O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga


Download 1.87 Mb.
bet113/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga

Aziz Toshkent shahrining islom dunyosining madaniy poytaxti sifatida e'tirof etilishi Toshkent hamda buyuk O'zbekiston xalqi­ning nafaqat islom tamaddunida, balki butun Sharq madaniyati va san'atida yetakchi o'rin tutishidan yana bir dalolatdir.


Siz, Janobi Oliylari hamda O'zbekiston hukumati va xalqiga samimiy tabriklarimni izhor etib, Yaratgan Allohdan do'st va birodar O'zbekistonga ravnaq ato etishini so'rab qolaman.
Ehtirom ila,
SAYYID MUHAMMAD HOTAMIY, Madaniyatlar va sivilizatsiyalararo muloqot xalqaro instituti direktori, Eron Islom Respublikasining sobiq prezidenti.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari,


Toshkentning 2007-yilda islom madaniyatining umumjahon poytaxti, deb e'lon qilinishi munosabati bilan shaxsan o'z nomimdan va Senatning xalqaro aloqalar qo'mitasi nomidan yo'llayotgan sami-miy tabrigimni qabul qilgaysiz. Ta'lim fan va madaniyat masalalari bo'yicha Xalqaro islom tashkilotining (ISESCO) mazkur qarori Siz-ning rahbarligingizda O'zbekistonda, jumladan, poytaxt Toshkentda mintaqaviy madaniyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayot-gan xayrli ishlarning yana bir e'tirofidir.
Ijozatingiz bilan yana shuni ta'kidlamoqchimanki, Toshkentning islom madaniyati poytaxti, deb e'lon qilinishi butun Osiyo qit'asi uchun katta sharafdir.
Yaqinda Pokiston parlamenti delegatsiyasi O'zbekiston Respubli-kasiga tashrif buyurib, samarali muzokaralar o'tkazdi va biz samimiy mehmondo'stlik uchun O'zbekiston Senati va Tashqi ishlar vazirligi-dan g'oyat minnatdormiz. Bu samimiy mamlakatlarimiz o'rtasidagi yaqin do'stlik va birodarlik rishtalaridan yana bir dalolatdir.
Ezgu tilaklar bilan,

MUSHOHID HUSAYN SAID, Pokiston Islom Respublikasi Senatining Xalqaro aloqalar qo`mitasi raisi.


5-§. Yangi jamiyat qurishda ta'lim va tarbiya
Ma'lumki ta'lim mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-madaniy hayotining muhim tarmog'idir. Ta'lim asoslari O'zbekistonda uning Konstitutsiyasi va «ТаTim to'g'risida»gi Qonun bilan kafolatlangan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyul-dagi qaroriga asosan «Та'Нт to'g'risida»gi O'zbekiston Respublika­sining Qonuni amalga kirdi.
Ta'lim sohasidagi mazkur qonunda respublikada ta'limning jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy rivojlantirish-ning ustuvor sohasi ekanligi e'tirof etilgani holda ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta'lim tizimi va boshqaru-vi tartibi, ta'lim-tarbiya xodimlarining haq-huquqlari, vazifalari, mas'uliyatlari, maqsadlari belgilab berildi.
Xalq ta'limi xodimlari hayotida muhim ahamiyatga molik ushbu qonun xalq ta'limi sohasini barcha yo'nalishlarda takomillashtirish, rivojlantirish ishlariga katta yo'l ochdi.
Oliy o'quv yurtlari mamlakat ta'lim tizimida yetakchi bo'g'indir. Chunki oliy maktab O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlovchi milliy boylikning o'sishiga imkon yaratuvchi, kuchli, qat'iyatli mu-taxassislar shu bo'g'inda tayyorlanadi.
Ma'lumki, sho'rolar hukumati davrida hukmron tuzum o'zining jahonda eng insoniy, eng odil va eng demokratik, eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi. «Dunyodagi eng o'qimishli mamlakat», «oliy ma'lumotli mutaxas-sislar soniga ko'ra jahondagi birinchi davlat» degan soxta ta'riflar rasmiy va maqtanchoq mafkura orqali keng tashviq qilinardi.
Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va institutlar, oliy va o'rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko'rsatardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko'p bo'lgani bilan jahoniy an-dozalar darajasida emas edi. Buning asosiy sabablaridan biri kom-munistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab-maorif tizimining ham o'sha yolg'on va o'lik g'oyalarga qurbon qilinganida edi. Sovet Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekani shubhasiz.
Shuning uchun O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalari singari ta'lim sohasini ham tub-dan isloh qilish vazifasi jamiyat oldida ko'ndalang bo'ldi. Chunki sho'ro hukumati boshqa sohalar singari milliy kadrlar tayyorlash masalasida ham riyokorona siyosat olib borardi. Eng nufuzli, jahon mezonlariga javob beradigan mutaxassislar yetishtiradigan o'quv muassasalari aksariyat Markazda - Rossiyada joylashgan bo'lib, it-tifoqdosh respublikalar, xususan O'rta Osiyo mintaqasidan bu dar-gohlarga sanoqli vakillargina qabul qilinar, bunday imkoniyat che-garalangan edi. Natijada milliy respublikalarda noyob ixtisosga ega mutaxassislar yetishmaydi, degan muammo sun'iy ravishda vujudga keltirilib, bu yurtlarga ming-minglab «o'z odamlari» jo'natilar edi.
Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta'limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Bir qator o'quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta'lim uslublari butunlay o'zgartirildi. Eng zamonaviy, shu paytgacha bo'lmagan eng zarur ixtisosliklar bo'yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi qoshida Har­biy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiya-si, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya uni­versiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog'-konchilik instituti kabi o'nlab yangi o'quv muassasalari tashkil etildi.
Ayni paytda xalq ta'limi tizimini ham tubdan isloh qilish bosh-landi. Ilg'or mamlakatlarning tajribalari asosida va chet davlatlar bilan hamkorlikda ko'plab litsey va gimnaziyalar ochildi. Boshqacha qilib aytganda, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasidan aka-demiyagacha bo'lgan zamonaviy, yangi ta'lim tizimi vujudga kelti-rildi.
Viloyatlarda ham yangidan-yangi o'quv yurtlari ochildi. Pre­zident I. Karimovning 1992-yil 28-fevral Farmoni bilan 8 viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Bu respubli-ka hukumatining izchil madaniy-ma'rifiy siyosatining yana bir da-lili bo'ldi. Bunday yangilanishdan ko'zda tutilgan maqsad birinchi-dan, viloyatlarda oliy universitet ta'limini tashkil etish, bu joylarda ilmiy-ma'rifiy ishlarni rivojlantirishga, eng olis va chekka shahar-larni madaniy-ma'rifiy markazga aylantirishga asos bo'ldi. Ilmiy va ma'rifiy ishlar xalq hayotiga tobora chuqurroq kirib bora boshladi. Bu mamlakat aholisi ongi va dunyoqarashini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etdi. Bevosita mehnat jarayoni bilan bog'liq odamlar endi ilmiy yangiliklardan doimo va o'z vaqtida xabardor bo'lib bor-dilar. Yangidan-yangi ilmiy-texnikaviy ishlanmalar, ixtirolar yaratil-gan joyida tezroq ishlab chiqarishga joriy etilish imkonlari vujudga keldi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling