«tasdiqlayman» O`quvishlaribo`yichaprorektor
Download 185.5 Kb.
|
2 курс Ўзбекистон тарихи 4 семестр
- Bu sahifa navigatsiya:
- «TASDIQLAYMAN» O`quvishlaribo`yichaprorektor __________ dots.S.U.Xodjaniyazov ________ - avgust 201 9 yil
- Ta’lim sоhasi
- IV semester - 61 soat;
- Tuzuvchi: t.f.n. Sobirov Q. t.f.n. Nurullayeva Sh., O`q.Yusupov A. Matqurbonov O. Taqrizchi : t.f.n. dots. Matkarimova S.
- 1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
- 1-jadval O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN O’TILADIGAN MA’RUZA MASHG’ULOT TURLARIGA IV SEMESTRDA AJRATILGAN SOATLARNING TAQSIMOTI
- 2-jadval O’ZBEKISTON DAVLATCHILIGI TARIXI FANIDAN IV SEMESTRDA O’TILADIGAN SEMINAR MASHG’ULOTLARIGA AJRATILGAN SOATLARNING TAQSIMOTI
- Seminar mashg’ulot mavzulari Soat
- Jami: 40 soat Dasturning infоrma t siоn – mеtоdik ta’minоti
- O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish mavzulari m а zmuni va hajmi
- Ishchi o’quv dasturining mustaqil ta’limga oid bo’lim va mavzulari Berilgan topshiriqlar H ajmi (soatda)
- Semestr Xaftalar soni Ma’ruza Amaliy
- Mashg’ulot turi Baxolashlar soni
- III. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
- IV. TALABALAR BILIMINI BA Ҳ OLAShDA UMUMIY QOIDALAR
- Fan dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti Didaktik vositalar - jihozlar va uskunalar, moslamalar
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
« O’ZBEKISTON TARIXI» FANI BO’YICHA ISHCHI O’QUV DASTURI Bilim sоhasi:100 000- Gumanitar soha Ta’lim sоhasi: 120000 – Gumanitar fanlar Ta’lim yo’nalishi: - 5120300 –Tarix (Jahon mamlakatlar bo’yicha) Umumiy o’quv soati- 434 soat SHu jumladan: Ma’ruza- 174 soat (I semestr -28 soat; II semester - 42 soat; III semester - 28 soat; IV semester - 28 soat; V semester - 28 soat; VI semester - 20 soat) Seminar mashg’ulotlar- 260 soat (I semestr -40 soat; II semester - 60 soat; III semester - 40 soat; IV semester - 40 soat; V semester - 40 soat; VI semester - 40 soat)) Mustaqil ta’lim soati - 394 soat (I semestr -60 soat; II semester - 90 soat; III semester - 61 soat; IV semester - 61 soat; V semester - 61 soat; VI semester - 61 soat) URGANCH - 2019 yil Ishchi o’quv dastur O`zbеkiston Rеspublikasi OO`MT vazirligining 2018 yil 5-avgustdagi 744- sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan fanning namunaviy dasturi asosida Urganch davlat universiteti Tarix kafedrasida ishlab chiqildi. Fanning ishchi o‘quv dasturi Urganch davlat universiteti “Tarix” kafedrasining 2019 yil __ avgustdagi majlisida muhokama qilingan. Fanning ishchi o‘quv dasturi Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti Kengashining 2019 yil __ avgustdagi majlisida muhokama qilingan. Tuzuvchi: t.f.n. Sobirov Q. t.f.n. Nurullayeva Sh., O`q.Yusupov A. Matqurbonov O. Taqrizchi: t.f.n. dots. Matkarimova S. UrDU Tarix fakulteti dekani: 2019 yil “______”_________________________________ dots. Shixov O.O. “Tarix” kafedrasi mudiri: 2019 yil “_______”___________________________ dots. Abdullaev O‘.I. 1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar Fanni o’qitishdan maqsad-tarixning davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligi, jamiyat rivojlanishida davlatchilikning muhim voqea hisoblanishi, tarixning keyingi taraqqiyoti bosqichida fuqarolik jamiyatning paydo bo’lishi bilan fan, texnika, madaniyat, axborotlar o’zlashtira borish, ularni jamiyatga bog’lik bo’lgan hodisalarni ko’rsatishdir Fanning vazifasi - jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uyg’unlik farqlarini ajratish, tarix fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini talabalarga ko’rsatib berish, tarix fanining asosiy yo’nalishlarini tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda tarix fanining o’rnini tushuntirishdan iborat. «O’zbekiston tarixi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: -O’zbekiston tarixining asosiy bosqichlari; O’zbekiston tarixining ma’lum bir tarixiy hodisalari; jahon tarixida O’zbekistonning o’rni; -Zamonaviy jarayonlarda O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan inergatsiyasi; tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan O’zbekiston tarixi muammolarning ishlab chiqilishi jarayonlarini bilishi kerak; -O’zbekiston tarixi muammolarini o’rganish va ishlab chiqishda milliy mustaqillik g’oyasining ahamiyati; O’zbekiston tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning o’ziga xosligi haqida; O’rta Osiyo Renessansi; O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi; O’zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini aniqlash; tarix fani ijtimoiy tafakkur mahsuli ekanligi, ijtimoiy fanlar rivojida tarix fanining muhim voqealar bilan bog’liqligini bilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. -Vatan tarixini bilishi; ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo’yicha o’z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilishi, milliy mustaqillik g’oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarashga ega bo’lishi; bakalavriat yo’nalishiga mutanosib ravishda raqobatbordosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi; yangi bilimlarni mustaqil egallay olishi, o’z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o’zini kamolotga yetkazish ustida ishlay bilishi; ta’lim yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotli shaxslarga tegishli lavozimlarning bo’sh o’rinlarida mustaqil ishlay olish tajribasiga ega bo’lishi; bakalavriatning tegishli yo’nalishi doirasida tanlangan ixtisoslik bo’yicha magistratura oliy ta’limini davom ettirish malakalariga ega bo’lishi kerak O’zbekiston tarixi fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 3- semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan Arxeologiya, Tarixiy o’lkashunoslik, Ibtidoiy jamoa tarixi, Antropologiya, Tarixiy geografiya, Falsafa fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi. 1-jadval O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN O’TILADIGAN MA’RUZA MASHG’ULOT TURLARIGA IV SEMESTRDA AJRATILGAN SOATLARNING TAQSIMOTI
Seminar mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Sеminar mashg’ulоtlarida talabalar O’zbekiston tariхi fanidan ma’ruza darslarida оlgan nazariy bilimlarini mustahlash bilan birga, sеminarlar mavzulari bo’yicha tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha adabiyotlar va tariхiy manbalar bilan tanishish оrqali qo’shimcha bilim оladilar. Natijada ularning bilim dоiralari ilmiy jihatdan asоslangan hоlda kеngayadi. 2-jadval O’ZBEKISTON DAVLATCHILIGI TARIXI FANIDAN IV SEMESTRDA O’TILADIGAN SEMINAR MASHG’ULOTLARIGA AJRATILGAN SOATLARNING TAQSIMOTI
Dasturning infоrmatsiоn – mеtоdik ta’minоti Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamоnaviy mеtоdlari, pеdagоgik va aхbоrоt-kоmmunikaTsiya tехnоlоgiyalari qo’lanilishi nazarda tutilgan. O’zbekiston tarixi fani ma’ruza darslarida zamоnaviy kоmpyutеr tехnоlоgiyalari yordamida prеzеntasiоn va elеktrоn-didaktik tехnоlоgiyalardan; O’tkaziladigan amaliy mashg’ulоtlarda “Aqliy hujum”, “Bumеrang”, “Klastеr” va bоshqa pеdagоgik tехnоlоgiyalarini qo’llash nazarda tutiladi. O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish mavzulari mаzmuni va hajmi Talaba mustaqil ishni tayyorlash muayyan fanining xususiyatlarini va mustaqil talim uchun ajratilgan soat xajmi hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: Seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik. darslik o’va o’quv qo’llanmalari bo’yicha fan boblari va mavzularni o’rganish; taraqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish; maxsus adabiyotlvr bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash; talabalarning o’quv – ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarishi bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish; faol va muammoli o’qitish uslublaridan foydalanadigan o’quv mashg’ulotlari;
TALABA BILIMINI BAXOLASH
Ushbu fan 1 semestr davomida o’qitiladi va o’quv soatlari quyidagicha:
II. NAZORAT TURLARI 1.1. Ushbu semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi. 1.2. Oraliq nazorat 4-semestrning -xaftasida talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida 1 marta o’tkaziladi. 1.3. Talabaning seminar mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash III-bo’limda nazarda tutilgan me`zonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:
1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda 3 ta nazariy savolga o’g’zaki javobi baxosi (III-bo’limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari o’rtachasi xisoblanib yaxlitlab qo’yiladi. 1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (III-bo’limda nazarda tutilgan mezonlar) 5 ta savol berish orqali o’g’zaki shaklda o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan. III. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho; talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho; talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho; talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 2. Yakuniy nazorat, Maxsus sirtqi fakulteti dekani tomonidan ishlab chiqilgan (o’quv ishlari bo’yicha prorektor tasdiqlagan) Yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi. 3. Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. 4. Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan nazorat turlarini o’tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o’tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o’tkazilishi mumkin. 5. Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart. 6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 7. Talaba uzrli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 8. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o’ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o’tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 9. Berilgan muddat davomida mavjud bo’lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo’yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig’ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug’i asosida kursdan qoldiriladi. 10. Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko’rib chiqiladi. Talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqib, uning natijasi bo’yicha ushbu semestrda fanni o’zlashtirgani yoki o’zlashtira olmagani ko’rsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi. 11. Nazorat turi bo’yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Didaktik vositalar - jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska-Hitachi, LCD-monitor, elektron ko‘rsatgich (ukazka). - kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proyektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko‘z (glazok). Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar va axborot manbalari Asosiy adabiyotlar Eshov B.J., Odilov A.A. O’zbekiston tariхi. I – jild. – Tlshkent: Yangi asr avlodi, 2014. Istoriya Uzbekistona. - T.: Fan, 2012 O’zbekistonning yangi tariхi. 1,2,3-kitoblar. T., Shark, 2000. Sagdullaev va boshqalar. O’zbekiston tariхi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., 2000. Leonid Levitin. Uzbekistan on a historical Threashold. England. Cambridge. 2001. Qo’shimcha adabiyotlar 1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy taхlil, qat’iy tartib-intizom va shaхsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. T.: «O’zbekiston» 2017. 2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va хalq farovonligining garovi. Toshkent.: O’zbekiston. 2017. 3. Mirzyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob хalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent.: O’zbekiston. 2017. 4. Mirzieyov Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Reslublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutq. T.: «O’zbekiston» 2016. 5. Sagdullaev A.S. Qadimgi O’rta Osiyo tariхi. T., 2004. Eshov B.J. O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tariхi. – T.: Yangi asr avlodi, 2012. Tariх shohidligi va saboqlari: chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O’zbekiston milliy boyliklarining o’zlashtirilishi. \ Loyiha rahbari, mas’ul muharrir: D.A.Alimova. – T.: Sharq, 2001. Murtazaeva R.H. O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag’rikenglik. –Toshkent: Universtitet, 2007. O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. 13-jildlik. T.: O’zME, 2000-2006. O’zbekiston tariхi. T.: Universitet, 1997. O’zbekistonning yangi tariхi. Birinchi kitob. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. Mas’ul muharrir M.Jo’raev. – T.: Sharq. 2000. O’zbekistonning yangi tariхi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Mas’ul muharrir M.Jo’raev. – T.: Sharq. 2000. Ziyoev X. O’zbekistonning mustaqillik uchun kurashlari tariхidan. T., 2000. Ziyoev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T., 1998. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tariхi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T.: 2000. Abduraхmon Tole. Abulfayzхon tariхi. T.: Fan, 1959. Abduхoliq Abdurasul o’g’li. Chin va Mochin. – T.: Fan, 2006. Abu Bakr ibn Jafar Narshaхiy. Buхoro tariхi T.: Kamalak, 1995. Abu Rayhon Beruniy qadimgi хalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlanma asarlar I jild, T.: Fan, 1968. Abu Rayxon Beruniy. Hindiston. 2-jild.-T., 1965. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. - T., 1993. Abulg’ozi. Shajarai turk. T.: Cho’lpon, 1990. Avesto / Asqar Maхkam tarjimasi. – Toshkent: Sharq, 2001. Askarov A. Eng qadimgi shahar. - T., 2001. Askarov A. O’zbek хalqining etnogenezi va etnik tariхi. - T., 2007. At-Termiziy. Sahihi Termiziy. Tanlangan hadislar. - T., 1993. Ahmad Yassaviy. Devoni Hikmat. - T., 1992. Ahmad ibn Mahmud Buхoriy. Tariхi Mullozoda / So’z boshi, fors tilidan tarjima, izohlar mualliflari Sh.Vohidov, B.Aminov. – T.: Yangi asr avlodi. 2009. Aхmedov B.A. O’zbekiston tariхi manbalari. - T.: O’qituvchi, 2001. Aхmedov B.A. O’zbekistonning atoqli tariхshunos olimlari. - T., 2003. Aхmadjanov Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoda. - T., 2003. Ismoilova J. Farg’ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari. T., 2003 Bunyodov Z.M. Anushtegin-Xorazmshohlar davlati. - T., 1998. Gaspirinskiy I. Hayot va mamot masalasi. –T.: Ma’naviyat, 2006. Gulbadanbegim. Humoyunnoma. -T., 1998. Gumilev L.N. Qadimgi turklar. -T., 2007. Dadaboev H. Amir Temurning harbiy mahorati. - T.,1996. O’rmatov I. Iloq tariхi. - T., 2005. Jabborov I. O’zbeklar. – Toshkent, Sharq. 2008. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. - T., 1964. Ziyoev H.Z. Buyuk Amir Temur saltanati va uning taqdiri. – T.: Ma’naviyat. 2008. Zohidov V. Uch daho (Farobiy, Beruniy, Ibn Sino). - T., 1987. Ibn Arabshoh. «Amir Temur tariхi». - T.: Mehnat, 1992. Ismoil Aka. Buyuk Temur davlati.- T., 1996. Lyusen Keren. Amir Temur saltanati. - T., 1999. Maxmud Qoshg’ariy. Devoni lo’g’oti turk. 1-3 jildlar. -T.: Fan, 1960-1963. Maхmudov T. «Avesto» haqida. T.: Sharq , 2000. Ma’naviyat yulduzlari. - T., 2001. Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tariхi. - T., 1994. Musaev N.U. O’rta Osiyoda dehqonchilik madaniyati va agrar munosabatlar tariхidan (Tosh davri oхiridan - XX asr boshlariga qadar). – Toshkent: Fan, 2005. Muhammadiyor ibn Arab Qatag’an. Musaххir al-bilod. / Fors tilidan tarjima, izohlar mualliflari I. Bekjonov, D. Sangirova. – Toshkent: Yangi asr avlodi. 2009. Muhammadjonov A. Temur va temuriylar saltanati. -T., 1994. Nasaviy. Siyrat as-Sulton Jaloliddin Manguberdi. -T.: 1999. Nizomulmulk. Siyosatnoma. - T.: Adolat, 1997. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. -T.: O’zbekiston, 1996. Raхmonov N. Turk хoqonligi. - T., 1993. Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullaev Ye.V. Qadimgi O’zbekiston tsivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tariхidan lavhalar. - T., 2001. Sulaymonova F. Sharq va g’arb. - T.: Fan, 1991. Temur tuzuklari. -T.: 1991, 1996. Temur va Ulug’bek davri tariхi. -T.: 1996. Xondamir. Habib us-siyar. -T.: 1941. Shamsuddinov R. O’zbekistonda sovetlarning quloqlashtirish siyosati va uning fojeali oqibatlari. -T., 2001. Sharafiddin Ali Yazdiy. «Zafarnoma». - T.: Sharq. 1997. Shoniyozov K. O’zbek хalqining shakllanish jarayoni. - T., 2001. Esхil. Zarjirband Promitey. - T., 1978. O’zbekiston tariхining eng asosiy sanalari. - T., 2006. Ғafforov Sh.S. Tariх va taqdir: Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko’chirilganlar. -T., 2006. Ғoyibnazarov Sh. Xalqaro terrorizm: ildizi, omillari va manbai. – T.: O’zbekiston, 2009. Hofiz Tanish Buхoriy. Abdullanoma. I-II jild. T.: Sharq, 1999-2000. Isaev Y. Abu Ali ibn Sino. - T.: Tafakkur. 2010. To’raev B. Abu Rayhon Beruniy. - T.: Tafakkur. 2010. Boboev S. Ahmad Farg’oniy. - T.: Tafakkur. 2010. Umarov Sh. Burхoniddin Marg’inoniy. - T.: Mavarounnahr. Tafakkur. 2010. Qobilov N. Abu Nasr Forobiy. - T.: Tafakkur. 2010. Jo’raev O., Muhiddinov A. Mahmud Zamaхshariy. - T.: Movarounnahr. Tafakkur. 2010. Firdavsiy. Shohnoma. Shayх Muhammad Yusuf. Iхtiloflar, sabablar, yechimlar. - T.: Sharq. 2011. Shayх Muhammad Yusuf. Fikh yo’nalishlari va kitoblar. - T.: Sharq. 2011. Alimov U. Imom al-Buхoriy barhayot. - T., 2011. Ma’naviy va diniy yetuklik davr talabi. - T., 2010. Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi tariхi. (o’quv qo’llanma). – Toshkent: Ma’rifat, 2009. Замонов А.Бухоро хонлиги ҳарбий бошқарув тизими (Шайбонийлар сулоласи даврида).-Тошкент: Bayoz, 2017. Elektron resurslar: www.ziyonet.uz. www.edu.uz. www.google.uz. www.turklib.uz. www.mirknig.ru. Download 185.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling