Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet8/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

2.4. Sud hokimiyati

O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati o‘n yil muddatga saylanadigan Konstitutsiya sudi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi va Qoraqalpog‘iston Oliy sudidan, besh yil muddatga tayinlanadigan viloyat, tuman, shahar va xo‘jalik sudlaridan tashkil topgan. Sudlar faoliyatini tashkil etish va tartibga solish qonun tomonidan bel­gilanib qo‘yiladi. Favqulodda sudlar tashkil etishga ruxsat be­rilmaydi.


O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalar yoki boshqa ommaviy tashkilotlarga itoat etmay, mustaqil ish yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya sudi qonun chiqa­ruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlari qonuniy hujjatlari Kons­titutsiyaga muvofiqligi bilan bog‘liq ishlarni ko‘radi. Uning tarkibi siyosat va huquq bo‘yicha mutaxassislardan rais, rais o‘rinbosari va Kons­titut­siya sudi sudyalari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respub­likasi vakillaridan iborat qilib saylanadi. Konstitutsiya sudi raisi va a’zolari deputatlik mandatiga ega bo‘lmaydi.
Konstitutsiya sudi raisi va uning a’zolari siyosiy partiyaga va harakatlarga a’zo bo‘lish, boshqa maosh to‘lanadigan lavozimda ishlash huquqiga ega emas. Konstitutsiya sudi sudyalari dahlsizlik huquqiga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan tashqari hech kimga bo‘ysunmaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya sudi:
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar va boshqa qonuniy aktlar, Prezident farmonlari, hukumat va davlat ho­kimiyatining mahalliy tashkilotlari farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa maj­buri­yatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos bo‘li­shini aniqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbe­kiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respub­likasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq kelishi haqida xulosa chiqaradi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi me’yorlari va qonunlariga izoh beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida uning ishlashiga qaratilgan masalalarini ko‘rib chiqadi.
Konstitutsiya sudi qarorlari ular e’lon qilinishi bilan kuchga kiradi, ular qat’iy va e’tiroz qilinmaydi. Konstitutsiya sudini tashkil etish va uning faoliyati qonun tomonidan belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoyat, ma’muriy sud faoliyati sohasidagi sud hokimiyatining oliy tashkilotidir. U tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar qat’iy va butun O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respub­likasi, viloyat, shahar va tuman sudlari faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi va joylardagi sudlari turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar, muassasa, tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlar o‘rtasidagi iqtisodiy sohada va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik kelish­movchiliklarni hal etadilar.
Hakamlar mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudlarning faoliyatiga qandaydir aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday hol qonun oldida javob berishni taqozo qiladi. Sudyalarning dahlsizligi qonun tomonidan kafolatlanadi.
Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputati bo‘lishi huquqiga ega emas.
Hakamlar shu jumladan tuman sudlari hakamlari siyosiy partiya va harakatlarga kirishi yoki boshqa maosh to‘lanadigan lavozim egallash huquqiga ega emas.
Vakolat muddati tugagunga qadar hakam faqat qonunda ko‘zda tutilgan hollardagina o‘z vazifasidan ozod etilishi mumkin. Barcha sudlarda ishlar ochiq tartibda ko‘riladi. Ishlarni yopiq tartibda ko‘rishga faqat qonunda ko‘zda tutilgan holdagina ruxsat beriladi. Sud hokimiyati hujjatlarga barcha davlat tashkilotlari, ommaviy tashkilotlar, korxonalar, muassasa, tashkilot, raxbar shaxslar va fuqarolar tomonidan rioya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida sud faoliyati o‘zbek, qoraqalpoq tilida, yoki shu joy aholisining ko‘pchiligi so‘zlaydigan tilda olib boriladi. Sud ishida qatnashuvchi, u olib borayotgan tilni bil­maydigan fuqarolar ish materiallari bilan to‘liq tanishish, sud yig‘ilishlarida tarjimon vositasida qatnashishi va sudda o‘sha tilda so‘zlash huquqi beriladi.
Ayblanuvchi himoya etilish huquqiga ega. Тergovning barcha bosqichlari va sud ishi davomida malakali huquqiy yordam huquqi kafolatlanadi.
Fuqarolar, korxona, tashkilot, muassasalarga huquqiy yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat olib boradi. Advokaturani tashkil etish va faoliyatining tartibi qonun tomonidan nazorat qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning to‘g‘ri va bir xil bajarilishini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunadigan prokurorlar amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy tashkiloti tomonida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh prokurorlari, viloyat, tuman shahar prokurorlari vakolat muddati besh yilga teng.
O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tashkilotlari o‘z vazifalarini har qanday davlat tashkilotlari, ommaviy birlashmalar va amaldor shaxslarga bog‘liq bo‘lmagan holda, mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda bajaradilar.
Prokurorlar vakolat muddatlari davomida turli siyosiy partiya va jamoat tashkilotlariga a’zolikni to‘xtatadi.
Prokuratura faoliyatini tashkil etish, uning qonunlari va amal qilish tartibi qonunga asosan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida operativ-qidiruv, tergov va jinoyatga qarshi kurashning boshqa maxsus vazifalarni bajaruvchi xususiy, shirkat, jamoat tashkilotlarini tashkil qilish va faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolarning qamoqqa olish huquqi sudlarga bog‘lanilgan.
Qonun va tartibni saqlash, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko‘rsatishlari mumkin.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling