash tartibini.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling