3.
|
V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari
Kursant bilishi kerak:
Demokratik va fuqarolik jamiyatini qurishda huquqiy bilimlarning o‘rni va ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasida huquqiy madaniyatga oid davlat siyosati, qonunchilikning asosiy prinziplari, yo‘nalishlarini; jahon harbiy tarixini asosiy bosqichlari, kurash olib borish vositalarini va qo‘shinlar taktikasini rivojlanishini; buyk sarkardalar jang san’atini, o‘tgan jahon urushlari va qurolli kurashlar sabablari va tavsiflarini (bilim);
qo ‘shinlarning kundalik va jangovar xizmat faoliyatiga doyir huquqiy va meyoriy hujjatlarning talablarini qo‘llash; O‘R QK Umumharbiy Nizomlari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy, Jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslaridan foydalanish, xalqaro urush va qurolli to‘qnashuvlar huquqi bo‘yicha adabiyotlardan foydalanish; bo‘sunuvchi harbiy xizmatchilar bilan huquqgiy tarbiya ishlarini olib boorish; harbiy tarixdan mashgulotlar o‘tish (ko’nikma);
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va faoliyatiga doyir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Oliy Majlisining muhim farmon va qarorlarini, Mudofaa vazirining buyruqlarini va boshga huquqiy hujjatlarning talablarini qo‘llash; huquiy bilimlarni qo‘llash; harbiy xizmatchilarning huquqiy madaniyati va tarbiyasiga oshirish usullarini (malaka).
|
4.
|
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
“Harbiy huquq asoslari va harbiy tarix” fanini o’qitishda ma’ruza va seminar shakllaridan foydalaniladi. Kursantlarni mustaqil va erkin fikr yuritishga, nutq mahoratini oshirishga, u yoki bu muammoga nisbatan o‘z nuqtai nazarini aniq va ravshan ifoda yetishga chorlaydigan yangi pedagogik texnologiyalardan, “Bumerang”, “Zinama-zina”, “Fikrlar hujumi” (aqliy hujum), “Charxpalak”, “3 x 4”, “Muammo”, “Labirint”, “Blis-so’rov”, “Skorobey”, “Interfaol suhbat”, “T-sxema”, “Klasster”, “FSMU”, “VEN-diagramma”, SWOT-tahlil” va boshqa (R.Ishmuhammedov, M.Yuldashev, Ta’lim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyalar, T.: Nihol, 2013) interfaol metodlardan foydalaniladi.
Seminar mashg’ulotlar davomida ta’limning
- kichik guruhlarda ishlash;
- individual topshiriqlarni bajarish;
- muammo;
- “Keys stadi” va boshqa metodlardan foydalaniladi.
Nazariy mashg’ulotlar davomida, kursantga mavzuning ilmiy-nazariy asoslari yoritib yo ‘nalish beriladi.
Ma’ruza va unga oid seminar mashg’ulotlari yakunida (joriy va oraliq), barcha mavzularini to’la o’zlashtirgan kursantlarga yakuniy nazoratda (semestr yakunida) ishtirok etishga ruxsat beriladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |