Islom — ma'rifat dini “Islom-tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat dini” Islom ma’rifat va ilga chorlaydi
Download 62 Kb.
|
Islom — bilim va ma\'rifat dini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom-tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat dini”
Islom — bilim va ma'rifat dini Reja Islom — ma'rifat dini “Islom-tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat dini” Islom ma’rifat va ilga chorlaydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov, Qirg‘iziston Respublikasi musulmonlari idorasi raisi, muftiy M.Toktamushev, Qozog‘iston Respublikasi Janubiy Qozog‘iston viloyati bosh imom-xatibi K.Ahmadjon va boshqalar islom tinchlik, ezgulik va bag‘rikenglik dini, binobarin, uning sofligini saqlash muhim vazifa ekanini ta’kidladi. Islom har qanday buzg‘unchilik va fitnalardan xoli ekan, aksincha, bunday kuchlarga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish, musulmon olamida kechayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning asl mohiyatini anglatish, uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, diniy masalalarni hal etishda qo‘shni davlatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi. Darhaqiqat, mamlakatimizda muqaddas dinimiz sofligini saqlash, islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalarning ilmiy merosini o‘rganish, qadamjolarini obod etish, yangi masjid-madrasalar barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Imom Eshon Muhammad”, Xorazmda “Oxun bobo”, Toshkentda “Imom Termiziy", “Suzuk ota” masjidlari bunyod etildi, Surxondaryodagi Imom Termiziy ziyoratgohi, Qashqadaryodagi Abu Mu’in Nasafiy majmuasida qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi, Termiz shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Samarqandda “Hadis” va “Kalom” ilmiy maktablari tashkil etildi. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, poytaxtimizda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilayotgani, ushbu markaz qoshida Islom akademiyasi ochilishi belgilangani ana shu yo‘nalishdagi ezgu ishlarga yorqin misoldir. Davlatimiz rahbari joriy yil 15-iyun kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini saqlash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda diniy soha vakillari oldida turgan muhim vazifalarni belgilab berdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida “Biz dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi” degan so‘zlaridan kelib chiqib, anjumanda diniy soha vakillari oldida turgan aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida dinimizning asl mohiyatini keng targ‘ib etish, ekstremizm va terrorizmga qarshi murosasiz kurashish, yurtimizga chetdan turli yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish borasidagi ishlar ko‘lami va sifatini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi. – Mamlakatimizda fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishi, musulmonlarning o‘z zimmalaridagi diniy arkonlarni bekamu ko‘st ado etishi uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi N.Xoliqnazarov. – Bugungi kunda viloyatimizda 181 jome’ masjidi va Sayyid Muhyiddin Mahdum o‘rta maxsus islom bilim yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 23 nafar oliy, 158 nafar o‘rta maxsus diniy ma’lumotga ega malakali mutaxassislar mehnat qilmoqda. Anjumanda “O‘zbekistonning xalqaro maydonda diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, unga qarshi kurashish borasida olib borayotgan siyosatining mazmun-mohiyati”, “Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada barqarorlashtirishda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar”, “Islom – tinchlik dini”, “Milliy tarbiyaning sharqona xususiyatlari”, “Diniy ta’lim tizimidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan fikr almashildi. Joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, diniy aqidaparastlik g‘oyalariga qarshi kurashish, bu boradagi targ‘ibot-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Anjuman ishtirokchilarining mavzu doirasidagi ishlar samaradorligini oshirish, islom dinini qoralashga urinayotgan yovuz kuchlar, ularning qabih ishlari yuzasidan munosabati qabul qilindi. – Yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, farovon hayotga shukrona keltirishimiz kerak, – deydi Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Olmazor” jome’ masjidi imom-xatibi A.Toshmatov. – Mana shu tinchlik-osoyishtalikni ko‘rolmaydigan, unga raxna solishga urinadigan kuchlar borligini ham unutmasligimiz lozim. Ularga qarshi kurashishda diniy soha vakillari zimmasiga katta mas’uliyat va vazifalar yuklanadi. Bu borada biz yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, odamlarning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni anglagan holda, keng xalq ommasiga tushuntirib berishimiz, ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir etadigan, mafkura, ma’naviyat va tarbiyamizni izdan chiqaradigan illatlarga qarshi qat’iy kurashishimiz zarur. Anjuman doirasida Andijon davlat universitetida “Ma’rifat va bag‘rikenglik – tinchlik va taraqqiyot garovidir” shiori ostida ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari aks etgan fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Diniy soha vakillarining talabalar bilan muloqoti o‘tkazildi. – Tadbirda islom dini, uning mazmun-mohiyati, diniy aqidaparastlik g‘oyalarining asl maqsadi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldik, – deydi Andijon davlat universiteti talabasi G.Mo‘minjonova. – Bu, biz, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, hamisha hushyor va ogoh bo‘lishga undaydi. Ishtirokchilar Andijon shahridagi “Devonaboy” masjidi, “Mirpo‘stin ota” ziyoratgohi, “Bog‘i Bobur” madaniyat va dam olish maskanida bo‘lib, amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, ziyoratchilar va dam oluvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Islom dini inson manfaatlari va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday kashfiyot va yangiliklarni yuksak qadrlagan, qo‘llab-quvvatlagan. Islom ta'limotida ilmning yuksak qadrlanishini hadislar ham tasdiqlaydi. Buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy ta'kidlaganlaridek: “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”. Albatta, islom ilm-ma'rifatga asoslangan dindir. Islomning asosiy manbalari hisoblangan Qur'oni karim hamda hadisi sharifda ilm o‘rganishga va uni o‘rgatishga targ‘ib qilinib, aksincha, ilmsizlik yoki uni o‘rganishga loqaydlik qattiq qoralanadi. Jumladan, Qur'oni karimning ilk nozil bo‘lgan oyatining o‘zidayoq Alloh taolo “O‘qi!” deb amr qildi. “Ilm” so‘zi turli ma'nolarda Qur'onda 811 o‘rinda takrorlanishi uning o‘rni qanchalik yuqori ekanini ko‘rsatadi. Rasululloh alayhissalom o‘zlarining ko‘plab hadislarida ilm egallashga, olimlarni yaxshi ko‘rishga chaqirganlar. Jumladan, Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: “Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir” deb ta'kidlaganlar. Qur'oni karimda: “Allohsizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur” (Mujodala, 11), deyilgan. Ibn Hajar Asqaloniy ushbu oyatni quyidagicha tafsir qiladi: “Albatta darajalarni ko‘tarish ulug‘ fazlu marhamatga dalolat qiladi va dunyoda oliy martaba, shon-shuhrat kabi ma'naviy yuksaklikni hamda jannatdagi oliy martaba kabi hissiy yuksaklikni o‘z ichiga oladi”. “Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri”da esa ushbu oyat quyidagicha tafsir qilinadi: “Ilm va olimlarning fazilatlari, ikki dunyoda erishadigan daraja va martabalariga doir oyat va hadislar juda ko‘p uchraydi. Rasul alayhissalomdan olim kishining bir kunlik ibodati ilmsiz obidning qirq yillik ibodatiga teng ekani, qiyomatda shafoat qilishi, agar u ta'lim ham bersa, Yer va osmonlardagi barcha jonzot Allohdan unga mag‘firat so‘rashi va boshqa ko‘p bashoratlar sahih hadislar orqali rivoyat qilingan. Sulaymon alayhissalomga Alloh taolo ilm, boylik va podshohlikdan birini tanlashni buyurganida u ilmni tanlaydi. Ilmning sharofatidan unga boylik va podshohlikni ham qo‘shib beradi”. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Abu Dardo (r.a.): “Rasululloh alayhissalom bunday deganlarini eshitdim: Kim ilm istab bir yo‘ldan yursa, Alloh uni jannat yo‘llaridan biriga yo‘llab qo‘yadi. Farishtalar ilm tolibi uchun qanotlarini pasaytiradilar. Albatta, olim haqiga osmonlaru yerdagilar, hattoki, suv ostidagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Olimning obiddan afzalligi badr kechasidagi to‘lin oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar Payg’ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamni meros qoldirmadilar. Balki ilmni meros qoldirdilar. Kim uni olsa, (merosdan) to‘liq nasibasini olibdi”. Qur'on va hadislar islomning asosiy manbalari bo‘lishi bilan birga, musulmonlar hayotini tashkil etish uchun muhim qo‘llanma ham hisoblanadi. Shunday ekan, Qur'on va sunnatga asoslangan holda, musulmonlarning manfaatlaridan kelib chiqib, inson kamoloti va jamiyat farovonligi, ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni ko‘zlab fatvo chiqarish alohida bilim va malakani talab etadi. Mo‘'tabar manbalarga ko‘ra, arab tili, Qur'on va hadis ilmlari, fiqh va islom tarixini juda chuqur va mukammal biladigan kishilargina shunday hukm chiqarish huquqiga egadir. Biroq tarix va zamonaviy voqyelik dindan yovuz maqsadda ham foydalanish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bunday harakatlar muqaddas islom dini qoidalaridan foydalangan holda amalga oshirilganini va oshirilayotganini ham afsus bilan qayd etish lozim. Yuqoridagilardan xulosa qilib, islomda ilm, ma'rifatli bo‘lishga, Yaratgan tomonidan insonlarga berilgan ne'matlar haqida bilim orqali tadabbur qilishga targ‘ib qilingan. Shuning uchun ham, Alloh taolo tafakkur qilmaydigan, o‘zining kim ekanini anglab yetmaydigan, bugunning huzur-xalovati bilan yashab, ertasi haqida qayg‘urmaydigan, ongsiz kimsalarni Qur'oni karimda “Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan “anglamaydilar”. Ularda ko‘zlar bor, (lekin) ular bilan “ko‘rmaydilar”. Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan “eshitmaydilar”. Ana o‘shalar hayvonlar kabidirlar. Balki ular (yanada) adashganroqdirlar. Aynan o‘shalar g‘ofillardir” (A'rof, 179), deb ta'riflaydi. Shuningdek, Hasan Basriy (r.h.) rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Insonlar ilm o‘rganib amalni tark qilganlarida, tillari ila sevishib, qalblari ila adovatda bo‘lsalar va silai rahmni uzsalar, Alloh ularni la'natlab, quloqlarini kar va ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi”. Darhaqiqat, islom olamining e'tiborli ulamolari tomonidan mo‘'tabar manbalar asosida berilayotgan fatvolar yoki raddiyalarni tan olmayotgan turli firqa va oqim tarafdorlarini ham yuqoridagi oyat va hadislarda keltirilgan kimsalarga qiyoslash mumkin. Umuman olganda, islom ilmsizlik va johilikni qoralaydi, ilm olish, jaholatdan ma'rifatni ustun qo‘yish kabi ezgu fazilatlarga buyuradi. Haqiqatda johillik yomon illat bo‘lib, johil insonlar barcha yomonliklarga hech qanday to‘siqsiz kirib ketaveradilar. Jaholat inson hayotini barbod qiladi, oxiratini kuydiradi. Ma'rifat esa inson qalbiga sayqal beradi, ma'naviy, ruhiy dunyosini go’zallashtiradi, insonga shon-shuhrat keltiradi, ulug‘laydi. “Ma'rifat” so‘zi “bilim”, “Allohni tanish” kabi xislatlarni o‘ziga jamlaydi. Bunga zid ravishda ilmni diniy va dunyoviy turlarga taqsimlab, ayricha qarash inson ma'naviyatining yemirilishiga olib keladi. Bu fikr isboti uchun uzoq va yaqin o‘tmishimizda misollar ko‘p. Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Abul Mu'in Nasafiy kabi ulug‘ ajdodlarimiz garchi sobiq tuzum ularning diniy ilm sohiblari bo‘lganini yashirgan bo’lsada, ular eng avvalo islom dunyosining ardoqli olimlari, tom ma'nodagi ilm egalaridirlar. Qush ham yolg‘iz qanoti bilan parvoz qila olmagani kabi, inson ham bir yoqlamalik bilan komil va to‘liq bo‘la olmaydi. Shu jihatdan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Biz din bilan dunyoni, dunyo bilan dinni o‘rganamiz” degan gaplari biz uchun dasturulamal bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda biz har tomonlama, to‘la mukammal inson, ajdodlarimizga munosib farzand bo‘la olgan bo‘lamiz. “Islom-tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat dini” Mamalakatimizda hozirgi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi diniy ta’lim berishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublika yoshlar markazi tomonidan barcha viloyat va tuman, shaharlarda tashkil etilayotgan “Diniy ma’rifat” to‘garagi bunga yaqqol misoldir. Bazi bir yovuz kimsalar dinni niqob qilib yoshlarni o‘z domiga tortib vatani va yaqin qarindoshlariga qarshi qurol ko‘tarishga majbur qilayotganlari barchaga sir emas. Mana shunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, Respublika yoshlar markazi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘linmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman kengashi hamkorligida “Islom-tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat dini” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatidan asosiy ko‘zlangan maqsad yoshlarimizni turli xil diniy oqimlar ta’siridan asrashga qaratilgan. Davra suhbatida bevosita tuman kengashi bosh mutaxassisi F.Siddiqov, tuman bo‘linmasi koordinatori A.Axmedova va to‘garak rahbari Z.Rahmanova, “Usmon Zunnurayn” jome’ masjidi imom hatibi M.Rahimovlar ishtirok etishdi. Shundan so‘ng “Usmon Zunnurayn” jome’ masjidi imom hatibi M.Rahimov tomonidan Islom dini haqida yoshlarimizga kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi. Davra suhbati so‘ngida yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga keraklicha tushuncha olishdi. Albatta, bu kabi davra suhbatlari natijasida yoshlarimizni terrorizm va ekstremizm kabi jirkanch yo‘llarga aldanib kirib qolishlaridan saqlab qolgan bo‘lamiz. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling