O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet110/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

O'zbekiston Respublikasining
Prezidenti I. KARIMOV


Toshkent shahri, 1992-yil 7-mart.
Musulmon hayotidagi qutlug' sanalar - Qurbon va Ramazon hayitlari kunlarini bundan buyon doimiy ravishda bayram qilish va ularni dam olish kunlari, deb e'lon qilinishi ham aynan xalqimiz ko'nglidagi ish bo'ldi.
1992-yil 27-martda O'zbekiston Prezidentining «Ro'za hayitini dam olish kuni, deb e'lon qilish to'g'risida» quyidagi Farmoni e'lon qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI Ro'za hayitini dam olish kuni, deb e'lon qilish to'g'risida

Mustaqil O'zbekiston Respublikasi musulmonlarining istak va xohishlarini inobatga olib hamda mqarolar o'rtasida mehr-oqibatni barqarorlashtirish maqsadida diniy bayram - Ro'za hayitining bi-rinchi kuni dam olish kuni, deb tayinlansin.




O'zbekiston Respublikasining
Prezidenti Ь KARIMOV


Toshkent shahri, 1992-yil 27-mart.

Bu O'zbekiston xalqi o'zining yangi yetakchisi amalga oshira-yotgan xalqparvar siyosatni qo'llab-quvvatlay boshladi. Bu borada islom olamining zabardast allomalari - vatandoshlarimiz imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi va Xoja Ahrori Valiyning 600 yilligi, Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo'yicha 1225 yilligi, keng ko'lamda nishonlanishi yurtimizda iymon, din-u diyonat qaytadan yuksalayotganiga yorqin dalil bo'ldi. Bu aziz va mukarram zotlar-ning bebaho asarlari qayta chop etildi, nomlari abadiylashtirildi.


Jamiyat a'zolarining vijdon erkinligini ta'minlash, ularning o'z diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar vujudga keltirildi. Yangidan-yangi masjid va madra-salar qurish, eskilarini tiklash - ta'mirlash bo'yicha amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
Ayni chog'da bu borada bir holatni alohida ta'kidlash joizdir. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha fuqa-rolar uchun vijdon erkinligini kafolatlaydi. Har kirn xohlagan din­ga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Ayni chog'da O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi, deb yozilgan. Biroq, keyingi yillarda bu talablar hamma joy da ham birday bajaril-magan hollar yuz berdi. Qo'ni-qo'similar, qarindosh-urug'lar, oila a'zolari atrofdagilarga va o'z yaqinlariga tazyiq ko'rsatib, masjidga borishga, diniy rasm-rusumlarni bajarishga majbur qilayotgan misol-lar uchray boshladi.
Bunday harakatlarning tashabbuskorlari «vahhobiychilik», deb atalmish diniy oqim vakillari edi. Bunday oqimga mansub kishi-lar ko'pincha o'zlarining qonunga xilof xatti-harakatlari bilan ja-miyatdagi ishlarning ahvoliga ta'sir ko'rsatishga intildilar. O'z mo-hiyatiga ko'ra «vahhobiychilik» islom aqidaparastligining oshkora ifodasi bo'lib, unda diniy fanatizm va ekstremizmning barcha unsur-lari mavjuddir. Bunday unsurlar esa turli diniy e'tiqoddagi fuqarolar o'rtasidagi va umuman jamiyatdagi munosabatlarni keskinlashtirish-ga qaratilgandir.
Mamlakatimizda «vahhobiychilar» o'z g'arazli maqsadlarini ko'zlab hokimiyatning qonuniy faoliyat ko'rsatayotgan organlari va mansabdor shaxslarga zug'um o'tkazgan, sal bo'lmasa davlatga qarshi yashirin faoliyatni tashkil etishga uringan hollar ham ma'lum bo'lib qoldi. Albatta, ular o'z jinoiy xatti-harakatlari uchun qonun oldida javob berdilar.
Shu munosabat bilan jamiyatimizda har bir kishining vijdon erkinligini va dinga e'tiqod qilish huquqini ta'minlash, dinga muno-sabatidan qat'i nazar har bir fuqaroning tengligini ta'minlash ishida hanuzgacha ba'zi bir kamchiliklar mavjudligini hisobga olgan holda O'zbekiston Oliy Majlisi XI sessiyada (1998, aprel) «Vijdon erkinli-gi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qonunni yangi tahrirda qabul qildi.
Mustaqillik sharofati bilan «Islom nuri» haftanomasi dunyoga keldi, ko'plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi. Jumla­dan, imom Buxoriyning to'rt jilddan iborat, imom Termiziyning bir jildli hadis kitoblari, boshqa allomalarning qator asarlari yuz ming-lab nusxalarda chop etildi. Qur'oni Karim sakkiz marta, jami bir million nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob yurtimizda ilk bor Alouddin Mansur tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta, jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bundan tash-qari, hadis va shar'iy ilmlarga doir ko'pgina asarlar ona tilimizga o'girildi va ming-minglab nusxalarda chop etildi.
2004-yili esa Toshkent Islom Universitetida Qur'oni Karimning shayx Abdulaziz Mansur tarjimasida izohli va maxabatli nashri tay-yorlandi hamda chop etildi.
Ayni paytda mamlakatimizning har bir viloyatida kamida bitta-dan diniy Madrasa, Toshkent shahrida esa Toshkent Islom Univer-siteti, Xalqaro Islom tadqiqotlar markazi, Imom Buxoriy nomidagi Islom ma'hadi, Eshon Boboxon nomidagi ayollar madrasasi, Abul-qosim va Ko'kaldosh madrasalari ishlab turibdi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-maydagi qarori bilan Toshkent shahrida islom ta'limoti va falsafa-sini, o'zbek xalqining diniy, tarixiy va madaniy merosini chuqur o'rganish maqsadida Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil etildi. Mazkur markazning asosiy vazifasi diyorimiz musulmonlariga mil­liy qadriyatlarimizni va haqiqiy islom ta'limotini yetkazish, mavjud islomiy osori-atiqalar tarixini o'rganish, nodir qo'lyozma asarlarni tadqiq etish, ular bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, darslik va qo'llanmalar, lug'atlar tayyorlash va nashr qilishdan iboratdir. Mam­lakat televideniyesi orqali berilayotgan «Ma'rifatnoma» ko'rsatuvi xalqning ma'naviyatini yuksaltirishda, diniy ma'rifatini o'stirishda katta ahamiyat kasb etib bormoqda.
O'zbekiston musulmonlari erkinlik va imkoniyatlarga ega bo'lmoqdalar. Ular bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatiga erishdilar. 1991— 2007-yillarda 50 mingdan ziyod hamyurtlarimiz ana shu muqaddas qadamjolarni tavof qilib qaytish sharafiga muyassar bo'ldilar. Bir-gina 2006-yilning o'zida 5 mingga yaqin musulmonlar Makkai mu-navvara va Madinai mukarramaga safar qildilar.
Prezident Islom Karimov 1992-yili Saudiya Arabistoni podshohi Fahd ibn Abdul Aziz as-Saud taklifiga binoan ushbu mamlakatda bo'ldi. Podshoh oliy martabali mehmonni katta obro' va izzat-ikrom bilan kutib oldi hamda kisvo - muborak Ka'ba uzra yopilgan yopin-chiqni hadya etdi. Albatta, bu qutlug' hadya diyorimiz musulmonla-rining islom taraqqiyotiga qo'shgan olamshumul hissalari, ayni vaqt-da Prezidentimizning yurtimizda islomiy arkonlarni tiklash borasida amalga oshirayotgan ulkan xizmatlari uchun o'ziga xos bir ehtirom ramzi edi. Bunday tabarruk sovg'a qabul qilingan qoidaga ko'ra juda kamdan kam odamlarga - eng mo'tabar shaxslarga nasib etadi. O'z navbatida davlatimiz rahbari bu muqaddas ka'bapo'shni mam-lakatimizdagina emas, balki, butun musulmon dunyosida mashhur qadamjo-ziyoratgoh hisoblanuvchi Muhammad Ismoil Buxoriyning Samarqand viloyatidagi masjid-maqbarasiga tortiq qildi. Buning, al­batta, teran tarixiy-ramziy ma'nosi bor.
Prezident Islom Karimovning ma'naviy va ruhiy poklanish yuksak insoniy barkamollik sohasida amalga oshirayotgan ishlar-ning miqyosi faqat shular bilan cheklanmaydi. U mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakat aholisi ma'naviy ehtiyojlaridan kelib chiqib, islom dini ravnaqiga qanchalik keng yo'l ochib ber-gan bo'lsa, sovetlar tuzumi davrida yurtimizning xorijiy islom mam-lakatlari bilan butunlay uzilib qolgan aloqalarini yangitdan yo'lga qo'ydi. Bu aloqalar o'zaro iqtisodiy va madaniy munosabatlarni chuqurlashtirish asosida mintaqaviy barqarorlikni ta'minlash, dini va dili bir-biriga yaqin bo'lgan xalqlar o'rtasida manfaatli hamkorlikni ta'minlashga xizmat qilishi shubhasiz. Islom Karimovning Turkiya, Eron, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Misr singari mamlakatlar-da bo'lishi O'zbekiston musulmonlari hayotida o'chmas iz qoldirdi. Albatta, bular bugungi kun o'lchovi bilan qaraganda, tabiiy bir ja-rayonga o'xshaydi. Biroq, har bir hodisani o'z vaqtida baholasak, u ro'y bergan yo amalga oshirilgan vaziyat va sharoitni chuqur tahlil etsak, mazkur safarlarning naqadar katta tarixiy, siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy voqea bo'lganini anglash mumkin.
Mamlakat rahbarining diniy masalalarga munosabatining in-sonparvarlik mazmuni shundaki, u dinni yuksak madaniyat va ma'naviyat quroli, beqiyos axloq maktabi sifatida baholaydi:
«Ко'ппа tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlarni o'z-o'zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko'paytirib, yomonlaridan xalos bo'lishga chorlagan. Uni og'ir sinovlarga bardosh berishga, yorug' kunlarga intilib yashashga da'vat qilgan, ishontirgan. Bunday da'vat, o'z navbatida odam-larga kuch-quvvat bag'ishlagan, irodasini mustahkam qilgan.
Din xalq ma'naviyatining yuksalishiga katta hissa qo'shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so'z yuritganda, rejalar tuzganda dinni, eng avvalo, ham milliy, ham umuminso­niy qadriyat sifatida e'tiborda tutishimiz kerak».
Ko'p millatli mamlakatda dinga munosabatning o'ziga xos to-monlari bor. Aholining turli tabaqalarini umumiy maqsadlarni amal­ga oshirishga safarbar etish, diniy mahdudlik va aqidaparastlikni avj oldirmaslik, jamiyat a'zolari o'rtasida yagona zamin, yagona ma-kon taqdiriga javobgarlik hissini kuchaytirish kabi vazifalar siyosiy arbobdan g'oyat mas'uliyat va mulohaza bilan ish yuritishni talab qiladi. Jumladan, millatlararo munosabatlarni barqaror saqlash va rivojlantirishda din omili muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda O'zbekistonda islom dini bilan bir qatorda pravoslavlar, baptistlar, yahudiylar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, bahoichilar, krishna­itlar, buddistlar, pyatidesyatniklar, Iyegova xudosi shohidlari, yangi navvoriylar, xristian-nresvitorianlar singari bir qancha din va maz-hablar mavjud. Ulardan har birining o'ziga xos mafkurasi, tartib-qoidalari, muayyan diniy qavmning hayot tarzi va dunyoqarashi, ta­lab va ehtiyojlari mavjud. Ana shunday xilma-xillikdan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega», degan qoida kiritilgan (31-modda). Bu O'zbekiston hukumati va uning boshlig'i olib borayotgan siyosiy yo'lning qonuniy asosidir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent va O'rta Osiyo arxiyepiskopi Vladimirning Свято-Успенский kafed-ral sobori qoshida diniy-ma'muriy markaz tashkil etish va 1996-yil noyabr oyida Yeparxiyaning 125 yilligini nishonlash to'g'risidagi murojaatini qo'llab-quvvatladi va bu haqda alohida qaror qabul qil­di. Qarorda Toshkent shahridagi Свято-Успенский sobori hududini kengaytirish uchun ikki gektar yer ajratish, budjet mablag'i hisobiga uni obodonlashtirish ko'zda tutilgan.
130 ga yaqin millat va elat istiqomat qilayotgan, aholisining ruhiy va ma'naviy ehtiyojlari rang-barang bo'lgan O'zbekistonday mamlakatda tili, millati, irqi, dini, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, insonni ulug'lash davlat siyosatining bosh yo'nalishidir.
1991-yilning 6-noyabr kuni Termizda o'tkazilgan «Alpo-mish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligini UNESKO ijroiya qo'mitasining maxsus qaroriga binoan xalqaro miqyosda keng ni-shonlanishi milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analar tiklanishining eng oliy cho'qqisi, deb aytishimiz mumkin.
Tabiiyki, ma'naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanis-hi bir kunda bo'ladigan jarayon emas, balki u bizdan muntazam ravishda izchillik bilan ish olib borishimizni talab etadi. «Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to'g'risida»gi, «Burhoniddin al-Marg'iloniy tavalludining hijriy sana bo'yicha 910 yilligini nishonlash to'g'risida»gi O'zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasining chiqargan qarorlari fikrimizning yaq­qol isbotidir (Qarang: «Qishloq hayoti», 1999-yil 14-dekabr, «Xalq so'zi», 2000-yil 20-yanvar).
2003-yili esa Naqshbandiya tariqatining asoschisi Abduxoliq G'ijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi. Uning min-bari joylashgan G'ijduvon shahri butunlay obod etildi.
Shunday qilib istiqlol yillarida mamlakatda yuksak ma'rifiy-madaniy jamiyat qurish, har tomonlama barkamol Vatanni shakl­lantirish asosiy vazifa qilib qo'yildi. Bu esa O'zbekiston hukumati olib borayotgan madaniy-ma'rifiy siyosatning olijanob mohiyatidan dalolat beradi.
Islom konferensiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalar-dan biri - Та 'Urn, fan va madaniyat masalalari bo`yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007-yilda Islom madaniyati-ningpoytaxti, deb e 'Ion qildi
O'zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom me­rosi va yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazo-vor bo'ldi.
Haqiqatan ham, mustaqil O'zbekistonning poytaxti musulmon dunyosida o'ziga xosligi, mahobatli madrasa va masjidlarining bi-nolari, minglab nodir qo'lyozmalarga boy bo'lgan kutubxonalari, islom uyg'onishi davrining buyuk ustalari, alloma va me'morlari ijodiga mansub namunalari ko'z qorachig'iday avaylab-asralayotgan muzeylari bilan butun dunyodan kelayotgan mehmonlarini hay-ratga soladi. Toshkentda Imom al-Buxoriy nomli Toshkent islom instituti, Ko'kaldosh nomidagi madrasa va Prezident I. Karimov tashabbusi bilan barpo etilgan Toshkent islom universiteti faoliyat ko'rsatmoqda. Bu ta'lim muassasalari diniy ulamolar, dinshunoslar, islom huquqi va manbashunoslik, jahon iqtisodiyoti va informatika mutaxassislarini tayyorlaydi. O'z yo'nalishi bo'yicha MDH hududi-dagi yagona oliy o'quv yurti bo'lgan Toshkent islom universitetida juda ko'p marotabalab din va siyosat, bag'rikenglik hamda zamona-viy dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning dolzarb mavzula-riga bag'ishlangan xalqaro konferensiyalar, seminar va davra suhbat-lari bo'lib o'tgan.
Jahondagi minglab shaharlar orasidan aynan Toshkent 2007-yilda Islom madaniyatining umumjahon poytaxti, deb tanlandi. Toshkent nomzodining tanlanishida ISESCO birinchi galda respubli­ka rahbariyatining o'zbek xalqi madaniy va ma'naviy qadriyatlarini qayta tiklashga yo'naltirilgan siyosati, shuningdek, O'zbekiston hu­kumati tomonidan islom sivilizatsiyasi yodgorliklarini himoya qilish va ko'z qorachig'iday asrash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar e'tiborga olindi.
Shuningdek, ISESCOning bunday to'xtamga kelishi Osiyo qit'asidagi eng ko'hna shaharlardan biri - boy madaniyatga ega bo'lgan Toshkentning dunyo taraqqiyoti tarixida alohida o'rin tutishi bilan izohlanadi.
O'zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkentga 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti maqomining berilishi xorijiy mamlakatlarning Toshkentdagi diplomatiya vakolatxonalari hamda xalqaro tashkilot-lar vakolatxonalari rahbarlari tomonidan keng va qizg'in sharhlan-moqda.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling