O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


II BOB. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etishda xalqaro savdoning o’rni


Download 452.88 Kb.
bet8/11
Sana19.04.2023
Hajmi452.88 Kb.
#1365408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
II BOB. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etishda xalqaro savdoning o’rni.
2.1 Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining xalqaro savdoga ta’siri.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida 2019-yilda xalqaro savdoning yillik o’sish surati 70-yil davomidagi eng quyi darajasigacha pasaydi. 2019-yilda xalqaro savdo hajmi 12 %ga qisqardi. Xalqaro savdoning 2019-yilda pasayishi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan bashorat qilingan edi. Ammo bu bashoratlardan hech birida pasayish sur’atlari bunday keskin tendensiyaga ega bo’liishi kutilmagan edi.xususan, Jahon savdo tashkiloti tomonidan xalqaro savdoning hajmi 10 %ga qisqarishi taxmin qilingan edi.
Iqtisodchi olimlar xalqaro savdoning bunday keskin qisqarishini qator sabablar bilan asoslab berishga harakat qilishmoqda. Bu sabablarning hammasi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bilan bog‘liq. Xususan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqi­rozi jahon aholisining turmush darajasini yomonlashtirdi. Bu esa inqiroz sharoitida uy xo‘jaliklari va firmalarning iste’molini pasaytirdi. Ayniqsa uzoq muddatli iste’mol tovarlari (avtomobillarga, maishiy texnika va h.k.ga) va investitsion tovarlarga (sanoat texnikasiga) talab keskin pasaydi. Chunki bu tovarlar savdosi boshqa tovar­larga qaraganda kredit bozori holatiga ko‘proq bog‘liq hisoblanadi.
Uzoq muddatli iste’mol tovarlariga va investitsion tovarlarga bo‘lgan talab- ning pasayishi o‘z navbatida ushbu tovarlarni ishlab chiqarishda xomashyo yoki yarimfabrikat bo‘ladigan tovarlarga talabning susayishiga olib keldi. Xususan, 2019-yilda po‘lat va temirga bo‘lgan jahon bozori talabi keskin qisqardi. 0‘z nav­batida temir va po‘lat kabi xomashyo tovarlariga jahon bozorida talabning pasa­yishi ko‘plab mamlakatlar qurilish tarmog‘idagi ishlab chiqarish hajmining qis­qarishi bilan ham bog‘liqdir. AQSh, Buyuk Britaniya, Irlandiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda inqirozdan oldin qurilish tarmog‘i jadal sur’atlar bilan rivojlanib kelgan. Bu holat o‘sha davrda temir va po‘lat kabi tovarlarga jahon bozorida yuqori talabni shakllantirgan. Ammo inqiroz sharoitida bu korrellyatsion bog‘liqlik salbiy oqibatga olib keldi.
Boshqa tarafdan olganda, jahon YalM va xalqaro savdoning tovar tarkibi bir- biridan farq qiladi. Misol uchun, uzoq muddatli iste’mol tovarlari va investitsion tovarlarning jahon YalM dagi ulushi oz bo‘lsada, ushbu tovarlarning xalqaro sav. dosidagi ulushi nisbatan katta hisoblanadi. Natijada bu tovarlarga jahon bozoridagi talabning qisqarishi xalqaro savdoga jahon YalM ga qaraganda ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Xalqaro kooperatsion aloqalarning yomonlashuvi ham xalqaro savdo statisti- kasining yomonlashuviga olib keldi. Gap shundaki, xalqaro kooperatsiya doirasida ayrim tovarlar yakuniy holatiga yetgunga qadar mamlakatlar chegaralarini bir necha marta kesib o‘tishadi. Xalqaro savdo statistikasida esa ushbu tovarlar reeksporti va reimporti mos ravishda eksport va importga qo‘shilardi. Natijada, xalqaro savdo statistikasining ko‘rsatkichlari o‘sib borardi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqi­rozi sharoitida bunday tovarlarning xalqaro harakatining kamayishi xalqaro savdo statistikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi jahon bozorida ko‘plab tovarlar­ning narxining pasayishiga olib keldi. Xususan, neftning va boshqa bazis tarmoq tovarlarining narxlarining keskin pasayishi hisobiga xalqaro savdoning joriy narxlardagi qiymati (AQSh dollaridagi qiymati) 23 %ga pasaydi.
Natijada 2019-yilda jahonning deyarli hamma mamlakatlarida va mintaqalarida tashqi savdoning qisqarishi kuzatildi. Quyidagi jadvalda jahonda va uning mintaqalarida YalM ning va tovarlar tashqi savdosining yillik o‘sish sur’atlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
2007-2009-yillarda xalqaro jahon yalpi ichki mahsuloti va xalqaro tovarlar savdosining yillik o'sish sur’atlari.

Jadval ma’lumotlari tahlili asosida jahon YalM va xalqaro savdo o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik borligini aytish mumkin. Xususan, jahon YAMM 2019-yil­da (2015-yil narxlari bo‘yicha) 2,3 %ga pasaygani holda xalqaro tovarlar savdosi 12,2 %ga pasaydi. Dunyo mamlakatlarida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi kurash dasturlarining muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi natijasida 2010-yilda xalqaro savdo yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘ldi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, jahon eksporti hajmi 2017-yilda FOB narxlarida

  1. trln. dollarni tashkil etdi va 1980-yilga nisbatan 31,0 martaga oshdi. Ushbu davr ichida jahon eksportining geografik tarkibida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergan. MiSol uchun, rivojlangan mamlakatlar ulushi 1980-yilda 66,3 %ni tashkil etgani holda 2020-yilga kelib 51,1 %ga teng bo‘ldi. Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi esa 1980-2020-yillar ichida 30,0 %dan 44,7 %ga qadar ortdi.

Xalqaro savdoning geografik tarkibini tahlil qilish xalqaro tovarlar eksportida Yevropa mintaqasi, xususan, Yel yetakchilik qilayotganligini tasdiqlaydi. 2020-yil­da Yevropada tovarlar eksporti 6,7 trln. dollarni tashkil qildi. Yel da Germaniya eng yirik eksportyor mamlakat hisoblanadi. Germaniya eksporti 2018-2019-yil- larda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri oqibatida 22 %ga qisqa- rib, jahon tovarlar eksportidagi ulushi 7,9 %ga qadar qisqardi. Natijada, Germaniya jahonning yetakchi eksportyor mamlakatlari ro‘yxatida Xitoy va AQSh dan keyingi uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Jahonning yetakchi eksportyor mamlakatlari ro‘yxati- da birinchi o‘rinni egallagan Xitoyda tovarlar eksporti 2020-yilda 2019-yilga 7 %ga o‘sib, 2209 mlrd. dollarni tashkil qildi va jahon tovarlar eksporti tarkibidagi ulushi 11.7 %ga teng bo‘ldi.
Jahonning yetakchi importyor mamlakatlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalla­gan AQSh da tovarlar importi 2020-yilda 2329 mlrd. dollarni tashkil qildi va o‘t- gan yilga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Jahon tovarlar importida Xitoyning ulushi

  1. %ga teng boidi va yuqori o‘sish sur’atiga ega.

2019-2020-yillarda xalqaro savdoda erishilgan ijobiy natijalardan biri bu Jahon savdo tashkilotiga a’zo mamlakatlar tomonidan inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish maqsadida tashqi savdo siyosatida yangi chek- lovlardan, proteksionizm usullaridan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaganligidan iborat. JST 2017-yildan boshlab bunday milliy cheklovlarni pasaytirishga erish- di. Ammo ko‘nlab mamlakatlarda ishsizlikning yuqori darajasining saqlanib qolishi, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy tovar ishlab chiqaruv- chilarni himoyalash maqsadida mamlakatlar tomonidan proteksionistik siyosatni qo‘llashga ehtiyojini oshirmoqda.

Download 452.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling