Farmatsevtika menejmenti
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI X.S. ZAYNUTDINOV, SH. N. ZAYNUTDINOV FARMATSEVTIKAMENEJMENTIO‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farmatsevtika institutlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etgan Toshkent — 2008 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan” nashriyoti Taqrizchilar: prof. farmasevtika fanidan doktori K.S. Maxmudjanova prof. iqtisod fanidan dokton D. Raximova prof. iqtisod fanidan doktonT.T. Mamedov dots. farmasevtika fanidan nomizod M.Ya. Ibragimova SO‘Z BOSHI Aholi va davolash profilaktika muassasalarini sifatli dori vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa dorishunos mutaxassislar oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida dorixona muassasalari Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlarida birinchilar qatorida davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada farmatsevtika ishini boshqarish bo‘yisha mavjud bo‘lgan asosiy darsliklar dori vositalari muomalasining ko‘p masalalari bo‘yisha o‘z amaliy ahamiyatini yo‘qotdi. Aiyniqsa menejment fanining amaliyotga kirib kelishi bilan undagi boshqaruv tizimida tubdan o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida farmatsevtika faoliyati sohasini mustaqil rivojlanishini xalqaro tajribalarga suyangan holda farmatsevtika soha mutaxassislarining tashabbuslarini qo‘llash hamda boshqaruvning yangi talablari bo‘yicha (menejmenti) hukumatimiz tomonidan bir qator huquqiy va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. O‘z navbatida ko‘plab yangi dori vositalarini yaratilishi, farma- tsevtik yordamni takomillashgan usullarini amaliyotga kirib kelishi bilan farmatsevtika ishini boshqarishda asosiy yo‘nalishlari yoritilgan darsliklar yaratish vazifasi yana ham dolzarb bo‘lib qoldi, zero bunday darslik O‘zbekiston Respublikasida yozilmagan edi. Mazkur darslikda aholi va davolash profilaktika muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlashni boshqarishda hozirgi kun nuqtayi nazaridan dorixona muassasalari mutaxassislari uchun zarur bo‘lgan masalalar keltirilgan. Amaliy ahamiyati ortib borayotgan retseptsiz dori vositalari taminotini boshqarish va farmatsevtik xizmatni sifatli ta’minlashga qaratilgan mavzular mumkin qadar kengroq yoritildi. Menejmentning farmatsevtikaga xos bo‘lgan xususiyati va mohiyatidan kelib chiqqan holda darslikni tayyorlashga harakat qilindi. Menejment jaroyoni va dori vositalari muomalasiga taalluqli ayrim atama va terminlar darslikda birinchi marta bayon qilinayotganligi munosabati bilan ularni farmatsevtika sohasi nuqtayi nazaridan sharhlab, umumiy tushunchalar ham berildi. Amaldagi dastur doirasida tayyorlangan ushbu darslikda farmatsevtika menejmenti bo‘yicha talabalar uchun kerakli bo‘lgan asosiy masalalar yoritilib, qo‘shimcha ma’lumotlar va tegishli me’yoriy hujjatlardan mustaqil foydalanish uchun ko‘rsatmalar berilgan.Darslik 2 qismdan iborat bo‘lib, 1- qismda menejment nazariyasi asoslari keltirilgan bo‘lsa, 2- qismda farmatsevtika menejmenti nazariy va amaliy asoslari, obyektlari, kadrlar menejmenti, kommunikatsiya masalalari yoritildi. Darslik farmatsevtika instituti talabalari va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan keng mutaxassislar ommasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika ishini tashkil qilish bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi deb umid qilamiz. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling