Farmatsevtika menejmenti


Kursning mazmuni va vazifalari


Download 1.37 Mb.
bet4/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

1.3. Kursning mazmuni va vazifalari

Menejment kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarish tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, xo‘jalik mexanizmi hamda boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va texnologi­yasining nazariy hamda metodologik asoslarini o‘rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyat­lardagi harakatlari va o‘zini tutish hollarini umum­lashtiradi. Iqtisodiyot boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganadi. Bosh­qaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qir­ralarini butun bir majmua ko‘ri­nishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida bosh­qarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o‘r­ganadi.


Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilarning ma’naviy darajalarini o‘stirish va boshqalarga qaratilgandir.
Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarining o‘zinigina emas, balki ularni boshqaruv amaliyotida qo‘llash qobiliyati, ya’ni ularning aniq ko‘rinishlaridan aniq vaziyatda foydalana olish qobiliyatini o‘rganadi. Uning boshqarish naza­riyasidan farqi u iqtisodiyotning boshqarish amaliyotida qonu­niyatlar, tamoyillari va uslublaridan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdan iborat.
Menejmentning asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va iqtisodiyotning boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida iqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
Тayanch iboralar


Menejment, menejer, biznes, konsepsiya, tashkilot, tadbirkor, rahbar, ishbilarmon, bozor munosabatlari.


Nazorat savollari

1. Menejmentga qanday bilimlar zarur?


2. Menejment nima?
3.  Menejer va tadbirkor qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
4. Menejmentning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. Menejmentning amaliy qismi nimani o‘rganadi?
6. Boshqaruv munosabatlari deganda nima tushuniladi?
7. Menejmentning qanday usullarini bilasiz?


2 bob. DAVLAТ BOSHQARUVI
2.1. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tuzilishi.
2.2. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat.
2.3. Prezident va ijroiya hokimiyati.
2.4. Sud hokimiyati.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling