O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


-mavzu. Optik tolali aloqa kabellarni ekspluatatsiya qilish


Download 1.46 Mb.
bet141/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

4-mavzu. Optik tolali aloqa kabellarni ekspluatatsiya qilish.
Optik tolali aloqa kabel turlari, klassifikatsiya(tasnif)lari, mo‘ljallanishi va qo‘llanishi. Optik tolali aloqa kabel liniyalarining telekommukiatsiya tizimi va tarmoqlarida tutgan o‘rni va ahamiyati, rivojlanish yo‘nalishlari. Maxsus aloqa kabellari turlari, mo‘ljallanishi va qo‘llanishi usullari. Aloqa tarmoq kabellari turlari, tuzilishi elektrik ko‘rsatkichlari. Optik tola bo‘ylab signallarni tarqalishi. Optik tolaning asosiy uzatish parametrlari. Optik tolali aloqa kabellarini payvandlash va ekspluatatsiya qilish qoidalari.


III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yich ko‘rsatma va tavsialar
Seminar mashg‘ulotlari
Seminar mashg‘ulotlari ma’ruzalarda olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashni, o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish, mustaqil ishlash vaqtida izlanuvchanlik, o‘quv materiallarni umumlashtirish, mantiqiy fikr-mulohaza yuritish, aniq va qisqa javoblarni tuza olish va ifodalash qobiliyatlarini shakllantirishni maqsad qiladi. Seminar davomida kursantlarni mustaqil va yerkin fikr yuritishga, nutq mahoratini oshirishga, u yoki bu muammoga nisbatan o‘z nuqtai nazarini aniq va ravshan ifoda yetishga chorlaydigan yangi pedagogik texnologiyalardan, interfaol metodlardan foydalanilish zarur.
Seminarlarga tayyorgarlik uchun topshiriqlar beriladi, guruhlar bilan konsultatsiyalar, individual ishlar tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi.
Seminar yakuni bo‘yicha kursantlarning bilim va ko‘nikmalari baholaniladi.
Amaliy mashg‘ulotlari
Amaliy mashg‘ulotlar kursantlar tomonidan zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini qurishda optik tolali aloqa kabellari va optik tarmoq vositalarini qo‘llash asosida tarmoqni loyihalashni, optik tolali aloqa tarmog’ini tashkil qilish, ichki va tashqi tarmoqlarni qurish hamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash yechimlarini bilishga, optik tolali aloqa tarmoqlarida qo’llaniladigan tolali optik aloqa kabellarini payvandlash va optik tolalardagi signallarni o’lchash apparatlarini, optik aloqa tarmog’ini hosil qilishda foydalaniladigan barcha texnik vositalarni ishlash prinsiplarini bilish va ularni texnik ekspluatatsiyasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallashlari uchun mo‘ljallangan.
O‘qituvchilar barcha turdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishda, kursantlarning yakka tartibdagi sifatlariga ko‘proq javob beradigan va o‘quv materiallarini ular tomonidan yuqori darajada o‘zlashtirishni ta’minlaydigan, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantiradigan o‘qitish usul va vositalarini tanlaydilar.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling