O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Mavzuga doir eng muhim materiallar


Download 1.87 Mb.
bet117/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Mavzuga doir eng muhim materiallar
PREZIDENT I. KARIMOV NUTQLARI Ehtirom

Aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar!


Bugun biz o'zbek xalqi hayotida unutilmas tarixiy bir voqeaning guvohi va ishtirokchisi bo'lib turibmiz.
Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda buyuk bir davlatga asos solgan, olamni tebratgan, nomi yetti iqlimda mashhur bo'lgan ulug' bobokalonimiz Amir Temur haykalini ochish marosimiga yig'ildik.
Bugun Sharqda tengi yo'q sarkarda mustaqillik, istiqlol sharofa-ti bilan o'z vataniga qaytdi.
Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o'z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeyini muno­sib o'ringa qo'yish imkonidan mahrum edi.
Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo'yoq bilan o'chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad, xalqimizning yuragi-dan milliy ong, milliy g'urur tuyg'usini yo'qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko'ndirish edi. Lekin o'zbek xalqi o'z ajdodlarini, o'z ba-hodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to'rida saqladi.
Muhammad Tarag'ay Bahodir o'g'li Amir Temur yoshlik chog'idan mard, dovyurak, g'ururli, o'tkir zehn va aql-u idrok ega-si bo'lib o'sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san'atni egalladi. Qur'oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o'rgandi. Iymon-e'tiqodli, halol-pok bo'lib у etishdi.
U yoshligidan boshlab o'z oldiga ona yurtini mo'g'ul bosqinchi-laridan ozod qilish maqsadini qo'ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohi-bi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko'tarib, dunyoga mashhur qildi.
Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san'ati ko'p asrlar davo-mida Sharq-u g'arb davlatlariga o'rnak va andoza bo'ldi. Uning za-monida madaniyat, ilm-u fan, me'morchilik, tasviriy san'at, musiqa, she'riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko'p an'analari takomilga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din ahllariga ko'rgazgan chek-siz mehr-muruvvati, ayniqsa, ibratlidir.
Ko'hna tarix sahifalari buyuk bobomizning millat va el-ulus manfaati bobida chekkan mislsiz zahmat hamda ko'rsatgan shijoat-lariga guvohlik beradi.
Insof-iymon tuyg'usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyb yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-qudrat zo'rlik, zo'ravonlikda emas, aksincha, adolatda ekani-ni teran angladi.
Bugun bunyod etilgan ulug' bobokalonimiz haykalida teran ramz bor - go'yoki jahongir tulporining jilovini tortib turibdi, qilich-siz qo'lini oldinga cho'zib jahon xalqlariga omonlik sog'inmoqda, «Kuch-adolatdadir!» demoqda.
Donishmand ajdodimizning mazkur so'zlarini mana shu muh­tasham yodgorlik poyiga zarhal harflar bilan bitar ekanmiz, zamon-lar tajribasidan o'tgan bu bebaho hikmatning qalblarimizda doimo aks-sado berib turishini orzu qilamiz.
Aziz yurtdoshlarim!
Bugun - o'zbek xalqi tarixida ulug' kun. O'zbekiston mustaqil-ligiga, muborak istiqlolimizga ikki yil to'ldi.
Hammangizni - keksa-yu yoshni, butun O'zbekiston ahlini shu buyuk sana bilan chin qalbdan, har biringizni alohida bag'rimga bo-sib qutlamoqqa ijozat bergaysiz!
Bu kunga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Shuning uchun ham ozodlikni sog'inib, ozodlik yo'lida kurashib o'tgan ajdodlarimizni duolar bilan eslashimiz ham qarz, ham farzdir. Ajdodlarimizning рок ruhlari shod bo'lsin, ularning orzulariga munosib va sadoqatli bo'laylik.
Istiqlol muborak, aziz vatandoshlar! Ozodligimiz abadiy bo'lsin!
Muhtaram do'stlar!
Ikki yillik istiqlol davrida jonajon diyorimizda bo'layotgan o'zgarishlar xalqimizga ishonch va umid bag'ishlamoqda.
Buyuk ayyom arafasida Temur bobomiz haykalining ochilishi o'ziga xos ramziy bir ma'noga egadir.
Vatanimiz istiqlolini yanada mustahkamlash, uni himoya qi­lish, yurtimiz sha'ni-shavkatini yuksaltirish, adolat, insof va di­yonat hukmron bo'lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib farovon hayot qurish bizning insoniy va fuqarolik bur-chimizdir.
Biz orzu etgan buyuk davlatni bunyod qilish barchamizdan mus­tahkam iroda, iymon-e'tiqod, milliy g'urur tuyg'usi, buyuk ajdodla-rimizdan meros qolgan ma'naviy bisotga ega bo'lishni talab qila-di. Bilaklarimizda kuch, qalblarimizda kelajakka ishonch bo'lmog'i shartdir.
Mamlakatimizning markazida, qadimiy va go'zal poytaxtimiz ­jonajon Toshkentimiz o'rtasida qad ko'targan ulug' bobomiz siymosi xalqimizga faxr va g'urur baxsh etmog'i muqarrar!
Bu siymo mard, tanti, halol va g'ayratli xalqimizni birlashtirish-da, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo'lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bag'ishlaydi.
Barchamizga shu yo'lda Alloh madadkor bo'lgay!


Toshkent shahrida sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga bag'ishlangan tantanada so`zlangan nutq, 1993-yil 31-avgust



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling