Farmatsevtika menejmenti
Prezident va ijroiya hokimiyati
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diplomatik va boshqa vakillarining ishonch va chaqiruv yorlig‘ini qabul qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi ordenlari, nishonlari va yorliqlari bilan mukofotlaydi hamda faxriy nomlarni beradi;
2.3. Prezident va ijroiya hokimiyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijroiya hokimiyati rahbari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kam bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi egallagan, saylovdan avval O‘zbekistonda 10 yildan kam bo‘lmagan muddatda yashagan respublika fuqarosi saylanishi mumkin. Prezident o‘z majburiyatlarini o‘tash davrida siyosiy partiyalarga a’zoligini to‘xtatadi, boshqa maosh to‘lanadigan lavozimga ega bo‘lish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti: mamlakat fuqarolari huquq va erkinliklarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bajarilishini kafolatlaydi; O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, xavfsizligi, hududiy yaxlitligini himoya qilish, milliy davlat tuzilishi masalalarini hal qilish bo‘yicha zarur choralarni belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muzokaralar olib boradi va shartnoma hamda bitimlarni imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan bitim, shartnomalarga rioya qilinishni va u tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi; Diplomatik va boshqa vakillarining ishonch va chaqiruv yorlig‘ini qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi; Respublika Oliy majlisiga yillik ichki va tashqi vaziyat haqida ma’ruza taqdim etadi; ijroiya hokimiyat apparatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat tashkilotlari va boshqaruvning o‘zaro aloqasini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvining boshqa tashkilotlarini ta’sis etadi va tugatish bo‘yicha farmonlar chiqarib, ularni tasdiqlash uchun Oliy Majlisga taqdim etadi; Bosh vazirni tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi , uning birinchi o‘rinbosari, Bosh vazir o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi a’zolarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini keyinchalik Oliy Majlis tasdiqlashi sharti bilan tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga Konstitutsiya sudi raisi, Oliy sud raisi va a’zolari, Oliy xo‘jalik sudi raisi va a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi; viloyat, tuman, shahar va xo‘jalik sudlari sudyalarini tayinlaydi va ishdan bo‘shatadi; viloyatlar va Тoshkent shahar hokimlarini ularni keyinchalik xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlash sharti bilan tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi. Prezident tuman va shahar hokimlarini ular konstitutsiya, qonunlarga rioya qilmagan, hokim sha’niga dog‘ tushiradigan harakatlar qilgan taqdirda o‘z qarori bilan vazifasidan ozod qilish huquqiga ega; respublika davlat boshqaruv tashkilotlari, hokimlar qarorlari amal qilinishini to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini imzolaydi. Prezident Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarga e’tiroz bildirib, qayta muhokama qilib, ovoz berish uchun qaytarish huquqiga ega. Agar Oliy Majlis uchdan ikki qismi ovoz berishi natijasida ilgari qabul qilingan qarorni tasdiqlasa, Prezident qonunni imzolaydi; favqulodda hollarda (tashqi tahdid, ommaviy betartiblik, yirik halokatlar, tabiiy ofatlar) va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki alohida mintaqalarida favqulodda holat e’lon qiladi va sutka davomida bu haqidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga tasdiqlash uchun taqdim etadi; respublika qurolli kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni bo‘ladi. Qurolli kuchlarning oliy qo‘mondonligi lavozimlariga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi; oliy harbiy unvonlar beradi; O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilingan yoki o‘zaro bosqinchilikka qarshi shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati vujudga kelgan hollarda urush holatini e’lon qiladi va sutka davomida bu qarorni tasdiqlash uchun Oliy Majlisga havola qiladi; O‘zbekiston Respublikasi ordenlari, nishonlari va yorliqlari bilan mukofotlaydi hamda faxriy nomlarni beradi; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi va siyosiy boshpana berish masalalarini hal qiladi; O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan imzolangan fuqarolarga amnistiya berish va avf etish haqida qaror qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisida uning normal faoliyat yuritishi uchun xavf tug‘diruvchi kelishmovchiliklar vujudga kelgan hamda Konstitutsiyaga xilof qarorlar qabul qilinishi takrorlangan holda Oliy Majlis Konstitutsiya sudi bilan kelishib qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq tarqatib yuboriladi. Oliy Majlis tarqatilib yuborilgan hollarda uni uch oy muddatda qaytadan saylov o‘tkaziladi. Vazirlar mahkamasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil topadi va respublika Oliy majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar mahkamasi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati rahbari ham kiradi. Vazirlar mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalar samarali amal qilishida, Oliy Majlis qonunlari va boshqa qarorlari bajarilishiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlarini amalga oshirishga rahbarlik qiladi. Vazirlar mahkamasi mavjud qonunchilikka muvofiq ravishda farmoyish va qarorlar chiqarib, bu qarorlar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida, barcha tashkilot va muassasalar, amaldor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shart. Vazirlar mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlisga o‘z vakolatlarini topshiradi. Vazirlar mahkamasi faoliyatini tashkil etish tartibi va huquqlari qonun tomonidan belgilanadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling