14-mavzu. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda harbiy intizom holatini tahlil qilish uslubiyati.
Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar samaradorligini oshirishda tahliliy ishlarning ahamiyati. Harbiy intizom va huquqiy tartibot holati, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tahliliga nisbatan rahbariy hujjatlarning talablari. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda harbiy intizom holatini tahlil qilish davriyligi.
Yakunlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish metodikasi. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda harbiy intizom holatini tahlil qilish bo‘yicha mansabdor shaxslarning vazifalari va ish tartibi.
Guruh va vzvodda tahliliy ishlarni amalga oshirish uslubi, yakunlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish metodikasi, ma’lumotlarni jamlash va umumiylashtirish tartibi. Guruh va vzvodda tahliliy yakunlarni o’tkazish uslubiyati.
III. Amaliy mashg’ulotlar bo‘yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
4-kurs 8-semestr
“Harbiy psixologiya va pedagogika” bo‘limi
1. Harbiy xizmatchi shaxsining individual-psixologik xususiyatlari va emotsional holatlari.
1.1. Ofitserning kasbiy faoliyatida psixologik-pedagogik bilimlarning o‘rni.
1.2. Tinchlik davrida harbiy-kasbiy faoliyatning psixologik xususiyatlari.
1.3. Harbiy-kasbiy faoliyatda shaxsning individual psixologik xususiyatlari va ularni hisobga olish ahamiyati.
1.4. Temperament, xarakter va iroda, ularni tarbiyalash yo’llari.
1.5. Qobiliyat, emosiya va hissiyotlarning umumiy xarakteristikasi.
2. Harbiy jamoa psixologiyasi.
2.1. Harbiy jamoa tushunchasi. Jamoa psixologiyasi va uni tarkibiy tuzilishi.
2.2. Harbiy jamoadagi o‘zaro munosabatlarning xususiyatlari va asosiy prinsiplari.
2.3. Harbiy jamoadagi konfliktlar, ularni kelib chiqishining asosiy sabablari va profilaktikasi.
2.4. Harbiy jamoani jipslashtirish (uyushtirish) yo‘llari.
2.5. Harbiy jamoani jipslashtirishda ofitserning roli va asosiy vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |