III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar:
Amaliy mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular:
4 kurs 7 semester
1. Qurolsiz saf usullari va harakatlari. Safdan chiqish va safga qaytish. Boshliq oldiga kelish va uning oldidan ketish.
1.1. Safda turish. Joyda burilishlarga o‘rgatish. Shaxdam qadam bilan yurishga o‘rgatish. Harakatda burilishlarga o‘rgatish. Joyda va harakatda harbiycha salomlashishga o‘rgatish. Qurolsiz harakatda salomlashish.
1.2 Safdan chiqishga va boshliq oldiga kelishga o‘rgatish.
1.3 Harbiycha salom berish. Qurol bilan boshliq oldiga kelish va uning oldidan ketish
2. Qurol bilan saf usullari va harakatlari.
2.1. Qurol bilan safda turish. “Tasma - bo‘shatilsin (tortilsin)” usulini bajarish. Turgan joyda avtomat bilan usullarni bajarish. Avtomatni “tasmaga” holatidan “ko‘krakka” holatiga o‘tkazishda usullarni bajarish. Avtomatni “tasmaga” va “ko‘krakka” holatidan “orqaga” holatiga o‘tkazish usullarini o‘rganish. Avtomatni “orqaga” holatidan “tasmaga” va “ko‘krakka” holatlariga o‘tkazish usullarini bajarish. Avtomat ushlab harbiycha salomlashish.
2.2.“Qurol – QO‘YILSIN!”, “Qurol-GA!” va “Qurol- LAN!” usullarini bajarish.
Karabin va qo‘l pulemyoti bilan turgan joyda usullarini bajarish. Karabin (qo‘l pulemyotini) “oyoqqa” holatidan “tasmaga” o‘tkazish usullarini bajarish. Karabinni “tasmaga” holatidan “oyoqqa” holatiga o‘tkazish usullarini bajarish. Karabinni (qo‘l pulemyotini) “oyoqqa” holatidan “tasmaga” holatiga o‘tkazish usullarini bajarish.
2.3 Karabinni (qo‘l pulemyotini) “yelkagka” holatidan “oyoqqa” holatiga o‘tkazish usullarini bajarish. Karabinni (pulemyotni) “tasmaga” holatidan “orqaga” holatiga o‘tkazish usullarini bajarish. Karabinni (pulemyotni) “orqaga” holatidan “tasmaga” holatiga o‘tkazish usullarini bajarish. “Nayza qaytarilsin” va “nayza qo‘yilsin” usullarini bajarish.
2.4. Qurol bilan harakatlar va burilishlar. Karabin tutgan holda salomlashish. Karabin bilan “qorovulga” holatida salomlashish. Safdan chiqish, boshliqning oldiga qurol bilan borish va uning oldidan ketish.
Do'stlaringiz bilan baham: |