O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Download 1.46 Mb.
bet120/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

II. Asosiy nazariy qism
II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
4- kurs 7-semestr
1-mavzu. Kam quvvatli raqamli QT radiostansiyalari.
MR-9360 raqamli qisqa to‘lqin radiostansiyasi. Mo‘ljallanishi va imkoniyatlari, taktik-texnik ko‘rsatkichlari, ish rejimlari, to‘plamining tarkibi, aksessuarlari. Indikatsiya, nazorat va boshqaruv organlari. Klaviaturasi va LED ekranining tuzilishi, mo‘ljallanishi va belgilarining mazmuni. Menyusi va radiostansiyaning tayanch parametrlarini sozlash tartibi.
MR-9360 radiostansiyasini qo‘lda dasturlash. Radiostansiyani ishga tayyorlash va tayanch parametrlarni sozlash. GPS parametrlarini sozlash. Qisqa matnli xabarlar bilan ishlash. Masofadan boshqarish funksiyasini sozlash. FIX rejimida kanallar parametrlarini sozlash. ALE rejimida kanallar guruhlari va manzillarni tayinlash va aloqa bog‘lanishini o‘rnatish va qisqa matnli xabarlar jo‘natish. AUTO rejimida kanallar guruhlari va manzillarni tayinlash va aloqa bog‘lanishini o‘rnatish va qisqa matnli xabarlar jo‘natish. Sakrovchi chastotalarda aloqa o‘rnatish. FFS rejimida kanallar guruhlari va manzillarni tayinlash va aloqa bog‘lanishini o‘rnatish va qisqa matnli xabarlar jo‘natish.
MR-9360 radiostansiyasini HF PIS dasturiy ilovasi yordamida dasturlash. HF PIS dasturiy ilovasini kompyuterga o‘rnatish. Radiostansiya bilan kompyuter orasida bog‘lanishni o‘rnatish. Radiostansiyaning parametrlarini sozlash. FIX rejimida kanallar parametrlarini belgilash. ALE va AUTO rejimlarida kanallar guruhlari va manzillarni tayinlash. Sakrovchi chastotalar parametrlarini o‘rnatish. FFS rejimida kanallar guruhlari va manzillarni tayinlash va kontakt manzillarini tayinlash. Qisqa matnli xabarlar shablonini tuzish.
MR-9360 radiostansiyasida HF DTS dasturiy ilovasi orqali ma’lumotlar uzatish.
HF DTS dasturiy ilovasini kompyuterga o‘rnatish. Radiostansiya bilan kompyuter orasida bog‘lanishni o‘rnatish. Korrespondent bilan bog‘lanishni o‘rnatish va uzatish uchun ma’lumot fayllarni tayyorlash. Uzatish parametrlarini sozlash. Elektron ma’lumotlarni jo‘natish va qabul qilish.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling