O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana07.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1337343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kurs ishi (1)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr 
kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini 
mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari 
rolini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 
 
Kredit ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini 
qoʻllab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Boʻsh mablagʻlarni jalb qilib, ularni 
kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklari iqtisodiy 
jarayonlarda muhim oʻrin tutadi. 
Bu borada koʻrilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan 
investitsiya loyihalarini kreditlash koʻlami sezilarli darajada kengayib, kredit 
portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 
ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion soʻmlik kredit ajratildi. 
Yigʻilishda bank tizimida ijobiy natijalar bilan birga, qator muammolar ham borligi 
qayd etildi. Joriy yilda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga bank sohasi 
boʻyicha 24 mingdan ziyod murojaat boʻlgani shundan dalolat beradi. 
Videoselektorda muammoli kreditlar masalasi muhokama qilindi. Bunday kreditlar 
jami kreditlarning 1,8 foizidan kam boʻlsa-da, yil boshiga nisbatan oshgani qayd 
qilindi. Hududlar kesimida muammoli kreditlarning 76 foizi Toshkent shahriga, 5 
foizi Qashqadaryo, 3 foizi Buxoro viloyatiga toʻgʻri keladi. 



Shuningdek, hokimliklar va tarmoqlar tomonidan ayrim loyihalar puxta ishlab 
chiqilmagani oqibatida bir qator obyektlar oʻz vaqtida ishga tushmagani va kreditlar 
qaytishi choʻzilayotgani koʻrsatib oʻtildi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, 
Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida kredit 
mablagʻlari ajratilgan ayrim investitsiya loyihalari haligacha boshlanmagani tanqid 
qilindi. 
Uy-joy fondini taʼmirlash va turar joy binolarini barpo etishga qaytarish manbalari 
va imkoniyatlari toʻliq oʻrganilmasdan kredit ajratilishi natijasida umidsiz qarzlar 
koʻpaymoqda. Masalan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va koʻp qavatli uy-
joylar qurilishi boʻyicha katta miqdorda muammoli kreditlar mavjud. Ulardan eng 
koʻpi – Toshkent shahrida 32 milliard soʻm, Qashqadaryo viloyatida 27 milliard 
soʻm, Andijon viloyatida qariyb 20 milliard soʻm va Buxoro viloyatida 14 milliard 
soʻmdir. 
Davlatimiz rahbari muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini 
yanada kengaytirishini, ularni undirish boʻyicha banklar, qarzdor korxonalar, 
kompaniya va uyushmalar, hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligini 
taʼkidladi. 
Banklarning kredit uchun resurslar jamlashdagi faolligi ham yetarli emas. Aholi va 
yuridik shaxslarning boʻsh mablagʻlarini bank depozitlariga, birinchi navbatda, 
muddatli va jamgʻarib boriladigan depozitlarga jalb qilish banklarning moliyaviy 
barqarorligini mustahkamlash imkonini beradi. 
Prezidentimiz tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari kredit 
liniyalarini yanada koʻproq jalb etish va ularni toʻliq oʻzlashtirishni faollashtirish 
lozimligini qayd etdi. 



Tijorat banklari ustav kapitali asosan davlat ulushi hisobiga oshirilib, xususiy sektor 
mablagʻlari deyarli yoʻnaltirilmagani jiddiy tanqid qilindi. 
Oʻtgan ikki yilda davlat tomonidan banklarning kapitaliga qariyb 1 milliard dollar 
miqdorida mablagʻlar ajratilgan. Koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan davlat 
ulushiga ega deyarli barcha banklar, jumladan, “Qishloq qurilish bank”, 
“Oʻzsanoatqurilishbank”, “Asaka” bank, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, 
“Aloqabank” va “Ipoteka-bank” ustav kapitalida jismoniy va yuridik shaxslarning 
aksiyalari ulushi keskin kamaygan. Shuning uchun xususiy sektor mablagʻlarini 
banklarning ustav kapitaliga faol jalb etish kerakligi taʼkidlandi. 
Yigʻilishda tijorat banklarining kuzatuv kengashlari banklarning strategik 
rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash va faoliyatini yaxshilash boʻyicha kutilganidek 
ishlamayotganiga eʼtibor qaratilib, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi davlat 
tasarrufidagi banklarning kuzatuv kengashlari faoliyatini tanqidiy oʻrgangan holda, 
ular tarkibini tubdan qayta koʻrib chiqishi va samaradorligini oshirishi boʻyicha 
koʻrsatma berildi. Mamlakatimiz moliya muassasalari faoliyatini takomillashtirish 
uchun xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi qoʻyildi. 
Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash 
maqsadida mikrokreditlar hajmini keskin oshirish, ularni ajratish tartibini 
soddalashtirish zarurligini taʼkidladi. 
Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari 
eshitildi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling